1
2
3
4
5
100

Audit riski nima?

Audit riski — muhim xatoliklarga ega bo‘lgan moliyaviy hisobot yuzasidan auditorning bilmagan holda noto‘g‘ri xulosa berish xavfi.

100

Audit riskining asosiy turlari qaysilar?

Doimiy risk, nazorat riski va aniqlanmaslik riski.

100

Doimiy risk nima?

Doimiy risk — ichki nazorat tizimi mavjud bo‘lmagan sharoitda muhim xatolik yuzaga kelish xavfi.

100

Nazorat riski nima?

Nazorat riski — ichki nazorat tizimi mavjud bo‘lsa-da, uning yetarli darajada ishlamasligi natijasida muhim xatolik yuzaga kelish xavfi.

100

Aniqlanmaslik riski nima?

Aniqlanmaslik riski — auditor tekshiruvi davomida mavjud muhim xatoliklarning aniqlanmay qolish xavfi. 

200

Auditorlik tekshiruvida muhimlik nima?

Muhimlik — moliyaviy hisobotdagi xatolik yoki buzib ko‘rsatish foydalanuvchilarning iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan darajadir.

200

Muhimlik darajasini kim belgilaydi?

Muhimlik darajasini auditor o‘zining professional mulohazasiga asoslanib belgilaydi.

200

Auditor nima sababdan muhimlik darajasini belgilaydi?

Audit tekshiruvining ko‘lami, tabiati, vaqti va chuqurligini belgilash hamda aniqlangan xatoliklarning ta’sirini baholash uchun.

200

Xatolikning mutlaq kattaligi nima?

Xatolikning mutlaq kattaligi — xatolik summasi boshqa omillardan qat’i nazar muhim hisoblanadigan holatdir

200

Xatolikning nisbiy kattaligi nima?

Nisbiy kattalik — xatolikni ma’lum bir asosiy ko‘rsatkich bilan solishtirish orqali uning muhim yoki muhim emasligini aniqlashdir.

300

Audit riskini baholashning qanday usullari mavjud?

Intuitiv va hisoblash usullari mavjud.

300

Intuitiv usulda audit riski qanday baholanadi?

Auditor o‘z tajribasi, mijoz faoliyati bilan tanishishi va rahbariyat hamda buxgalteriya xodimlari bilan suhbatlar asosida riskni baholaydi.

300

Nazorat riskini baholashda auditor nima qiladi?

Auditor korxonaning ichki nazorat muhiti va nazorat vositalarini baholaydi hamda nazorat vositalarini testdan o‘tkazadi.

300

Aniqlanmaslik riski nimalarga bog‘liq?

U auditorning malakasiga, audit protseduralariga va tekshiruvni qanday tashkil etishiga bog‘liq.

300

Muhimlik darajasini belgilashning birinchi bosqichi nima?

Muhimlik to‘g‘risida dastlabki mulohazani shakllantirish.

400

Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar qaysilar?(kamida 4 ta)

Auditorning malakasi, mijozning moliyaviy holati, biznes ko‘lami, tashkiliy-huquqiy shakli, mulkchilik shakli, majburiyatlari, ichki nazorat darajasi va bankrot bo‘lish ehtimoli.

400

Boshqaruvga bog‘liq qanday omillar audit riskini oshirishi mumkin? (2)

Qarorlarning faqat bir shaxs tomonidan qabul qilinishi, rahbariyatning o‘ziga juda yuqori maosh belgilashi, rahbariyat obro‘sining pastligi va kelgusi daromadlarga haddan tashqari e’tibor berishi.

400

Xalqaro amaliyotda muhimlikni aniqlashda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?

Foyda, aktivlar, xususiy kapital va sof foyda kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Masalan, soliqqacha foydaning 5–10 foizi, aktivlarning 0,5–1 foizi va xususiy kapitalning 0,5–5 foizi kabi mezonlar keltirilgan.

400

AQSh SEC amaliyotida xatolikning 5% gacha bo‘lishi qanday baholanadi?

Taqsimlanmagan foyda qiymatiga nisbatan xato summasi 5% gacha bo‘lsa, muhim emas deb baholanadi.

400

Xalqaro audit standartlarida №400 standarti nima deb nomlangan?

«Audit riski va mijoz ichki nazorat tizimini o‘rganish».

500

Xalqaro audit standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining 5 ta asosiy tamoyilini sanang.

Halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik, kompetentlilik.

500

AQSh SEC qoidasiga ko‘ra, xato summasi 10% dan yuqori bo‘lsa, qanday baholanadi?

doimo muhim

500

Yirik auditorlik kompaniyalari tavsiyasiga ko‘ra, yalpi foydaning necha foizi muhimlik ko‘rsatkichi sifatida olinadi?

1,0–2,0%

500

Yirik auditorlik kompaniyalari tavsiyasiga ko‘ra, tovar aylanmasining necha foizi muhimlik ko‘rsatkichi sifatida olinadi?

0,5–1,0%.

M
e
n
u