Autizm
Belgilari
Psixologik xususiyatlar
Ota-onalar uchun tavsiyalar
100

"Autizm" so‘zi yunoncha qaysi so‘zdan olingan va u nima degani?

"Autos" so‘zidan olingan bo‘lib, "o‘zi" (o‘z-o‘zi bilan band bo‘lish) degan ma’noni anglatadi.

100

Bola odatda necha oylik bo‘lganida onasini ko‘rsa talpinadi yoki qo‘ng‘iroqchaga qarab xursand bo‘ladi? (Autizmli bolada bu kuzatilmaydi).

To‘rt oylik bo‘lganida.

100

ASD (autizm) bilan og‘rigan bolalarda qaysi xotira turi juda kuchli bo‘ladi?

Mexanik xotira (ma'lumotlarni boricha eslab qolish).

100

Ota-ona ASD bolasi darsda muvaffaqiyatli qatnashishi uchun birinchi navbatda nima qilishi kerak?

Bolaning o‘zi yaxshi ko‘radigan va muvaffaqiyatli ish qila oladigan sohasini tanlashi kerak.

200

Autizm atamasini birinchi bo‘lib 1910-yilda kim ishlatgan?

Shveysariyalik psixiatr Eygen Bleyler.

200

Autizmning asosiy belgilari bola necha yoshga to‘lguncha to‘liq namoyon bo‘ladi?

 Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda.

200

Nima uchun bunday bolalar o‘qigan matnining umumiy mazmunini tushunishda qiynalishadi?

Ular tafsilotlarga (detallarga) juda kuchli e'tibor berishadi, lekin butun matnni bir butun qilib idrok etolmaydilar.

200

Bola uchun dars jadvalini qanday ko‘rinishda tuzish tavsiya etiladi?

Vizual ko‘rinishda, ya'ni belgilar va suratlar tushirilgan kartochkalar yordamida.

300

Autizm ruhiy kasallikmi yoki miya rivojlanishidagi nuqsonmi?

 Bu miyaning rivojlanishidagi kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan rivojlanish nuqsonidir.

300

Autizmli bola o‘z istaklarini bildirish uchun nimalardan foydalanishi mumkin?

Imo-ishora, harakat, chizish yoki maxsus kartochkalar (muqobil aloqa tizimlari) orqali.

300

ASD bolalarda "sensor sezgirlik" deganda nima tushuniladi?

 Baland tovushlar, yorqin nurlar yoki o‘tkir hidlarni ko‘tara olmaslik (yoqtirmaslik).

300

Matematik amallarni bajara oladigan ASD bola nima uchun masalani yechishda qiynalishi mumkin?

Chunki u masalaning shartini (so‘zlarni) tushunmaydi.

400

Autizmning aniq kelib chiqish sabablari ma'lummi?

Yo‘q, hozirgi kunda ham uning sabablari to‘liq aniqlanmagan, ba'zi olimlar uni irsiy, ba'zilari esa aqliy zaiflikdan kelib chiqadi deb hisoblashadi

400

Autizmli bolalar muloqotda nima qilishdan qochishadi yoki buni xohlashmaydi?

Ko‘zga tik qarashdan yoki insonlar bilan bevosita muloqotga kirishishdan.

400

ASD bolalarning qaysi jihatlari ularning kuchli tomonlari hisoblanadi?

Vizual idrok, tafsilotlarga e'tibor va mexanik xotira.

400

Ota-ona bola qo‘rqayotganini yoki bezovta bo‘layotganini bilsa, bu nima uchun muhim?

Bolani o‘z vaqtida tinchlantirish va muvaffaqiyatli o‘qish muhitini yaratish uchun.

500

Nechanchi yildan boshlab autizm mustaqil nuqson sifatida tan olingan?

1981-yildan boshlab.

500

Bola o‘zi gapirmasa ham, boshqalarning gapini aks-sado kabi qaytarishiga nima deyiladi?

 Exolaliya.

500

Matematik amallarni bajara oladigan ASD bola nima uchun masalani yechishda qiynalishi mumkin?

Chunki u masalaning shartini (so‘zlarni) tushunmaydi.

500

Bolaga qiyin vaziyatda yordam berish uchun ota-ona kim bilan yaqin hamkorlik qilishi kerak?

O‘qituvchi yoki tarbiyachi bilan.

M
e
n
u