Iqtisodiyot fanining mavjud boʻlishiga sabab boʻlgan eng asosiy muammo nima?
Resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi.
Har qanday iqtisodiy tizim javob berishi kerak boʻlgan 3 ta asosiy savol qaysilar?
Nima, Qanday va Kim uchun ishlab chiqarish kerak?
Merkantilizm maktabining asosiy fikri nima?
Mamlakatning asosiy boyligi oltin, kumush va mahsulot eksport qilish
Dehlida oʻlik ilonlar uchun pul berila boshlangach, ilonlar soni 3 baravar koʻpayib ketdi. Nega?
Odamlar pul ishlash uchun ilonlarni uyida koʻpaytira boshlashgan
Mavjud resurslar insonlarning ehtiyojlarini qondirishga yetmaydigan vaziyat iqtisodiyotda nima deyiladi?
Tanqislik
Ishlab chiqarish va taqsimlash qoidalari ajdodlar urf-odatlari asosida belgilandigan tizim qanday ataladi?
An'anaviy tizim
Fiziokratlar savdogarlar hech qanday boylik yaratmaydi deyishgan. Ularning fikricha, boylikning yagona manbai nima?
Tabiat va qishloq xoʻjaligi
Davlat non narxini bozor narxidan past qilib belgiladi. 3 kundan keyin doʻkonlarda nima yuz beradi?
Non rasta raflaridan yoʻqoladi va tanqislik (defitsit) paydo boʻladi.
Bozor iqtisodiyotida har qanday xususiy tadbirkor faoliyatining eng asosiy maqsadi nima?
Maksimal foyda olish
Narxlar va ishlab chiqarish hajmi markaziy organ (Davlat reja qoʻmitasi) tomonidan belgilanadigan tizim qaysi?
Buyruqbozlik / Rejali tizim
Marjinalizm yo'nalishining asosiy fikri nima?
Mahsulot narxi mehnatga emas, balki xaridor uchun uning nafi va qimmatiga bogʻliq
Talaba 1 dollarga kofe olib, bepul Wi-Fi bilan 8 soat oʻtirdi. Qahvaxona qanday asosiy yoʻqotishga uchraydi?
Muqobil xarajat (boshqa mijozlardan kelishi mumkin boʻlgan daromadni yoʻqotadi).
Ishlab chiqarishning 4 ta omilini ayting. Ulardan qaysi biri qolgan uchtasini birlashtiradi?
Yer, Mehnat, Kapital va Tadbirkorlik qobiliyati
Sof bozor tizimining davlat tomonidan tuzatilishini talab qiladigan eng katta kamchiligi nima?
Tengsizlik va ijtimoiy himoyaning yoʻqligi (Bozor muvaffaqiyatsizligi).
Adam Smit bozorni davlat aralashuvisiz oʻz-oʻzini tartibga solishga majbur qiluvchi kuchni nima deb atagan?
Bozorning "koʻrinmas qoʻli"
London markaziga mashinada kirish pullik qilingach 2ta ijobiy effekt ro'y berdi. Ularni toping.
1. Tirbandlik kamaydi
2. Jamoat transporti yaxshilandi
Siz tekin konsertga borish uchun 30 dollarlik kunlik ishdan voz kechdingiz. Bu 30 dollar iqtisodiyotda nima deyiladi?
Muqobil xarajat
Aralash iqtisodiyot sof bozor tizimidan nimasi bilan farq qiladi?
Biznesga erkinlik beriladi, lekin davlat soliq yigʻib, kambagʻallarni himoya qiladi va infratuzilma barpo etadi.
Karl Marks korxona egasi ishchining mehnati yaratgan qiymatning bir qismini oʻzlashtirib oladi degan. Bu qiymat nima deyiladi?
Qoʻshimcha qiymat
Bogʻchada kechikkan ota-onalarga jarima joriy etilgach, kechikishlar 2 baravar koʻpaydi. Nega?
Maʼnaviy aybdorlik hissi pullik xizmatga aylandi ("yana 30 daqiqa sotib oldim" deb oʻylashdi).