Vaqtinchalik plomba nima uchun qo’yiladi? Ikkita asosiy maqsadni ayting.
Pulpani himoya qilish va kavakdagi dori vositasini saqlash. Shuningdek, tishni davolash davomida mikroorganizmlardan va chaynash yukidan himoyalaydi.
Vaqtinchalik plomba materiallarining 3 ta turini ayting.
Rux-oksid evgenol asosli (ZOE, IRM), dentin-pasta va Cavit kabi tayyor pastalar, shisha-ionomer yoki polikarboksilat sementlar. Yana yorug’likda qotadigan vaqtinchalik kompozitlar va akril ham ishlatiladi.
Vaqtinchalik plomba qancha muddatga mo’ljallanadi?
Odatda bir necha kundan bir necha haftagacha (taxminan 1–4 hafta, materialga qarab)
Vaqtinchalik plomba materialiga qo’yiladigan asosiy talablar qanday?
Biouyg’unlik (pulpaga zararsiz), yaxshi germetiklik, qo’yish va olib tashlash osonligi, yetarli mustahkamlik, qisqarmaslik, kimyoviy va termik zararlamaslik.
ZOE tarkibiy qismlari qaysilar
Rux oksidi kukuni va evgenol suyuqligi.
Nima uchun ZOE dan keyin kompozit plomba qo’yishdan oldin ehtiyot bo’lish kerak?
Evgenol kompozit polimerizatsiyasini sekinlashtiradi yoki to’xtatadi, shuning uchun kompozitning qotishi va adgeziyasi yomonlashadi. Shu sababli evgenolsiz material tanlanadi yoki kavak yaxshilab tozalanadi.
Vaqtinchalik plomba doimiy plombadan qaysi asosiy jihati bilan farq qiladi?
Mustahkamligi va chidamliligi past, muddati cheklangan, keyinchalik olib tashlanadi.
Cavit materialining tarkibi va boshqa vaqtinchalik materiallardan afzalligi nimada
Cavit tayyor holda (aralashtirishsiz) ishlatiladi. Tarkibida rux oksidi, rux sulfati, kalsiy sulfati va polivinilatsetat bor. Afzalligi: nam muhitda (so’lak ta’sirida) kengayib, kavak devorlariga yaxshi yopishadi va yuqori germetiklik beradi.
Shisha-ionomer sement (GIC) vaqtinchalik material sifatida qanday afzallik va kamchiliklarga ega? Adgeziya mexanizmini tushuntiring.
tish to’qimasi (emal va dentin) bilan kimyoviy adgeziya, ftor ajratishi, yaxshi biouyg’unlik. Kamchiligi: ishlov berishda sezgirlik, namlikka beriluvchanlik, qotish davomida cheklovlar, narxi qimmatroq. Adgeziya mexanizmi: polikarboksil kislotaning karboksilat guruhlari tish gidroksiapatitidagi kalsiy ionlari bilan bog’lanadi.