Xalqaro tibbiy etika kodeksining 2022-yilgi tahririda shifokorning asosiy vazifasi nima deb belgilangan
Bemorlarning salomatligi va farovonligini malakali, o‘z vaqtida va mehr-shafqat bilan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam orqali qo‘llab-quvvatlash
Deontologiya nima?
Deontologiya (yunoncha deon – burch, logos – ta’limot) tibbiyot xodimining burchi, xulq-atvor qoidalari va majburiyatlari haqidagi ta’limotdir.
Xalqaro tibbiy etika kodeksi birinchi marta qachon qabul qilingan?
1949-yilda, London shahrida (keyin 1968, 1983, 2006-yillarda o’zgartirilgan)
Xalqaro tibbiy etika kodeksining 20-bandiga ko‘ra, shifokorning imkoniyatidan tashqaridagi davolash holatida u nima qilishi kerak?
Bemorni tegishli malakaga ega boshqa shifokor yoki tibbiyot mutaxassisiga maslahat uchun yuborishi kerak.
Tibbiy etikaning to’rtta asosiy tamoyilini sanang
Avtonomiya (bemorning o’z qarorini erkin qabul qilishi), yaxshilik qilish, zarar yetkazmaslik va adolat.
Kodeks qaysi uchta asosiy bo’limdan iborat?
Shifokorning umumiy vazifalari, bemorlar oldidagi vazifalari va hamkasblar oldidagi vazifalari.
Xalqaro tibbiy etika kodeksining 25-bandiga ko‘ra, moliyaviy manfaatlar shifokorning kasbiy qaroriga ta’sir qilishi mumkinmi?
Yo‘q. Tijorat, moliyaviy yoki boshqa manfaatlar to‘qnashuvi shifokorning kasbiy qaroriga ta’sir qilmasligi kerak.
Nima uchun stomatologiyada deontologiyaning ahamiyati yuqori?
Chunki stomatologik muolajalar og’riq, qo’rquv va bemor bilan yaqin jismoniy aloqa bilan bog’liq. Bemor ishonchsiz bo’lsa, davolash qiyinlashadi, shuning uchun muloqot madaniyati, sabr va maxfiylik alohida muhim.
Quyidagi hujjatlarning mazmunini ayting: Nyurnberg kodeksi
Nyurnberg kodeksi (1947): inson ustida tajriba o’tkazishning ruxsat etilgan tamoyillari.