Xalifa va uning noibiga
Tohiriylar sulolasining asoschisi kim edi?
Tohir ibn Husayn
Somoniylar davrida oliy hukumdor qanday unvonga ega bo'lgan?
Amir
Qoraxoniylar davlati qaysi urug'lar asosida tashkil topgan edi?
Qarluq, chigil, yag'mo
Xorazmshoxlar davrida davlat hizmatidagi harbiy va amaldorlarga berilgan yer daromadi tizimi nima deb atalgan?
Iqto
hosilning ma'lum ulushi miqdorida to'langan va uning hajmi sug'orishga bog'liq holda belgilangan: bu qaysi soliq?
Maqosima
Tohir ibn Husaynning siyosiy maydonga kelishiga asosiy sabab nima edi?
Horun ar-Rashidning o'g'li ma'munga xalifalik taxtini egallashda yordam berishi
Xoris amiri qanday lavozim?
oliy hukumdor topshiriqlarning ijrosi va bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs
Isfijob hozirgi qaysi hudud nomi?
Sayram
Xorazmshoxlar davrida sug'orish tizimida asosiy suv manbai qaysi daryo edi?
Amudaryo
Misoxa qanday soliq turi edi?
Yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan solqi bo'lib, unda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e'tibor berilmagan
suv manbalaridan foydalanish haqida risola kimning topshirig'i bilan yozilgan?
Abul Abbos Abdulloh
Nima sababdan Somoniylar davrida dehqonchilikni rivojlantirishga katta e'tibor berilgan?
Xiroj solig'idan davlat xazinasiga katta daromad kelganligi sababli
Qoraxoniylar davrida davlat boshqaruvi qanday tashkil etilgan?
Markazlashgan davlat o'rniga hududiy bo'linish usulida boshqarilgan
Masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli yerlar qanday atalgan?
Vaqf
Arablar O'rta Osiyoni qaysi shahardan boshqarganlar?
Marv
Tohiriylar davrida soliqlarning og'irligidan qanday qo'zg'alon ko'tariladi?
G'oziylar
Yer ostidan suv chiqarib, uzoq masofaga suv oqizib beradigan yer osti sug'orish inshooti nima deb atalgan?
Koriz/Qamot
Qoraxoniylar davrida aholi qanday toifalashtirilgan?
To'rt toifaga bo'linib, boylar, o'rtahollar, kambag'allar va mulksizlarga bo'lingan
Xorazmshoxlar davrida sug'orish inshootlari nazorati kimlarning qo'lida edi?
davlat amaldorlari
Movarounnahr aholisidan soliqlarni yig'ishda faoliyat ko'rsatgan mahalliy hokimliklar nomini ayting?
Tohariston, Sug'd, Shosh, Farg'ona, Xorazm
Tohir ibn Husayn soliqlarni tartibga solish maqsadida qanday ishni amalga oshirgan?
O'g'li Abdullohga barcha aholidan adolatli soliq olish haqida topshiriq beradi
Buxoro vohasining suv taqsimoti bilan kim shug'ullangan?
Shahar qozisi
Yerni ijaraga olib, hoslining bir qismini davlatga, bir qsimini yer egasiga va qolgan qismini o'ziga oluvchi shaxs kim edi?
Akkar-yersiz va kam yerli dehqonlar
Xorazmshohlar davlati qaysi hukumdor davrida eng katta hududiy kengayishga erishgan edi?
Ala ad-Din Muhammad II