Begzod spark ballonlaridan birini havosi chiqqanini ko‘rdi va uni minib shahardagi ishlarini bitirib qaytdi. Qanday qilib?
Bu zaxiradagi balon edi.
Saylgohda 11 o‘rindiq mavjud. Bittasi bo‘yalgandan so‘ng parkda nechta o‘rindiq bo‘ldi?
11
O’zDEU korxonasida 1-ishlab chiqarilgan avtomobil?
Damas
U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’i u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?
Javob: Pingvin
ko‘chmanchi holda dasht va sahrolarda yashovchi xalqlarning turmush tarzidir. Ular doimiy yashash joyiga ega bo‘lmay, chorvachilik va ko‘chib yurish bilan hayot kechirganlar.
Badaviylik
Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. Bu qaysi xarf?
O
Mansur ishga piyoda boradi, uyga esa transportda qaytadi, jami yo‘lga bir yarim soat sarflaydi. Agar butun yo‘lni transportda bosib o‘tsa 30 minut sarflaydi. Ishga piyoda borib kelish uchun qancha vaqt ketadi?
3 soat.
Buxorodagi birinchi madrasa
Farjak
U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam beradi. Uni ayting.
Jirafa
Rekonstruksiya nima?
Yangi qadriyatlar va ideallarni shakllantirish hamda ilgari mavjud bo‘lmagan yangi madaniyatni yaratish jarayoni.
Ko‘pchilik Amerikaliklar fikricha, bironta ayol BU ishni qilolmas ekan, shuning uchun ham Konstitutsiya ayollarga Prezident bo‘lishga imkoniyat bermas emish. Ko‘plab Amerikalik ayollarning fikricha, Konstitutsiyadagi qaysi band ularga xalaqit beradi?
Prezident yoshi 35 dan yuqori bo‘lishi kerak. Ayollar o‘zlarini 35 yoshdan katta deb tan ololmas ekan.
Qachonki, Navro‘za 6 yosh bo‘lganda, uning singlisi Gulsanam yarmiga teng edi. Agar Navro‘za 40 yosh bo‘lsa, Gulsanam necha yoshda?
37 yoshda.
Izoh: Navro‘za 6 yoshda bo‘lganda Gulsanam 3 yoshda edi. Ular orasidagi farq 3 yosh. Shuning uchun Navro‘za 40 yosh bo‘lsa, Gulsanam 40 − 3 = 37 yosh bo‘ladi.
Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo’ygan: “Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey.” U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Qaynatilgan tuxum Izoh: Tuxum javobi ham qabul qilinadi
Dehqonchilikda almashlab ekish usuli mavjud, masalan bug‘doy va beda ekilgan yerlarga paxta va kartoshka ekilsa hosil ko‘payadi. Dehqonlar sholi ekilgan maydonga azaldan qovun-tarvuz ekishar ekan, bu almashlab ekishdan keyin qovun-tarvuz hosili yuqori bo‘lar ekan.
Diqqat savol: Hosil nimaning hisobiga yuqori bo‘lgan?
Sholi ekilgan joyda sichqon, kalamush va mayda qurt-qumursqalar suvda yasholmay qochib ketisharkan, o‘shani hisobiga keyingi almashinuvda ekilgan qovun-tarvuzlar yuqori hosil beradi.
Nativizm nima?
Insonning o‘z milliy madaniyatiga qaytishi va uni faol himoya qilishi.
Keniyaning Nayrobi shaxridagi hayvonot bog'idagi timsohlar bor basseyni yonida shunday yozuvlar bitilgan: "Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda........." Marhamat qilib jumlani to'ldiring.
Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda o’zingiz olib chiqasiz
Sizga 3 ta butun son berildi. Siz bu sonlarni birgalikda qo‘shishingiz va ko‘paytirishingiz mumkin. Natija bir xil bo‘ladi. Bular qaysi sonlar?
1, 2 va 3.
1910-yilda Buxoro taxtiga kelgan Amir Olimxon 1911-yili mart oyida farmon chiqaradi. Unga ko'ra, to'ylarda faqat bitta palov tortilishi talab qilib qo'yiladi. Bundan boshqa narsaga izn yo'q, choy, non, albatta. To'yda odamlar sonini qisqartirish ham nazarda tutilgan.
Odam sonini kamaytirish maqsadida farmonga yana qanday band kiritilgan?
Maqsad nima? Odam sonini kamaytirish to'yxonada. Odam qachon ko'p yig'iladi, o'zbeklarning to'yida, ayniqsa, qishloqlarda. Bu to'yda ko'pkari va uloq tomoshalari o'tkazilsa, kurash musobaqalari o'tkazilsa, odamlarni sig'dirib bo'lmay qolgan. Shuning uchun mana shu narsalarni to'xtatgan.
Bu o‘simlik qadimdan ekiladigan ekin bo‘lib, salkam o‘n ming yillik tarixi davomida dorivor vosita, asosiy yegulik, o‘lchov birligi, pul birligi sifatida foydalanib kelingan. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. bu ekinni juda yaxshi ko‘rgan. Bu ekin nomida Armanistonda daryo va bir sport jamoasi ham bor.
Diqqat savol: Gap qaysi ekin haqida ketyapti?
Arpa
Shaxs yangi madaniyatga o‘tib, uni to‘liq qabul qilsa, bu qanday natija hisoblanadi?
Reorientatsiya.
Quyidagi harflarga e’tibor bering: 1-B; 2-I; 3-U; 4-T; 5-B
6-?; 7-?; 8-?; 9-?; 10-?
6-O; 7-Y; 8-S; 9-T; 10-O’ Izoh: Bir, Ikki, Uch, To’rt, Besh, Olti, Yetti, Sakkiz, To’qqiz, O’n soz’larining bosh harfi
Muhammadali akvariumda ishlaydi. U har bir toshbaqani alohida idishga solib qo‘ymoqchi bo‘lsa, unda bitta toshbaqa ortib qoladi. Yo agar u ikkita toshbaqani bitta idishga qo‘ysa, bitta idish ortib qoladi. Nechta toshbaqa va qancha idish bor?
4 ta toshbaqa va 3 ta idish bor.
2002 yil Angola hayvonot bog’idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher, antilopa, zebra, jirafa, to’tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu operatsiya qanday nomlanagan?
“Nuh kemasi”
Barchamiz tulkilarni o‘ta ayyor hayvon sifatida bilamiz. Haqiqatdan ham ular shu qadar ayyor-ki, butun tanasini burga bosib ketsa ham ular 1 ta cho‘p yordamida barcha burgalardan halos bo‘lishar ekan.
Tulki og‘ziga cho‘pni tishlab, asta-sekin suvga kiradi. Burgalar suvdan qochib, tulkining tanasining quruq qolgan qismiga, ya’ni boshiga va cho‘pga o‘ta boshlaydi. Tulki deyarli butunlay suvga botgach, barcha burgalar cho‘pga yig‘iladi. Shunda tulki cho‘pni qo‘yib yuboradi va cho‘p suv oqimi bilan ketadi. Natijada burgalar ham cho‘p bilan birga ketadi
Akkulturatsiya jarayonida shaxs o‘z madaniyatini ham, yangi madaniyatni ham qabul qila olmasa, bu qanday holat deyiladi?
Alienatsiya (begonalashuv).