Alleteratsiya nima? Misol keltirish
Undoshlar takrori: Suymaganga suykalma
Unlilar takrori she’riyatda qanday nom bilan ataladi?
J:Assonans
Dialektizm necha turga boʻlinadi?
J: 5 turga
Antiteza nima?
J: zid ma’noli soʻzlar
“Dinsiz ekanini dokazat etish uchun kolbasa yib kursatdi”.
Matnda qanday hodisa mavjud?
J: varvarizm
Tabriklayman.Sizda bonus. Agar shartni bajarsangiz)
5 ta maqol yoki 5 ta ibora aytib bering.
Eskirgan soʻzlar nechi turga boʻlinadi?
J: 2 ga arxaik va tarixiy soʻzlar
1.Ota-onasining soʻnggi zurriyodi boʻlmish qiz besh yosharligida sagʻir qoladi.( Oydinda yurgan odamlar)
Ushbu gapda qanday hodisa mavjud?
Javob: sagʻir - shevaga oid soʻz
Varvarizmning ikkinchi nomi nima?
J: ekzotizm
Omonimlar nechi turga boʻlinadi?
J: 3 ga
Frazeologik ma’nodoshlikka misol keltiring.
J: toqati toq boʻlmoq - sabr kosasi toʻlmoq
Yozuvchi badiiy asar qahramonini oʻz shevasida gapirtirishining sababi nima?
J: kitobxonga estetik ta’sir koʻrsatish
Tilning lugʻaviy jihatdan boylik darajasini koʻrsatib beruvchi vosita nima?
ma’nodosh soʻzlar
Eski qishloqqa yangi odat.
Maqolda qanday hodisa mavjud?
J: antonimiya
Afsus, sizda jarima. Agar shartni bajarmasangiz 300 ball sizni tark etadi (
Oʻzingiz yoqtirgan sheʼrdan parcha ayting.
Geminatsiya nima?
Undoshlarni: mazza
Matallarning maqollardan asosiy farqi nima?
J: Maqollarda gaplar koʻchma ma’noda, matallardagi gaplar esa oʻz ma’nosida keladi
Ikki va undan ortiq so'zlaring o'zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo'lgan til birliklari ..… deyiladi.
Jumlani toʻldiring
J: barqaror birikmalar
Shu oʻttiz chaqirimli yer qazilib bitilganda,Namangan va Andijon tumanlaridan 2 ming botmongacha yer sugʻorilar edi.
Ushbu gapda eskirgan soʻzlarning qaysi turiga oid soʻz ishtirok etgan?
J: tarixiy
Konteksual ma’nodoshlikka ta’rif bering
J: Ma’nodosh boʻlmagan soʻzlarning kontekstda ma’nodoshlik hosil qilishi
Matnning 7ta turini sanab bering
Hikoya mazmunli matn; tasviriy matn; izoh mazmunli matn; didaktik matn; xabar mazmunli matn; buyrug'-istak mazmunli matn; hissiy-ifoda mazmunli matn
Bir matn ichida ikki yoki undan ortiq oʻzga matn parchasining kelishi nima deb ataladi?
J: intertekstuallik
Ma’lum bir matnning parodiya qilib, oʻzgartirilib yozilishi intertekstuallikning qaysi turiga oid?
J: gipertekstuallik
Epigrafning vazifasi nima?
J: adabiy asar yoki matnning mazmunini ifodalash, asosiy yoʻnalishini belgilash
“Eshikdan kirar-kirmas toʻy-toʻqqizini xotiniga uzatdi”.
Qanday turdagi dialektizm qoʻllangan?
Bu: Etnografik dialektizm