A
B
D
E
F
10

Bank menejmenti nima?

Bank menejmenti — bankning moliyaviy, tashkiliy, kadrlar va tijorat faoliyatini boshqarish, uning barqarorligi, rentabelligi va raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv qarorlari, usullari va mexanizmlari majmuasidir.

10

Bank menejmentining funksiyalarini sanab bering

(3tasi sanab o'tilsa yetarli)

Rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, 

nazorat qilish, muvofiqlashtirish, tahlil qilish, 

qarorlar qabul qilish, xatarlarni boshqarish,

resurslarni taqsimlash va axborot ta’minoti

10

Kredit portfeli nima va uning sifati qanday baholanadi?

Kredit portfeli — bankning muayyan davrdagi barcha berilgan kreditlarining majmuasi. Sifati quyidagilar bilan baholanadi: kechiktirilgan va to‘lanmagan kreditlar ulushi; kreditlarning xatar darajasi bo‘yicha guruhlanishi; shakllantirilgan zaxiralarning yetarligi; mijozlarning to‘lov qobiliyati; tarmoqlar va hududlar bo‘yicha diversifikatsiyalash darajasi.

10

bomba

keyingi jamoadan -30

10

Bankning boshqaruv tuzilmasi qanday tashkil etiladi?

Umumiy yig‘ilish → Kuzatuv kengashi → Boshqaruv raisi → Boshqaruv a’zolari → Funktsional bo‘limlar (kredit, moliyaviy, operatsion, xavfsizlik va boshqalar)

20

Bank menejmentining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?

(3tasi sanab o'tilsa yetarli)

-Bankning moliyaviy barqarorligi va to‘lov qobiliyatini saqlash;

-Aktsiyadorlar kapitalining rentabelligini oshirish;

-Mijozlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish va ularning ishonchini qozonish;

-Bozorda mustahkam o‘rin egallash va kengaytirish

-Xatarlarni boshqarish va ularning salbiy oqibatlarini oldini olish;

-Qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga qat’iy rioya etish.

20

Operatsion xavfi nima va uning sabablari

Operatsion xavfi — ichki jarayonlarning noto‘g‘ri bajarilishi, xodimlarning xatosi, tizimlarning ishdan chiqishi yoki tashqi hodisalar tufayli yo‘qotishlar xavfi. Sabablari: malakasiz xodimlar, eskirgan uskunalar, nazoratning sustligi, firibgarlik, tabiiy ofatlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar.

20

Bank resurslari tushunchasi va ularning turlari

 Bank resurslari — o‘zining jalb qilingan va qarzga olingan mablag‘larining yig‘indisi. Turlari:

O‘z mablag‘lari (ustav kapitali, qo‘shimcha kapital, zaxira fondlari, taqsimlanmagan foyda);

Jalb qilingan mablag‘lar (depozitlar, joriy hisobvaraqlar);

Qarz mablag‘lari (Markaziy bankdan kreditlar, boshqa banklardan qarzlar, obligatsiyalar chiqarish)

20

bank menejmentini tartibga solishda milliy qonunchilik asoslariga kiruvchi 3ta qonun/hujjat/qarorni sanang

O'zbekiston Respeblikasi konstitutsiyasi

"Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonun

"Markaziy bank to'g'risida"gi qonun

Soliq kodeksi va buxgalteriya hisobi to'g'risida qonunchilik

fuqarolik kodeksi

20

ustozdan savol

)

30

bonus

keyingi jamoaga +30

30

Basel kelishuvlari nima?

Xalqaro hisob-kitoblar banki qoshidagi Basel Qo'mitasi tomonidan qabul qilingan, banklarning kapitali, likvidligi va tavakkalchiliklarini boshqarishga oid xalqaro standartlar majmuasi

30

Bankda ichki nazoratning ahamiyati

Ichki nazorat — bank faoliyatining qonuniy, samarali va ishonchli bo‘lishini ta’minlash tizimidir va talab qilinadi: uzluksizlik, aniq javobgarlik, ajratilgan vakolatlar, oldindan ogohlantirish, mustaqillik, axborotning ishonchliligi

30

Bank likvidligi nima va u nega zarur?

Bank o‘z majburiyatlarini muddati kelganda to‘liq va o‘z vaqtida qoplash qobiliyatidir. Bu bankning ishonchliligini belgilaydi, mijozlarning mablag‘larini o‘z vaqtida berishini ta’minlaydi va bankrotlik xavfini kamaytiradi

30

bank menejmentini tartibga solishda 3 turdagi huquqiy asosni sanab bering

milliy qonunchilik asoslari

xalqaro huquqiy asoslar

ichki me'yoriy hujjatlar

40

Bank xizmatlari turlarini kengaytirishning qanday zamonaviy yo‘nalishlarini bilasiz?

Masofaviy bank xizmatlari (mobil ilova, internet-banking); to‘lov tizimlari va elektron hamyonlar; kichik biznes va tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; valyuta operatsiyalari; kriptoaktivlar va raqamli valyutalar bilan ishlash bo‘yicha xizmatlar

40

Bankning moliyaviy rejalashtirish

Moliyaviy rejalashtirish — kelajakda daromadlar, xarajatlar, foyda, aktivlar va majburiyatlarni oldindan belgilash jarayonidir

40

bonus

ball+shirinlik

40

Bankda kadrlarni boshqarish haqida ma'lumot bering

Bank xodimlari yuqori ishonchlilik, mas’uliyat va kasbiy bilimga ega bo‘lishi kerak. Kadrlar siyosatiga alohida e’tibor beriladi: tanlashda sinov va tekshirish o‘tkaziladi; doimiy malaka oshirish tizimi ishlaydi; xodimlarning javobgarligi aniq belgilanadi; moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqiladi

40

Korporativ boshqaruv deganda nimani tushunasiz?

Aksiyadorlar, kuzatuv kengashi, ijroiya organlari va boshqa manfaatdor tomonlar o'rtasidagi munosabatni tartibga soluvchi tizim bo'lib kompaniya faoliyati samarli bo'lishi uchun xizmat qiladi

50

Korporativ boshqaruvning Anglo-amerika modeli asosiy xususiyatlari:

-ustav kapitali mayda egalarga taqsimlanishi

-o'z-o'zini tartibga solish darajasi yuqoriligi

-bank faoliyatini huquqiy tartibga solishga qat'iy rioya qilish

-bank faoliyati ma'lumotlarini oshkor qilish bo'yicha talablar qat'iyligi

50

bomba 

-30

50

Jahon amaliyotida korporativ boshqaruv qanday prinsplarga asoslanadi? (kamida 3ta)

adolat

shaffoflik

xisobdorlik

mas'uliyat

50

bank faoliyatini tashkil etishda matritsali va chiziqli modelni farqi qanday?

chiziqli modelda yagona boshqaruvchiga bo'ysuniladi, matritsalida esa ikki va undan ortiq rahbarga bo'ysuniladi


50

korporativ boshqaruvning yapon modeli haqida ma'lumot bering

birinchi o'ringa sifat qo'yiladi

asosiy odam-iste'molchi

axborot bilan ta'minlash va iqtisodiy modellarni qo'llash

funksional boshqaruv

bu model hodimni ozi ishlayotgan tashkilotga oiladek munosabatini shakllantirish va shu tashkilotga nisbatan vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirish

M
e
n
u