Xorijiy valyutalardagi foyda qaysi schotda yuritiladi ?
45400
TOD tranzaksiyasi bank amaliyotida qanday amalga oshiriladi?
Buyurtma bugun tuziladi va shu kuni hisob-kitob qilinadi.
Valyuta operatsiyalarini tartibga solish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida vakolatli organ qaysi?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
MBning rasmiy rezerv aktivlari tarkibiga qaysi ko‘rsatkich kiradi?
Naqd valyuta, depozitlar, SDR, IMF pozitsiyasi, oltin
Valyuta operatsiyalarining 2 ta asosiy turi mavjud va ular qaysilar?
Joriy va Kapital valyuta operatsiyalari
Mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablagʻlari qaysi schotda yuritiladi?
22614
TOM tranzaksiyaga ta’rif bering?
Ertaga (keyingi ish kuni) hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi valyuta to‘g‘risidagi qonun yangi tahriri qachon qabul qilingan?
2019-yil 22-oktyabr.
01.01.2024 dagi O‘zbekistonning rasmiy valyuta zaxiralari miqdorini toping?
34,564.6 mln USD
Kundalik xalqaro to‘lovlar va qisqa muddatli hisob-kitoblarda valyuta operatsiyalarning qaysi turidan foydalaniladi?
Joriy valyuta operatsiyalari
Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasi bilan hisob-kitoblar - qaysi schotda yuritiladi?
19951
Spot operatsiyasi odatda qaysi muddat ichida hisob-kitob qilinadi?
Shartnoma tuzilgan kundan keyin odatda 2 ish kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilinadigan “amaldagi rasmiy kurs” qaysi maqsadda qo‘llaniladi?
Soliq hisob-kitoblari, bojxona operatsiyalari va buxgalteriya qaydlarida qo‘llash uchun
01.01.2025 dagi O‘zbekistonning rasmiy valyuta zaxiralari miqdori? (mln USD)
41,181.6 mln USD
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar va kreditlar hisob kitobida valyuta operatsiyalarning qaysi turidan foydalaniladi?
Kapital valyuta operatsiyalari
Chet el valyutasini “Spot” bitimi boʻyicha sotib olish qaysi schotda yuritiladi ?
92500
SWAP nima?
Swap bir vaqtning o‘zida ikki qarama-qarshi yo‘nalishda bitim tuzilishini nazarda tutadi (sotib olish va qaytarib sotish).
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishga doir qo‘shimcha talablarni belgilash vakolati qaysi organ tomonidan me’yoriy-huquqiy hujjat bilan o‘rnatiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
2024–2025 yillar oralig‘ida O‘zbekistonning rasmiy valyuta zaxiralari o‘zgarishi tendensiyasini qanday ifodalash mukin ?
2024-2025- yillar statistikasi bo'yicha oshib borish tendensiyasida
Forward operatsiyasi nima?
Oldindan belgilangan kursda kelajakda yetkazib beriladigan valyuta shartnomasi
Xorijiy valyuta sotib olish uchun jismoniy shaxslarning bank kartalaridan oʻtkazilgan pul mablagʻlari qaysi schotda yuritiladi ?
23516
Valyuta operatsiyalarida spot operatsiya qachon balansga ta’sir qiladi?
Hisob-kitob sanasida.
Valyuta operatsiyalari” tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi valyuta to‘g‘risidagi qonunchiligida qanday ta’riflangan?
Chet el valyutasi bilan bog‘liq mulkiy operatsiyalar majmui
Bank balansida “Chet el valyutasidagi hisob-kitob schyotlari” qaysi toifaga kiradi?
Joriy aktivlar
Valyuta operatsiyalarida SWAP ning asosiy maqsadi nima?
Valyuta yoki foiz riskini boshqarish.