Toʻlov topshiriqnomasi nima?
To‘lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summa mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirigi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.
“Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi nizomni kim ishlab chiqqan?
Markaziy bank
“Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi nizom qachon qabul qilingan?
2020-yil 13-aprel
Akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar qaysi usulda amalga oshiriladi?
agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan bo‘lmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda qaysi hujjatlardan foydalaniladi?
memorial order, to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, inkasso topshiriqnomasi, akkreditivga ariza.
Valyutalash sanasi nima?
to‘lov hujjati asosida pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish sanasi.
Toʻlov talabnomasiga tarif bering
To‘lov talabnomasi – mablag‘larni oluvchining mablag‘larni to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.
Akseptli to‘lov talabnomalarini akseptlash muddati qancha?
ular mablag‘larni to‘lovchiga topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab besh operatsiya kunini tashkil qiladi.
Bank mablag‘larni to‘lovchi bo‘lib qatnashganda va buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda, memorial orderlar kimlarning imzolari bilan tasdiqlanishi shart?
bank rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanishi shart
Memorial orderlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligi uchun bank rahbari, bosh buxgalteri va mijozning bank hisobvarag‘iga kim javobgar hisoblanadi?
xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter javobgar hisoblanadi.
Naqd pulsiz to‘lovlarning asosiy mazmuni:
pulning qo‘lma-qo‘l o‘tishini talab qilmaydi;
• banklar o‘rtasida o‘tkazmalar orqali bajariladi;
• xavfsiz, tez va hujjatlar asosida amalga oshiriladi;
• barcha operatsiyalar bankdagi hisobvaraqlarda elektron qayd etiladi.
. Agar valyutalash sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa nima boʻladi?
Agar valyutalash sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, benefisiarning banki valyutalash sanasi deb belgilangan kundan keyingi birinchi ish kunida hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
To‘lov topshiriqnomasining “Hujjat sanasi” grafasidagi sana qaysi sana bilan bir xil bo‘lishi kerak?
u bankka taqdim etilgan
To‘lov topshiriqnomasining “Hujjat sanasi” grafasidagi sana u bankka taqdim etilgan sana mos kelmagan taqdirda qanday holat yuz beradi?
to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi.
Mablag‘larni to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasini akseptlash to‘la rad etilganda qanday holat yuz beradi?
to‘lov talabnomasi shu kunning o‘zida 1-son kartotekadan hisobdan chiqariladi hamda to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la rad etish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi bilan birga mablag‘larni oluvchining bankiga ijro etilmasdan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmagan holda qaytarib yuboriladi.
. Kim mablag‘lar kelib tushganda mahsulot sotuvchi nomiga ochilgan akkreditiv hisobvarag‘iga mablag‘larni kirim qiladi va shu summani K-1 ga kirim qilib qo‘yadi?
Ijrochi bank
Muddatida to‘lanmagan hujjatlar 2-kartotekaga qo‘yilganda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet – 90963 – “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari”
• Kredit – 96321 – Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
Muddatida to‘lanmagan hujjatlar 1-kartotekadan chiqim boʻlganda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi
Debet 96319 – To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq,
Kredit 90962 – To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
Akkreditiv ochish uchun arizaga asosan pul mablag‘lari bajaruvchi bankka o‘tkazilganda buxgalteriya provodkasi qanday bajariladi.
Debet — 20200 to‘lovchining talab qilib olinmaguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i
Kredit — 22602 — Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari
Akkreditiv summasi ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘iga kirim qilinishi qanday provodka qilinadi?
Debet — 90930 — Muddati uzaytirilgan mahalliy akkreditivlar yoki 90951 — Mahalliy zaxira akkreditivlar
Kredit — 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.