Inflatsiya
Budjet soliq
Iqtisodiy oʻsish
Makroiqtisodiy muvozanat
Asosiya koʻrsatkichlar
100

Infilatsiya nima ?

Inflatsiya — bu mamlakatdagi umumiy narxlar darajasining vaqt o‘tishi bilan barqaror ravishda oshib borishidir. Ya'ni, inflatsiya natijasida pul qadrsizlanadi va bir xil miqdordagi pulga kamroq mahsulot yoki xizmat sotib olish mumkin bo‘ladi.

100

Fiskal siyosatning asosiy turlari qanday va ular iqtisodga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Fiskal siyosat — bu hukumatning soliq va byudjet xarajatlari orqali iqtisodni boshqarishidir.

Ikki asosiy turi bor:


Ekspansionist (kengaytiruvchi) fiskal siyosat:

Soliqlar kamaytiriladi, davlat xarajatlari oshiriladi. Maqsad — ishsizlikni kamaytirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.


Kontraksion (toraytiruvchi) fiskal siyosat:

Soliqlar oshiriladi, davlat xarajatlari kamaytiriladi. Maqsad — inflyatsiyani pasaytirish va byudjet taqchilligini kamaytirish.


100

Iqtisodiy o‘sish nima?


Iqtisodiy o‘sish — mamlakatda ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot (YAIM yoki YIM) hajmining vaqt o‘tishi bilan ortib borishi. Bu:

Real YAIM o‘sishi bilan o‘lchanadi

Uzoq muddatli farovonlikning kaliti hisoblanadi


100

Makroiqtisodiy muvozanat nima?

Bu – umumiy talab (AD) va umumiy taklif (AS) tenglashgan holat.

YAIM va narxlar darajasi o‘zgarishsiz bo‘lib, bozorlar barqaror ishlaydi.


100

YaIM (Yalpi ichki mahsulot) nima?


YaIM – bu mamlakat ichida bir yilda ishlab chiqarilgan barcha yakuniy mahsulot va xizmatlar qiymati.

200

Inflatsiyaning  asosiy sabablari qanday?

1. Talab inflyatsiyasi — aholining sotib olish imkoniyati oshadi, lekin mahsulotlar yetarli emas.

2. Taklif inflyatsiyasi — ishlab chiqarish xarajatlari (masalan, xomashyo yoki ishchi kuchi) oshadi, natijada narxlar ko‘tariladi.

3. Pul massasining ortishi — iqtisodda ortiqcha pul muomalaga 

200

Byudjet taqchilligi (defitsiti) qanday hollarda yuzaga keladi va bu nima bilan xavfli?

Byudjet taqchilligi — hukumat xarajatlari daromadlardan oshib ketganida yuzaga keladi.

Sabablari: Davlat xarajatlarining ko‘payishi (masalan, subsidiya, infratuzilma)

200

Solow modelida jamg‘arma normasi oshsa, YAIM darajasi qanday o‘zgaradi? O‘sish sur’ati-chi?


Jamg‘arma normasi oshsa:YAIMning darajasi (ya’ni, odam boshiga YAIM) oshadi. Ammo o‘sish sur’ati uzoq muddatda o‘zgarmaydiChunki uzoq muddatli o‘sishni texnologik taraqqiyot belgilaydi

200

Narxlar darajasi oshganda AD va AS muvozanati qanday buziladi?

Narx oshsa:

Xarid qobiliyati kamayadi → AD pasayadi

Resurslar qimmatlashadi → AS ham qisqaradi

Muvozanat narxi yangilanishi uchun YAIM qayta moslashadi.

200

YaIMning qanday turlari bor?

Nominal YaIM – joriy narxlarda hisoblanadi


Real YaIM – inflyatsiyadan tozalangan, bazis yil narxlarida


300

"Narxlar indeksi" nima va u inflyatsiyani qanday o‘lchaydi?

Narxlar indeksi — bu tanlangan iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamining narxlaridagi o‘zgarishni o‘lchaydigan ko‘rsatkich.

Iste’mol narxlari indeksi (CPI)

Ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi (PPI)

Inflyatsiya darajasi asosan CPI orqali aniqlanadi, ya’ni bazaviy yildagi iste’mol tovarlar narxlari bilan solishtiriladi.

300

Soliq stavkalarining oshishi har doim ham davlat daromadlarini oshiradimi?

Yo‘q. Bu Laffer egri chizig‘i orqali tushuntiriladi:

Ma’lum bir nuqtagacha soliq stavkasi oshsa, davlat daromadi ham oshadi. Ammo undan yuqori stavkada odamlar soliqlardan qochish yoki kamroq ishlashga moyil bo‘ladi — natijada soliq tushumi kamayadi.

300

Neoklassik modelda nega davlat aralashuvi kam ahamiyatli deb hisoblanadi?

Chunki bu model bo‘yicha iqtisod avtomatik ravishda barqarorlashadi.Ish haqi va narxlar moslashadi. Bozorlar samarali ishlaydi. Shuning uchun fiskal siyosatning o‘rni cheklangan deb qaraladi.

300

Agarda umumiy talab keskin oshsa, nima yuz beradi?

AD chapdan o‘ngga siljiydiNarxlar darajasi oshadi (inflyatsion bosim)Yangi muvozanat yuqoriroq narx va yuqoriroq YAIMda bo‘ladi

300

Tashqi savdo balansi nima?


Eksport va import o‘rtasidagi farq.

Agar eksport > import bo‘lsa – ijtimoiy profitsit

Agar eksport < import bo‘lsa – defitsit

400

Pul massasining ortishi bilan inflyatsiya har doim ham yuz beradimi? (Pul nazariyasi nuqtayi nazaridan)

Agar M (pul massasi) ortsa, boshqa omillar o‘zgarmasa, P (narxlar darajasi) ko‘tariladi.

Ammo real hayotda V (pul aylanish tezligi) yoki Y (real ishlab chiqarish) ham o‘zgarishi mumkin. Shu sababli, pul massasining ortishi doimiy inflyatsiyaga olib kelmaydi, lekin uzoq muddatda bu muhim sabab hisoblanadi.


400

Avtomatik stabilizatorlar nima va ular qanday ishlaydi?

Avtomatik stabilizatorlar — bu iqtisodda hukumat aralashuvisiz o‘z-o‘zidan ishlaydigan fiskal mexanizmlardir.

Misollar: Progressiv soliq tizimi: daromad oshganda soliq stavkasi ham oshadi — bu ortiqcha talabni cheklaydi.

400

Neoklassik modelda kapitalning kamayuvchi qaytimi (diminishing returns) deganda nima tushuniladi?

Kapital ko‘paygani sari har qo‘shilgan birlik kapital:


Kamroq mahsulot beradi. Ya’ni: 1-traktor 10 dona hosil bersa, 10-traktor 100 emas, balki 40 dona hosil berishi mumkin. Bu Solow modelining asosiy g‘oyalaridan biri


400

Ishsizlik yuqori bo‘lsa, muvozanatda qanday muammo bor?

haqiqiy YAIM (real output) potensial darajadan past.

Bu deflyatsion farq (recessionary gap) deb ataladi. Hukumat fiskal yoki monetar choralar bilan AD ni oshirishi kerak.

400

Pul massasi degani nima?

Mamlakatdagi barcha muomaladagi pullar miqdori (naqd va bankdagi pullar). Pul massasi ko‘payganda AD oshadi.


500

Inflyatsiya mehnat bozoriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Nominal ish haqi oshadi, lekin real ish haqi inflyatsiya bilan mos ravishda o‘shmasa, ishchilarning xarid quvvati kamayadi.Ish beruvchilar ish haqi inflyatsiyani qoplamaydi deb ishchilarga kamroq haq to‘lashga harakat qiladi.Bu ishchilarning noroziligiga, ba’zida esa ish tashlashlarga olib keladi.Ishsizlik darajasi oshishi mumkin.

500

Agar hukumat byudjet defitsitini yopish uchun obligatsiyalar chiqarsa, bu monetar siyosat bilan qanday o‘zaro ta’sir qiladi?


Agar hukumat davlat obligatsiyalarini chiqarib pul yig‘sa:

Bu moliya bozorida raqobatni kuchaytiradi

Foiz stavkalari ko‘tariladi

Bu esa xususiy investitsiyalarni siqib chiqaradi

500

Endogen o‘sish nazariyasiga ko‘ra, hukumat qanday yo‘l bilan uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi mumkin?


Endogen o‘sish modelida o‘sish ichki omillarga bog‘liq. Shuning uchun hukumat:


Ta’lim va ilm-fanga sarmoya kiritadi

500

AD = AS muvozanat holati nimani bildiradi?

iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (AS) va xarid qilish uchun mavjud talab (AD) bir-biriga teng.

Bu holatda inflyatsiya yoki ishsizlik bosimi kuchli bo‘lmaydi.


500

Real va nominal YaIM o‘rtasidagi farq nimada?

Nominal YaIM – mahsulot va xizmatlar joriy (bozor) narxlarda hisoblanadi.


Real YaIM – inflyatsiyani hisobga olib, bazis yil narxlari bilan hisoblanadi.


Farqi shunda:Nominal YaIM faqat miqdorni emas, balki narx o‘zgarishini ham o‘z ichiga oladi.

Real YaIM esa faqat real ishlab chiqarish o‘sishini aks ettiradi.


M
e
n
u