Odamzod o’rgimchakka qarab, osma ko’priq qurishni o’rgandi, mushuklarni kuzatib, fotoapparat diafragmasi va nur qaytargichlarni kashf qildi. Aytingchi, ilonni kuzatib, odamzod nimani yaratdi?
Shpritsni.
Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Musiqa.
hajmi 216 cm3 bolgan kub shaklidagi yogoch bolagining barcha qirralar yigindisini toping
72
Bir burchakdan qimirlamagan holda butun dunyoni kezadi.
Pochta markasi.
18=2
19=1
68=3
17=0
teng qoyilgan sonlardi aniqlashda nima hisobga olingan
raqamdagi teshiklar
Yer yuzidagi barcha aholi bir vaqtning o’zida nima qiladi?
Ulg’ayadi.
Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?
Qaynatilgan tuxumni.
Soat 11:30 da Jamol avtomobilda A shahardan B shaharga qarab 50 km/h o‘zgarmas tezlik bilan yo‘lga chiqdi. Soat 13:00 da Bobur A shahardan B shaharga qarab yo‘lga chiqdi va 2 soatdan keyin Jamolni quvib yetdi. Boburning tezligini toping
87.5km/h
U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va o’z konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.
Tulki va bo’g’irsoq.
eng kop haqorat eshitadigan kishilar kimlar
futbol hakamlari
Uning balandligi ham, bo’yi ham, eni ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?
Harorat, vaqt.
Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?
Chuqur.
Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi
9 ta.
Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?
O’ng qo’lning tirsagi.
Sportchi 15 km/soat tezlikda yugurib, stadion atrofini 4 minutda aylanib chiqadi. Agar u tezligini 20 km/soatga ko'tarsa, bir davrani necha minutda yakunlaydi?
3 min
O’tgan yilgi qorni topish uchun nima qilsa bo’ladi?
1 yanvar kuni ko’chaga chiqish kerak.
Bir kasalxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshlayverdi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?
Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.
Bir erkak bozorga borib, 50 so’mga ot sotib oldi. Bir hafta o’tgach, otlarning narxi qimmatladi va erkak foyda qilaman deb olgan otini 60 so’mga sotib yubordi. Bir-ikki kun o’tgach, uzoq safarga chiqish uchun ulovi yo’qligini o’ylab, borib endigi safar 70 so’mga ot sotib oldi. Qimmat olib qo’ydimmikin deb uzoq o’ylanib, nima bo’lsa-bo’ldi deb o’sha otni 80 so’mga sotib yubordi. Erkak qancha zarar yoki foyda ko’rdi?
(-50) + 60 + (-70) + 80 = 20 so’m foyda qildi.
Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
yerlari bor — ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor — yulishni iloji yo’q,
dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
Xarita.
96. Bolalarga mos savol: G'orda garoqchilar garorgohi bor edi. U yerga kirish uchun mahfiy parolni aytish kerak edi. 1 garoqchi kelganda qoriqchi unga 1 dedi, garoqchi 3 deb aytdi va ichkariga o'tib ketdi. Boshqa bir qaroqchi kelganda qo'riqchi unga 2 dedi va u 4 deb javob berdi, u ham to'g'ri aytgani uchun o'tkazib yuborildi. Boshqa bir qoriqchiga 7 raqami berildi u esa 5 deb javob aytdi. Uning javobi ham to'g'ri edi. O'ylab korib aytingchi, 1-3, 2-4, 5-3 raqamlari qanday mantiq asosida tuzilgan?
Raqamdagi harflar nechta bo'lsa shuni to'g'ri aytgan kishi to'g'ri javob bergan bolar edi.
Bir - 3 ta harf, to'rt - 4 ta harf, yeti - 5 ta harf.
Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi. U qaysi o’simlik?
Tamaki.
U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.
uzunligi 42 cm, eni 30 cm va balandligi 30 cm bo‘lgan kuboid shaklidagi idishning 3/5 qismi suvbilan to‘ldirilgan.
a) Idishda necha litr suv bor?
a) 22680 cm3 yaki 22.680 litr
ota va onaning yoshlar yigindisi 3 ta bolalari yoshilari yigindisining 2 karrasidan 8ga kichik. 10 yil oldin ota va onaning yoshlar yigindisi bolalari yoshlari yigindisidan 4 marta katta bolgan. ota va onaning hozirgi yoshlar yigindisini toping
84
Uning qora, yashil, sariq, qizil turlari mavjud. U deyarli har bir honadonda bor. O'zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko'p iste'mol gilishadi. Savol: u nima?
choy