Toshkent viloyati qachon tashkil topgan?
1938-yilda
Qayer O‘zbekistonning eng qadimiy, tarixiy va madaniy jihatdan boy hududlaridan biri hisoblanadi?
Toshkent viloyati
Toshkent hududidagi qaysi shahar xarobalari bu hududda ilm-fan, madaniyat va shaharsozlik rivojlanganini ko‘rsatadi?
Tunkat shahri xarobalari
Toshkent viloyatidagi muqaddas qadamjolardan eng mashhurlaridan biri qaysi majmua hisoblanadi?
Zangiota majmuasi
Qayerdan 2003-yilda topilgan qoldiqlar haqiqatan ham dunyo antropologiyasida katta shov-shuvga sabab boʻlgan?
Obirahmat gʻori
Milliy madaniy meros nima?
bu bizning ajdodlarimizdan meros qolgan, asrlar davomida shakllangan va oʻz ichiga qurilish, sanʼat, ilm-fan, adabiyot, anʼana va urf-odatlarni olgan bebaho boylik.
Oʻzbekistonning uchta tarixiy shahri haqida maʼlumot bering?
Samarqand, Buxoro va Xiva YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, ular oʻzbek xalqining yuksak madaniyatini aks ettiradi.
Buxoro shahrining tarixiy markazi qachon YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan
1993-yilda
Qaysi shahar “Qubbat ul-Islom” deya e’tirof etilgan?
Buxoro
Qayer 1990-yilda YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan?
Xiva (Ichan qalʼa)
Navoiy dastlab qayerda ta’lim olgan?
Hirotda
Kim tarixiy manbalarga ko‘ra, juda kichik yoshida ham murakkab baytlarni ravon yodlab bera olgan?
Navoiy
Bobur nechi yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tirib, yoshligidan siyosiy va harbiy faoliyat bilan shug‘ullangan?
12 yoshidan
Oʻzbek ulugʻlaridan kim gul ekishni juda yaxshi ko‘rgan?
Bobur
Kim o‘z qo‘shinini ilhomlantirish uchun she’r yozib bergan.?
Bobur
Qayer nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning eng go‘zal va qadimiy tarixiy o‘lkalaridan biridir
Farg‘ona
Zamonaviy Farg‘ona viloyati qachon tashkil topgan?
1938-yilda
Farg‘ona” so‘zi qadimgi eroniy tillardagi maʼnosini toʻliq ayting.
“pargana / pargan” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan yer”, “vodiy”, “yopiq hudud” degan ma’nolarni anglatgan
Qadimiy Farg‘ona vodiysining muhim markazi qaysi?
Quva.
Qo‘qon O‘rdasi kim tomonidan qachon qurilgan?
1871-yilda Qo‘qonning so‘nggi hukmdori Xudoyorxon tomonidan qurdirilgan.
Andijon shahri, eng avvalo, buyuk hukmdor va shoir kimning vatani sifatida mashhur?
Zahiriddin Muhammad Boburning vatani sifatida mashhur.
Dalvarzin – qayerda joylashgan va qaysi davrga tegishli qatlamlarga ega?
Andijondagi eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, milodiy I–IV asrlarga oid arxeologik qatlamlarga ega.
Farg‘ona vodiysidagi eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlaridan biri qaysi?
Eylaton
Dukchi Eshon – kim?
XIX asr oxirida Andijon va Farg‘ona vodiysida bosqinchilik siyosatiga qarshi uyushgan xalq harakatining rahbari bo‘lgan tarixiy shaxs
“Qor qoʻynida lola” asarining muallifi kim?
A. Choʻlpon