Hujayra nima?
Hujayra — tirik organizmlarning tuzilishi va faoliyatining asosiy birligi.
Biologiya nimani o‘rganadi?
Biologiya tirik organizmlar, ularning tuzilishi, hayot faoliyati, rivojlanishi va atrof-muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi.
DNK nima?
DNK — organizmning irsiy axborotini saqlaydigan nuklein kislota.
Inson nafas olishining asosiy organi qaysi?
O‘pka.
Qaysi organ qonni haydaydi?
Yurak.
Odamda nechta xromosoma mavjud?
Somatik hujayralarda 46 ta, ya’ni 23 juft xromosoma mavjud.
O‘simliklar fotosintez jarayonida nima hosil qiladi?
Fotosintezda organik moddalar (asosan glyukoza) hosil bo‘ladi va kislorod ajralib chiqadi.
Inson yuragi nechta kameradan iborat?
4 ta: 2 ta bo‘lmacha va 2 ta qorincha.
Odam organizmida qonning asosiy vazifasi nima?
Ekologiya nimani o‘rganadi?