Nafas olish organlarini sanab bering
Burun bo‘shlig‘i
Halqum
Kekirdak
Bronxlar
O‘pka
Amfibiyalar (qurbaqalar) qanday nafas oladi ?
Teri va o‘pka orqali nafas oladi.
Sudralib yuruvchilar qanday nafas oladi ?
O‘pka orqali nafas oladi.
Qushlar qanday nafas oladi ?
O‘pka va havo xaltachalari yordamida nafas oladi.
Nima uchun suv ostida uzoq qolib bo‘lmaydi?
Kislorod yetishmaydi.
Baliqlar qanday nafas oladi ?
Jabra orqali nafas oladi.
Suvdagi kislorodni qabul qiladi.
Nafas olish nima?
Kislorodni qabul qilib, karbonat angidridni chiqarish jarayoni.
Odam qaysi organ bilan nafas oladi?
o'pka
Hasharotlar qanday nafas oladi ?
Traxeya orqali nafas oladi.
Nafas olish tezlashishiga nima sabab bo‘ladi?
Jismoniy harakat
Qaysi hayvon suvda ham quruqlikda ham nafas oladi?
Qurbaqa
Nafas olish jarayoni qaysi gaz bilan bog‘liq?
Kislorod bilan.
Nima uchun toza havo muhim?
Sog‘lom nafas olish uchun.
Nima uchun sportchilarning o‘pkasi kuchli bo‘ladi?
Ko‘p mashq qilgani uchun.
Jabra qayerda joylashgan?
Baliq bosh qismida.
Odam kuniga taxminan necha marta nafas oladi?
20000 marta
O‘pka qaysi bo‘shliqda joylashgan?
Ko‘krak qafasida.
Nafas olish va yurak ishi o‘zaro bog‘liqmi? Javobingizni izohlang
Ha.
Nafas olishsiz hayot bo‘ladimi? Nima uchun ?
Yo'q
Teri orqali nafas olish kimlarda uchraydi?
Amfibiyalarda
Karbonat angidrid qayerdan chiqadi?
Nafas chiqarishda.
O‘pkadagi gaz almashinuvi qayerda kechadi?
Alveolalarda.
Qushlarda nafas olishning o‘ziga xosligi nimada?
Havo xaltachalari mavjud.
Nafas olishning asosiy vazifasi nima?
Energiya hosil qilish.
Nafas chiqarishda qaysi gaz chiqadi?
Karbonat angidrid.