Biznes model nima?
Biznes model — bu kompaniyaning sxematik tavsifi bo'lib, u qanday qilib pul ishlashini, nimani, qanday va kimga sotishi kerakligini ko'rsatadi hamda qiymat yaratish, to'plash va etkazib berishni tasvirlaydi.
Dividend nima?
Dividend — jamiyat sof foydasining aktsiyadorlar o'rtasida taqsimlanadigan qismidir.
Inson resurslari (HR) nima?
Inson resurslari — bu tashkilotda ishlaydigan malakali mutaxassislar bo'lib, ularni boshqarish korxonaning aktivlari bo'lgan ishchilarga e'tibor berishni anglatadi.
Dengiz emas, yer emas, yurib ham bo`lmaydi, suzib ham bo`lmaydi. Bu nima?
Botqoqlik
Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. bu qaysi xarf?
O harfi
Biznes modellarning ikkita asosiy guruhi qaysilar?
Biznes modellari innovatsion biznes model va an'anaviy biznes model — ikkita asosiy guruhga bo'linadi.
Dividend to'lashda qaysi aktsiyalar birinchi navbatda hisobga olinadi?
Birinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bo'yicha, so'ngra oddiy aktsiyalar bo'yicha dividend to'lanadi.
Inson kapitali nima?
Inson kapitali — bu insonlarning bilim, malaka, tajriba, sog'liq va boshqa qobiliyatlari jamlanmasi bo'lib, iqtisodiy o'sish va jamiyat rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.
Qog`oz pullar ilk marotaba qaysi davlatda muomalaga kiritilgan?
Xitoy
U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va o’z konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.
Tulki va bo’g’irsoq.
Biznes modeli, biznes-reja va biznes strategiyasi o'rtasidagi farq nima?
Biznes model — pul ishlash usulini tasvirlaydi; biznes-reja — maqsadga erishish uchun batafsil qadamlarni ko'rsatuvchi hujjat; biznes strategiyasi esa uzoq muddatda kompaniyaning umumiy yo'nalishi va ustuvorliklarini belgilaydi.
Dividend siyosatining qanday 3 ta yo'nalishi mavjud?
Agressiv (uzoq muddatda barqaror dividend olish), o'rtacha (sof foydani doimiy foizda taqsimlash) va konservativ (kafolatlangan minimum va "ekstra" dividendlar) yo'nalishlar mavjud.
Inson kapitalidan foydalanishni kim nazorat qiladi?
Shakllanish manbalaridan qat'i nazar, foydalanish va daromad olishni shaxsning o'zi nazorat qiladi.
Bilasizmi, qaysi hayvon umrining 70 foizini uxlab o`tkazadi?
Mushuk
Stolda qalam, chizg’ich, sirkul va o’chirg’ich turibdi. Qog’ozga aylana shaklini chizish kerak bo’lsa, birinchi bo’lib nimani olish kerak?
qog'ozni
Obuna modeli (SaaS) qanday ishlaydi?
Mijoz oylik yoki yillik to'lov evaziga xizmatdan foydalanadi. Masalan, Netflix.
G'arb moliyachilarining fikricha, dividend to'lovlari ulushi sof foydaning qancha foizidan oshmasligi kerak?
Qat'iy ishlaydigan korporatsiyalarda dividend to'lovlari ulushi sof foydaning 30-40 foizidan oshmasligi, qolgan 60-70 foizi esa rivojlanish maqsadlariga sarflanishi kerak.
Microsoft 360-darajali baholash tizimi qanday ishlaydi?
Xodimni faqat rahbar emas, balki hamkasblari, mijozlari va o'zi ham baholaydi — bu orqali xodimning kuchli va zaif tomonlari aniqlanadi.
Qaysi hayvon nomi lotin tilida "Katta qadamlar" ma`nosini bildiradi?
kenguru
Quyon o’rmondagi hayvonlarga shunday savol berdi: «Agar men ayiqdan og’irroq bo’lsam-u, lekin chumolidan yengilroq bo’lsam, oramizda kim eng yengil bo’ladi?».
Ayiq
"Canvas" biznes modelini kim yaratgan?
2010 yilda shveytsariyalik Aleksandr Ostervalder yaratgan.
Modilyani va Miller dividendlar haqida qanday xulosa chiqargan?
1961 yilda ular ideal moliyaviy muhitda dividend siyosati aktsiyadorlarning moddiy farovonligiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi, degan xulosani ilgari surishgan.
Birinchi HR bo'limi qachon va qaysi kompaniyada tashkil etilgan?
1900-yillarning boshlarida National Cash Register kompaniyasida tashkil etilgan.
1982-yil 16-aprelda Xitoydagi qanday xabar butun dunyoga tez tarqalgan?
Aholisi 1 milliard kishiga yetgan
Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi.
Tamaki