Milliy odob qoidalariga nimalar kiradi?
Salom berish, kattalarni hurmat qilish va muloyim gapirish.
Isrofgarchilik deganda nima tushuniladi?
Narsalarni ortiqcha sarflash va ularni qadrlamaslik.
Bolalarda milliy qadriyatlar qanday shakllantiriladi?
Maqollar, ertaklar, hayotiy misollar va tarbiyaviy mashg‘ulotlar orqali.
Eski davr o‘zbek topishmog‘ini tinglang! U oq dasturxonda odamlarga quvonch ulashadi?
Diqqat savol: U nima?
Oq choyshabni devorga ilib qoʻyib, odamlar film tomosha qilishadi. Toʻgʻri javob film edi
Boshlang‘ich sinfda rolli o‘yinlar nima uchun qo‘llaniladi?
Bolalarga odob-axloq qoidalarini oson o‘rgatish uchun.
Bonus!
Barakalla!
Xalq pedagogikasi nima?
Xalqning avloddan avlodga o‘tib kelgan tarbiya tajribasi.
Oʻzbek xalqi juda farosatli xalq boʻlgan. Hozir ham shunday dersiz, ammo XX asr oʻrtalarida farosat insonlarda juda baland boʻlgan. Masalan, o‘sha davrda er-xotin koʻchada yurganda, xotin eridan 10 metrcha orqada yoki yoʻlning narigi tomonida yurgan. Buni aniq vaji boʻlgan.
Diqqat savol: Hamma biladigan ommaviy javobdan qochingda, aytingchi qanday sabab u?
Oʻsha paytda eri urushda oʻlgan ayollar bularni koʻrib koʻngli oʻksimasligi uchun boshqa-boshqa yurgan
JARIMA
Agar o'zbek xalq qo'shig'idan bittasini aytib bersangiz jarima bali olinmaydi
Maqol va matalni farqi nimada?
Maqol — tugallangan fikrni bildiradi, nasihat yoki xulosa beradi.Matal — ko‘chma ma’noda ishlatiladigan, fikrni obrazli ifodalovchi ibora. Unda doimo nasihat yoki xulosa bo‘lishi shart emas.
Xalq maqol va matallaridan dars jarayonida foydalanish o‘quvchilarning milliy qadriyatlarni anglashiga qanday yordam beradi?
Maqol va matallar orqali o‘quvchilar xalqning urf-odatlari, odob-axloqi va hayotiy tajribalarini o‘rganadilar. Bu ularda milliy qadriyatlarga hurmat va yaxshi fazilatlarni shakllantiradi.
Bu ro‘yxatda it birinchi o‘rinni egallaydi. Ot esa ushbu ro‘yxatda oxirgi o‘rinlardan birida turadi
Diqqat savol: Bu qanday ro‘yxat bo‘lishi mumkin?
Xonakilashtirilgan hayvonlar ro‘yxati (Inson tomonidan it birinchi bo‘lib xonakilashtirilgan, ot esa deyarli oxirgi xonakilashtirilgan hayvon hisoblanadi)