PUL 1
PUL 2
KREDIT 1
KREDIT 2
ARALASH
100

Pul muomalasi

Bu tovarlar aylanishi, notovar xarakterdagi bitimlar va hisoblara xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar (kredit pullar) harakati.

yoki

bu xo‘jalik aylanmasida pulning doimo harakatda bo‘lishi, uni o‘z funksiyalarini to‘xtovsiz bajarib turishidir

(bita javobni 1ta guruh, boshqa javobni boshqa guruh aytsa bal qoshilada ikkalasiga ham)

100

Pul bozori

Moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida uyg‘unlashtiriladi.


100

Kredit bu

Bu iqtisodiyot bo‘g‘inlarida bo‘sh turgan pul mablag‘larining ssuda fondi shaklida to‘planishi va ularning takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, haq to‘lash va qaytarilishlik sharti bilan yo‘naltirilishi jarayonini ifodalaydi.

100

6 ta bo'lgan kredit turlarini sanab bering.

1) Bank krediti

2) Iste’mol krediti

3) Davlat krediti

4) Ipoteka krediti

5) Xo‘jaliklararo pul krediti

6) Xalqaro kredit

100

М =  PQ / V;  

M– muomala uchun zarur pul miqdori

PQ ?

V ?

РQ– yil davomida yaratilgan YAIM yoki turli narxlar darajasida sotiladigan barcha tovarlar va xizmatlar miqdori

V– pulning aylanish tezligi

200

Pul muomalasi qonunining mazmuni nma?

Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori barcha sotiladigan tovar va xizmatlar summasiga to‘g‘ri mutanosib, pul harakati tezligiga teskari mutanosib bo‘lib, ana shu bog‘lanish pul muomalasi qonunining mazmunini ifodalaydi.

200

Pul bozori turlari


Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DMO) bozori.

Kredit resurslari bozori. 

Banklararo depozitlar bozori.  

200

Kreditning mazmuni nma belgilab beradi

Ssuda fondi pul shaklidagi kapital deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini belgilab beradi.


200

Kredit subyektlari

Bu kredit munosabatlarining qatnashchilaridir. Bular huquqiy va jismoniy shaxslar, banklar, korxona, firma, davlat muassasasi va tashkilotlari, aholining keng qatlamlari bo‘lib, bu subyektlar bir vaqtning o‘ziда ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida chiqishi mumkin.

200

O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI 2030 da  islom moliyasining mezon va tartibini qancha tijorat banklarida  joriy etish ko'zda tutilgan

kamida 3 ta

300

Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini belgilovchi omillar

1.Muayyan davrda (bir yilda) sotilishi kutilayotgan tovarlar miqdori

2.Tovarlar va xizmatlar narxlari

3.Pul birligining aylanish tezligi

4.Kredit munosabatlarining rivojlanganlik darajasi.

300

pulga talab haqidagi Keyns nazariyasi

1.Bitim uchun, ya’ni ayirboshlash vositasi sifatidagi pulga talab 

2.Ehtiyotkorlik maqsadi, har ehtimolga qarshi naqd pul saqlash zaruriyati 

3.Chayqovchilik maqsadida, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlarni arzon bo‘lishini kutib pulni saqlash

300

Kredit tamoyillari

Kreditning ma’lum muddat uchun berilishi

Kredit uchun haq to‘lash zarurligi

Qaytarilishlik

Kreditning kafolatlanishi

Foiz stavkasi yoki normasi

300

O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI 2030 da yillik kreditlash hajmini qanchaga yetkazish ko'zda tutilgan

40 mlyard $

300

Pul multiplikatori nma?

Tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini ko‘paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha ehtiyotlar bir qismi va yangi qarz (yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish) taqdim qilish yo‘li bilan berilgan muddatsiz qo‘yilmalar summasidir.

400

Pul tizimining tarkibiy qismlari


(hamasini sanab bering!)

1.Pul birligi (dollar, evro, yena, rubl, so‘m va h.k.);

2.Pul turlari (bank biletlari, banknotlar, tanga);

3.Pul emissiya qilish tartibi;

4.Muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasalari;

5.Naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirish tartibi;

6.Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi.

400

Monetaristik nazariya  (pulga talab haqidagi)

1.Unga ko‘ra, pulga talab faqat transaksion maqsad (bitimlar uchun), ya’ni ayirboshlash, oldi-sotdi jarayonida bitim tuzish uchungina zarur

2.Muomalaga ana shu maqsad uchun zarur bo‘lgan minimal miqdordagina pul kerak; boshqa har xil maqsadlarda pul saqlash noto‘g‘ri  

400

Kredit munosabatlarini zarurligiga olib kelgan 2 ta sabab

Iqtisodiiyotda resurslar, tovarlar va daromadlar doiraviy aylanishida, bir tomondan pul mablag‘lariga talab sezilsa, boshqa tomondan vaqtincha bo‘sh kredit resurslari paydo bo‘ladi. 

takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash talabi

400

Tovar krediti nma

bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik subyektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditdir.

400

Foiz normasiga ta’sir qiluvchi omillar

Ssuda kapitaliga talab va taklif nisbati

Kutiladigan foyda normasi

Qarz berilish muddat va shartlari

Inflyatsiya darajasi

Ssuda kapitallari bozorining monopolashuv darajasi

Qarzga beriladigan puldan boshqa maqsadlarda ishlatilishdan olingan daromad miqdori

500

muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori (Rm)yoki(Pm) formulasi. 


(formulani tariflab bering!)

Premum sotib olish kere ekan. U esa 20 $💔

1. Muayyan davrda (bir yil davomida) sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar narxi summasiga (Tb).

2. Кs – qarzga sotilgan tovarlar narxi summasi

3. Xt – haqini to‘lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi

4. Pul birligining aylanish tezligiga (At)

500

Pul muomalasi to‘g‘risidagi Fisher va  Kembrich maktabi nazariyalari

fisher yondashuvi- bunda Fisher tenglamasi (M·V = P·Q) narxlar pul massasiga to‘g‘ri mutanosiblikda, pulning qadr-qiymati esa uning miqdoriga teskari mutanosiblikda bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi.

Kembrich maktabi- pulga talab va uning taklifi o‘rtasidagi muvozanatlik shartlarini xarakterlaydi

500

Kredit mablag‘lari manbai bu


(5ta yoki undan koproq sanab bergan 1- guruhga bal qoyiladi)

1.mortizatsiya ajratmalari  2.Mahsulot sotish va xizmat ko‘rsatishdan olingan pul mablag‘lari 3.Korxonalarning ishlab chiqarish, fan va teknikani rivojlantirish hamda moddiy rag‘batlantirish fondlari
4.Korxonalar foydasi   5.Byudjet tashkilotlari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning bankdagi joriy pul mablag‘lari 6.Aholining bo‘sh turgan pul mablag‘lari 7.Bank resurslari va davlatning zaxiradagi pul mablag‘lari 8.Chet el investitsiyalari va kreditlari.

500

Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi. Bular...

1.Ta’qsimlash vazifasi      2.Emissiya

3.Nazorat qilish               4.Rag‘batlantirish

5.Bo‘sh pul mablag‘larini harakatdagi, oborotdagi kapitalga aylantirish

6.Tovar ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi, ishlab chiqarish vaqtini qisqartiradi.

500

O‘zbekistonda umumiy pul miqdorini hisoblash uchun qo‘llaniladigan pul agregatlari

M0 = naqd pullar;
M1 = M0 + hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari + mahalliy byudjet mablag‘lari + byudjet, jamoat va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 = M1 + banklardagi muddatli omonatlar;
M3 = M2 + chiqarilgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Mn, ya’ni barcha pul agregatlari summasi mamlakatdagi umumiy pul taklifini tashkil qiladi.

M
e
n
u