Bozor iqtisodiyotida resurslarni taqsimlashning asosiy mexanizmi qanday?
Narx mexanizmi (talab va taklif)
Bir kishiga tegishli bo‘lgan biznes shakli qanday ataladi?
Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Bir nechta yirik firmalar hukmronlik qiladigan bozor turi?
Oligopoliya
Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat organi (O‘zbekistonda)?
Adliya vazirligi yoki Davlat xizmatlari markazi
Biznesdagi moliyaviy risklarni kamaytirishning eng keng tarqalgan usuli?
Sug‘urtalash
"Invisible hand" (ko‘rinmas qo‘l) tushunchasini kiritgan iqtisodchi kim?
Adam Smit
MCHJ qisqartmasi qanday ma’noni anglatadi?
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
Raqobatning qanday turida mahsulotlar bir-biridan farqlanadi (brend, dizayn)?
Monopolistik raqobat
Subvensiya va subsidiyaning asosiy farqini ayting?
Subvensiya – maqsadli qaytariladigan yordam, subsidiya – qaytarilmaydigan
Startapni qaysi usulda moliyalashtirish nisbatan foydali ?
O‘z mablag‘lari va daromadlari hisobidan rivojlanish, tashqi investitsiyalarsiz
Bozor iqtisodiyotida davlatning asosiy funksiyalaridan ikkitasini ayting.
Mulk huquqini himoya qilish va raqobatni qo‘llab-quvvatlash
Aksiyadorlik jamiyatining afzalliklaridan ikkitasini ayting.
Kapitalni jalb qilish oson, aksiyalar bozorda erkin sotiladi, cheklangan javobgarlik
Raqobatning asosiy ijobiy ta’sirlaridan biri?
Narxlarning pasayishi va sifatning oshishi
Markaziy bank asosiy stavkani oshirishi biznesga qanday ta’sir qiladi?
Kreditlar qimmatlashadi, investitsiyalar kamayadi
SWOT-tahlilda "T" qaysi so‘zning qisqartmasi?
Threats (tahdidlar)
Monopoliya bozor iqtisodiyotiga qanday zarar keltiradi?
Narxlarni sun’iy oshiradi, ishlab chiqarishni cheklaydi va samaradorlikni pasaytiradi
Oyiga a’zolik to‘lovi to‘laydigan, umumiy maqsad uchun ishlaydigan biznes turi?
Kooperativ
Ikki firma o‘rtasidagi yashirin kelishuv bozor iqtisodiyoti prinsiplariga qanday ta’sir qiladi?
Raqobatni buzadi, kartel hosil qiladi, iste’molchiga zarar yetkazadi
QQS qisqartmasi nimani anglatadi va kim to‘laydi?
Qo‘shilgan qiymat solig‘i; yakuniy iste’molchi to‘laydi
Likvidlik va rentabellik o‘rtasidagi ziddiyatga misol keltiring.
Yuqori likvidli aktivlar (naqd pul) odatda past rentabelli, yuqori rentabelli aktivlar (uskuna) esa past likvidli.
Talab va taklif egri chiziqlari kesishgan nuqta qanday nomlanadi?
Muvozanat nuqtasi
Mashhur brendni boshqa mamlakatda ishlab chiqarishga yoki xizmat ko'rsatishga ruhsat berish qaysi hujjat bilan tartibga solinadi?
Franşiza shartnomasi
Mukammal raqobat bozori uchun qaysi shart majburiy?
Ko‘plab sotuvchilar va xaridorlar, bir hil mahsulot, bozorga kirish erkin
Bozor iqtisodiyotida davlat tomonidan biznes faoliyatini tartibga solishning bir ijobiy va bir salbiy tomonini ayting.
Ijobiy: iste’molchi himoyasi; salbiy: byurokratik to‘siqlar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida "kreativ buzilish" (creative destruction) tushunchasini kiritgan iqtisodchi kim va bu tushuncha biznesga qanday ta'sir qiladi?
Yozef Shumpeter. Bu tushuncha eski texnologiyalar va biznes modellarining yangilari tomonidan siqib chiqarilishini anglatadi — bu esa innovatsiyalarni rag'batlantiradi, lekin mavjud korxonalarni doimiy yangilanishga majbur qiladi.