Bozor iqtisodiyotida narxlarni nima belgilaydi?
Talab va taklif
Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda qaysi bank orqali ish yuritadi?
Markaziy bank
Davlat tomonidan beriladigan moliyaviy yordam nima deyiladi?
Subsidiyalar
Davlat iqtisodiyotda qaysi qatlamni ijtimoiy himoya qiladi?
Kam ta’minlangan aholini
Keyns qaysi iqtisodiy nazariya asoschisi hisoblanadi?
Keynschilik nazariyasi
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasini ilmiy asosda birinchi bo‘lib kim o‘rgangan?
Adam Smith
A. Smitning asosiy iqtisodiy g‘oyasi nimadan iborat edi?
Bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga sola olishi
AQSHdagi “Amerikaning yangi rivojlanish yo‘li” dasturida qanday choralar ko‘zda tutilgan edi?
Soliq stavkalarini pasaytirish va davlat xarajatlarini cheklash
A. Smitning “Tinch qo‘yish” nazariyasi qachon tanqidga uchradi?
1929–1933-yillardagi iqtisodiy inqiroz davrida
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning qaysi asarida o'z aksini topdi?
"Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi"
Davlat tamaki mahsulotlariga yuqori aksiz solig‘ini nima uchun qo‘yadi?
Talabni kamaytirish va daromadni oshirish uchun
Bozor mexanizmi nimani ijtimoiy-adolatli taqsimlay olmaydi?
Milliy boylikni
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish usullari nechta asosiy guruhga bo‘linadi?
3 ta
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli nima hisoblanadi?
Davlat iqtisodiy dasturlari
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi fiskal vositalariga nimalar kiradi?
Soliq va byudjet
Davlatning pulga bo'lgan talab va taklifini o'zgartrish borasidagi siyosati ....... siyosat deb ataladi.
Monetar
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solish uchun ma'muriy vositalardan foydalanadi va .......... kuchiga tayanadi.
davlat hokimiyatining
Davlatning iqtisodiy dasturlari qanday turlarga bo‘linadi?
O‘rta muddatli, favquloddagi va maqsadli
Davlatning iqtisodiyotdagi roli haqidagi A. Smit va Keyns qarashlari o‘rtasidagi asosiy farq nima?
Smit davlat aralashuviga qarshi, Keyns esa uni qo‘llab-quvvatlagan
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ma’muriy vositalari qaysi uch xususiyatga asoslanadi?
Taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish
Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalariga misollar keltiring.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va ilmiy-texnik yutuqlar eksportini rag'batlantirish choralari
mamlakatga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish
xorijiy mamlakatlardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash
Tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish va hokazo.
Davlatning iqtisodiy vazifalariga misol keltiring
Raqobatni himoya qilish
Daromad va boylikni qayta taqsimlash
Resurslarni qayta taqsimlash
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi
Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, mamlakat ichida va xalqaro maydonda mavjud tizimni mustahkamlash va uni o'zgaruvchan sharoitlarga moslashtirish
Pul kredit siyosatining asosiy vositalari nimalardan iborat?
Diskont stavkasini (qayta moliyalashtirish stavkasini) tartibga solish;
Moliya-kredit muassasalari tomonidan Markaziy bankda saqlanadigan minimal zaxiralar miqdorini belgilash va o'zgartirish;
Davlat muassasalarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyati (davlat obligatsiyalarini chiqarish, sotish va qaytarish).
Davlat byudjet xarajatlaridan iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida foydalanadi. Davlat byudjet xarajtlariga nimalar kiradi?
davlat kreditlari,
subsidiyalar va kafolatlar;
va xususiy sektordan tovarlar sotib olishga sarflanadigan xarajatlar bunga misol bo'la oladi