Iste’molchilar sotib olish qobiliyatiga ega bo‘lgan talabi qanday ataladi?
Samarali talab
Iste’molchi qaror qabul qilish jarayonining birinchi bosqichi?
Muammo (ehtiyoj)ni anglash
Ma’lumot to‘plashning eng keng tarqalgan miqdoriy usuli?
So‘rovnoma (anketa)
Bozorni yosh, jins, daromad bo‘yicha bo‘lish qanday segmentatsiya turi?
Demografik segmentatsiya
Bozor ulushi qanday hisoblanadi?
Kompaniya sotuvi / bozor umumiy sotuvi × 100%
Xomashyo, mol-mulk, qimmatli qog‘ozlar sotiladigan bozor turi?
Real bozor (yoki moddiy bozor)
Odam atrofidagilarning ta’siri ostida xarid qilish qanday omil guruhiga kiradi?
Ijtimoiy omillar
Kichik guruh ishtirokchilari moderator boshchiligida fikr almashadigan sifatli usul?
Fokus-guruh
Bir necha segmentlarni o‘ziga tortadigan mahsulot bilan barcha segmentlarga bir xil marketing aralashmasi qo‘llaniladigan strategiya?
Differensiyalanmagan marketing (mass marketing)
Bozor sig‘imi deganda nima tushuniladi?
Muayyan davrda xarid qilinadigan mahsulot hajmi
Bir-biriga o‘xshash mahsulotlar ko‘plab sotuvchilar tomonidan taklif etiladigan bozor turi?
Monopolistik raqobat bozori
Qaysi xarid turida iste’molchi juda ko‘p vaqt va ma’lumot sarflaydi, masalan, uy yoki mashina sotib olish?
Keng qamrovli qaror qabul qilish (complex buying behavior)
Birinchi marta to‘planadigan, maxsus tadqiqot maqsadi uchun olinadigan ma’lumot turi?
Birlamchi ma’lumot
Qaysi segmentatsiya turida iste’molchilarning turmush tarzi, qadriyatlari o‘rganiladi?
Psixografik segmentatsiya
PEST tahlilidagi “E” harfi nimani anglatadi?
Iqtisodiy omillar (Economic)
Bir nechta yirik sotuvchi bozorning katta qismini egallagan bozor turi?
Oligopoliya
“Diszonans(Ichki ziddiyat)ni kamaytiruvchi xarid” qanday holatda yuz beradi?
Qimmat, kamdan-kam xarid, lekin brendlar orasida farq kam bo‘lganda
Raqobatchilarning narxlari, reklamalari kuzatiladigan usul?
Kuzatuv usuli
“Nishonli bozor” va “bozor segmenti” o‘rtasidagi asosiy farqni tushuntiring.
Segment – umumiy xususiyatli guruh; nishonli bozor – kompaniya xizmat ko‘rsatishni tanlagan bir yoki bir necha segment
Bozorni va iste’molchini o‘rganishning umumiy maqsadi?
Samarali marketing qarorlari qabul qilish
Bozor salohiyati va bozor sig‘imi o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Salohiyat – mumkin bo‘lgan maksimal talab; sig‘im – real sotish hajmi
Iste’molchi ehtiyojlari ierarxiyasida (Maslou piramidasi) “o‘z-o‘zini namoyon qilish”dan oldingi bosqich?
Hurmat (e’tirof) ehtiyoji
Tajriba va nazorat guruhi ishtirok etadigan, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlaydigan usul?
Eksperiment
Segmentni baholashda “erishish mumkinlik” mezoni nimani anglatadi?
Segmentga marketing kanallari orqali samarali yetib borish imkoniyati
Bozor kon’yunkturasi nimani bildiradi?
Bozor holati va rivojlanish tendensiyalari