Otasi va o‘g‘li avtohalokatga uchradi. O‘g‘il kasalxonaga olib borildi. Jarroh: “Bu mening o‘g‘lim!” – dedi. Bu qanday bo‘lishi mumkin?
Javob: Jarroh uning onasi.
Qaysi holatda talaba kitobni varaqlamay o‘qiydi?
Javob: Elektron formatda
Qachon Microsoft SkyDrive bulut xizmati nomini OneDrive deb oʻzgartirgan?
Javob: 2014-yil, yanvar
Nimani sindirmasdan ishlata olmaysan?
Javob: Tuxum
O‘zi yura olmaydi, lekin harakatlanishga yordam beradi. Bu nima?
Javob: Yo‘l.
Darsda har kuni qatnashadi, lekin hech qachon gapirmaydi. Bu nima?
Javob: Doska.
..... nomi "PowerPoint" va "Cartoon" so‘zlarining birlashmasidan xosil bo‘lgan.
Javob: Powtoon
Qaysi savolga “ha” deb javob berish yolg‘on bo‘ladi?
Javob: Siz uxlayapsizmi?
Aka-uka bor. Ular tug‘ilganlari bir yilga farq qiladi, ammo tug‘ilgan oy, kun va soat bir xil. Bu qanday mumkin?
Javob: Ular egizak, biroq biri yil oxirida, biri yangi yilning boshida tug‘ilgan.
O‘zingda bor, lekin hech kimga bera olmaysan. Nima u?
Javob: Soyang.
Powtoon qachon tashkil qilingan?
Javob: 2012-yil yanvar
Bir odam ko'chada yomg'ir ostida soyabonsiz sayr qilmoqda. Ammo uning sochlari suv emas qanday qilib?
Javob: Chunki u kal
Qaysi oyda 28 kun bor?
Javob: Har oyda bor.
Ko‘rmaydi, gapirmaydi, eshitmaydi, lekin haqiqatni aytadi. Bu nima?
Javob: Tarozi
....... 2016 yilda Sketch va Adobe XD ning analogi sifatida ishga tushirilgan.
Javob: Figma
Bir odamning uyida barcha chiroqlar o‘chirilgan. Oy ham yo‘q, sham ham yo‘q. U qanday qilib gazetani o‘qiyapti?
Javob:U kunduzi o‘qiyapti
Tunda qora mushukni qora xonada ko‘rish uchun nima qilish kerak?
Javob: Chiroq yoqish kerak.
Fazoda ovoz tarqaladimi?
Javob: Yo‘q. Chunki fazoda havo yo‘q
GitHub da "commit" nima?
Javob: Commit — bu fayllarga kiritilgan o‘zgarishlarni saqlab qo‘yish amali.
Bir sonni 3 ga ko‘paytiring, so‘ng 12 ga kamaytiring. Natija 21 bo‘lsa, son nechchi?
Javob: 11