Taym-menejment qanday ma’noni anglatadi?
Vaqtni boshqarish.
Malades
Kunlik reja nima?
Kunlik vazifalar ro‘yxati.
Pomodoro usuli necha daqiqalik ish blokiga asoslangan?
25 daqiqa
Xronofag nima?
Vaqtni behuda sarflaydigan omil.
Insonning muloqot qilish va jamoada ishlash qobiliyati qanday ko‘nikma deyiladi?
Soft skills
Vaqtni boshqarishning asosiy maqsadi nima?
Vaqtdan samarali foydalanish.
Gap yo
Ustuvor vazifa nima?
Eng muhim vazifa.
Pomodoro usulida tanaffus qancha davom etadi?
5 daqiqa
Telefon vaqtni qanday yo‘qotadi?
Diqqatni chalg‘itadi.
Kasbga oid aniq bilim va amaliy mahorat qanday ataladi?
Hard skills
Vaqtni boshqarishda eng birinchi qadam nima?
Maqsadni belgilash.
👏👏👏
Eisenhower matritsasi nechta qismdan iborat?
4 ta
Kanban usulida vazifalar qanday ko‘rsatiladi?
Uchta ustunda.
Prokrastinatsiya nima?
Ishni kechiktirish
SWOT tahlilining 4 ta tarkibiy qismini ayting.
Kuchli tomonlar, zaif tomonlar, imkoniyatlar, tahdidlar
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash qanday natija beradi?
Ish unumdorligini oshiradi.
👀👀👀
Muhim va shoshilinch ishlar qanday bajariladi?
Darhol bajariladi.
1–3–5 qoidasidagi raqamlar nimani bildiradi?
1 ta katta, 3 ta o‘rta va 5 ta kichik vazifa.
Ko‘p vazifalilikning salbiy tomoni nima?
Diqqat bo‘linadi va unumdorlik pasayadi.
PEST tahlilida qaysi 4 ta omil o‘rganiladi?
Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik
Vaqtni boshqarishda reja va intizom nima uchun birgalikda kerak?
Reja yo‘nalish beradi, intizom esa uni bajarishga yordam beradi.
👏👏👏
Muhim, lekin shoshilinch bo‘lmagan ishlar nima qilinadi?
Oldindan rejalashtiriladi.
Pareto 80/20 qoidasining asosiy mazmuni nima?
Harakatlarning 20 foizi natijaning 80 foizini berishi mumkin.
Vaqt o‘g‘rilarini kamaytirish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?
Chalg‘ituvchilarni cheklash va vazifalarga aniq vaqt belgilash.
SWOT va PEST tahlilining asosiy farqi nimada?
SWOT ichki va tashqi omillarni, PEST esa tashqi muhit omillarini tahlil qiladi.