Motivatsiya so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
Lotinchadan, Movere — harakatga keltirish.
Ichki motivatsiyaning asosiy manbai nima?
Faoliyatning o‘zidan olinadigan zavq, qiziqish, qiziquvchanlik va shaxsiy qadriyatlar.
Ehtiyojlar iyerarxiyasi nazariyasining muallifi kim?
Abraham Maslow.
Tugallanmagan vazifalar tugallangan vazifalarga qaraganda yaxshiroq esda qolishi qaysi effekt?
.
Zeigarnik effekti
Talaba imtihondan yuqori baho olish uchun emas, mavzuni tushunishdan zavq olgani uchun o‘qiydi. Bu qaysi motivatsiya turi?
.
Ichki motivatsiya
Motivatsiyaning uchta asosiy funksiyasini ayting.
Uyg‘otuvchi (energetik), yo‘naltiruvchi, boshqaruvchi va barqarorlashtiruvchi funksiyalar.
Tashqi motivatsiyaning uchta misolini keltiring.
Pul, baho, maqtov, diplom yoki jazodan qochish.
Alfred Adler nazariyasida insonni rivojlanishga undovchi asosiy omil nima?
O‘zini past his qilish tuyg‘usini qoplash va mukammallikka intilish.
Oʻqituvchining o‘quvchiga bildirgan ishonchi uning natijasini yaxshilashi qaysi effekt bilan izohlanadi?
Pigmalion yoki Rosenthal effekti.
Xodim faqat mukofot olish uchun ishlaydi. Mukofot berilmay qolsa, uning faolligi pasayadi. Bu vaziyatni qaysi motivatsiya turi bilan izohlaysiz?
Tashqi motivatsiya.
Qobiliyat va motivatsiya o‘rtasidagi farq nimada?
Qobiliyat inson nima qilishga qodirligini, motivatsiya esa amalda nima qilishini belgilaydi.
Nima uchun ichki motivatsiya tashqi nazorat yo‘qolganda ham davom etishi mumkin?
Chunki u insonning shaxsiy qiziqishi va qadriyatlariga asoslanadi.
Freyd nazariyasidagi Id, Ego va Superego tushunchalarini izohlang.
Id — U; Ego — Men; Superego — Yuqori Men.
Ortiqcha rag‘batlantirish effekti nimani anglatadi?
Doimiy moddiy mukofot avvaldan mavjud bo‘lgan ichki qiziqishni kamaytirishi mumkin.
Talaba murakkab vazifani boshladi, ammo yakunlamadi. Ertasi kuni ham uning xayoli shu vazifa bilan band bo‘ldi. Bu holatni qanday tushuntirasiz?
Zeigarnik effekti: tugallanmagan vazifalar xotirada yaxshiroq saqlanadi.
Inson faoliyatni boshlashga kuch topdi, aniq maqsad tanladi va qiyinchiliklarga qaramay harakatni davom ettirdi. Qaysi uchta funksiya namoyon bo‘ldi?
Uyg‘otuvchi, yo‘naltiruvchi, boshqaruvchi va barqarorlashtiruvchi funksiyalar.
Ikki talaba bir xil kitobni o‘qiyapti. Biri bilim olish zavqi uchun, ikkinchisi yuqori baho olish uchun o‘qiydi. Ularning motivatsiyasini farqlang.
Birinchisi ichki, ikkinchisi tashqi motivatsiyaga ega.
Maslow, Adler va Freud nazariyalarida motivatsiya manbalari qanday farqlanadi?
Maslow — ehtiyojlar; Adler — pastlik tuyg‘usini yengish va ijtimoiy manfaat; Freud — ongsiz biologik mayllar va ichki ziddiyatlar.
Kitob o‘qishni yoqtirgan inson har bir kitob uchun pul ola boshladi. Vaqt o‘tib, u faqat pul uchun o‘qiydigan bo‘ldi. Qaysi effekt namoyon bo‘ldi?
Ortiqcha rag‘batlantirish effekti.
Oʻqituvchi bir talabadan yuqori natija kutdi va unga ishonch bildirdi. Talaba ham o‘z imkoniyatiga ishonib, natijasini yaxshiladi. Qaysi effekt namoyon bo‘ldi?
Pigmalion (Rosenthal) effekti.
Inson biror ishni bajarishga tayyor, ammo qaysi maqsadni tanlashni bilmaydi. Motivatsiyaning qaysi funksiyasi yetarli namoyon bo‘lmayapti?
Yo‘naltiruvchi funksiya.
Tashqi mukofot to‘xtatilgach, talaba avvalgi faoliyatini davom ettirmadi. Bu holat tashqi motivatsiyaning qaysi xususiyatini ko‘rsatadi?
Tashqi motivatsiya ko‘pincha qisqa muddatli bo‘lib, mukofot yo‘qolganda faoliyat ham susayishi mumkin.
Bir inson o‘zidagi pastlik tuyg‘usini yengib, mukammallikka intiladi. Boshqa inson esa o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishni istaydi. Bu holatlar qaysi olimlar nazariyasiga mos keladi?
Birinchisi — Adler, ikkinchisi — Maslow.
Talaba topshiriqni boshladi, lekin tugatmadi va keyinchalik ham uni o‘ylab yurdi. Qaysi effekt namoyon bo‘ldi?
Zeigarnik effekti.
Bir talaba avval sevimli mashg‘uloti bilan zavq uchun shug‘ullangan. Keyinchalik unga har safar moddiy mukofot berila boshlandi va u mukofotsiz shug‘ullanishni istamay qo‘ydi. Qaysi psixologik effekt yuz berdi va nima sababdan?
Ortiqcha rag‘batlantirish effekti. Moddiy mukofot ichki qiziqishni susaytirib, faoliyatni tashqi mukofotga bog‘lab qo‘ygan.