Matnning kelib chiqishi
Marfu' hadis turlari va Isnod
Hukmiy Marfu'ni aniqlash
Mutobaat va Shavohid
Jamlash metodologiyasi va Natijalar
100

Isnod zanjiri bevosita Muhammad (s.a.v.)ga yetib borgan hadis nima deb ataladi?

Marfu

100

Sahobiy xabarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rasululloh (s.a.v.)ga nisbat berishi qaysi turdagi marfu' hadisga kiradi? 


Ochiq-oydin Marfu

100

Sahobiyning "Rasululloh aytdilar" deb (bevosita "menga aytdilar" demasdan) rivoyat qilishi qanday nomlanadi?

"An'ana" yoki Umumiy Zikr

100

Boshqa bir roviyning o‘z shayxida yoki undan yuqoriroqdagi roviyda (ayni sahobiydan naql qilgan holda) sherik bo‘lishi nima deyiladi? 

Mutobaat

100

Hadisning faqat bir roviy tomonidan rivoyat qilinishi va isnodda yakka qolib ketishi nima deyiladi?

Tafarrud

200

Kelib chiqishi Sahobada to‘xtagan xabarga nisbatan qaysi istiloh ishlatiladi?

Mavquf

200

Ochiq-oydin marfu' hadislarda ishlatiladigan kamida ikkita arabcha lafzni ayting. 


"Sami'tu" (eshitdim), "Haddasana" (bizga aytib berdi), "Raaytu" (ko‘rdim) kabi lafza

200

"Mana bunga buyurildik" yoki "Mana bundan qaytarildik" kabi majhul nisbatdagi fe'llar ishlatilishi qaysi hadis turiga ishora qiladi? 


Hukmiy Marfu'

200

Roviy boshqa roviyning rivoyatiga bevosita shayxida sherik bo‘lsa, bu qanday mutobaa?

To'liq Mutobaa

200

Hadisning rivoyat yo‘llarini turli xil hadis kitoblaridan qidirish va tekshirish amaliyoti nima deyiladi?

"E'tibor" jarayoni.

300

Tobein yoki tabaa tobeinlarga nisbat berilgan gap yoki ishlar nima deyiladi?

Maqtu

300

Shaklan "Mavquf" ko‘rinsa-da, mohiyatan Payg‘ambardan olinganligi qat’iy bo‘lgan xabarlar nima deyiladi?

Hukmiy Marfu

300

Sahobiyning "U kishining (Payg‘ambarimizning) zamonida mana bunday qilar edik" deyishi qanday diagnostika belgisi hisoblanadi?

Zamon Sifati.

300

Roviy boshqa bir roviyga isnodning avvalida emas, balki keyingi tabaqalaridan birida (yuqoriroqda) sherik bo‘lsa, bu nima deyiladi?

Qisman Mutobaa

300

Agar roviyning xotirasi (zabt) biroz shubha ostida bo‘lsa, Mutobaa topilishi unga qanday ta’sir qiladi?

Uning xato qilmagani tasdiqlanadi va ishonchlilik darajasi ortadi.

400

Marfu' hadis sahih bo‘lsa, shar’iy dalil sifatida qanday ahamiyatga ega? 


Shar’iy dalil sifatida eng yuqori o‘rinda turadi.



400

Maqtu' xabarni "Marfu'" yoki "Mavquf"dan ajratish uchun qanday qat'iy shart mavjud?

Unda Marfu' yoki Mavquf ekaniga ishora qiluvchi belgilar bo‘lmasligi shart.

400

Ijtihod orqali bilish mumkin bo‘lmagan qiyomat, jannat yoki do‘zax haqidagi xabarlar (G'aybiyot) qaysi turga kiradi? 



Hukmiy Marfu'.

400

Bir sahobiydan boshqa bir sahobiyning rivoyatiga aynan yoki ma’nan muvofiq holda naql qilingan hadis nima deyiladi?

Shohid (Shavohid).

400

Mutobaa yoki Shohid topilishi natijasida "Zaif" hadis qaysi darajaga ko‘tarilishi mumkin?

Maqbul (Hasan yoki Sahih lig'ayrihi) darajasiga.



500

Manbalarda "Mavquf" hadislar ko‘pincha yana qanday nom bilan ataladi?

Asar

500

Ibn Saloh ta'rifiga ko‘ra, "Muttasil" va "Marfu'"ning mukammal birlashuvidan qanday hadis turi hosil bo‘ladi?

Musnad hadis.


500

G'aybiyotga oid xabarlar Hukmiy Marfu' deb qabul qilinishi uchun sahobiyga nisbatan qanday shart qo‘yiladi?

Sahobiy Ahli kitob asarlarini o‘qimagan bo‘lishi kerak.

500

Mutobaa va Shohidning (Shavohid) eng asosiy farqi nimada?

Mutobaada sahobiy bir xil (ayni sahobiy) bo‘ladi, Shohidda esa sahobiy boshqa-boshqa bo‘ladi.


500

Isnodlarni jamlash texnikasiga ko‘ra, ixtilof vaqtida qaysi biri yuqori hisoblanib, tarjih qilinadi?

Sahih Marfu' hadis (Sahih Mavqufdan yuqori turadi)

M
e
n
u