Elektr potensial nima?
Elektr maydonining ma'lum nuqtasida birlik musbat zaryadga to‘g‘ri keladigan potensial energiya.
Model sistema nima?
Tabiiy jarayon yoki hodisani o‘rganish uchun yaratilgan soddalashtirilgan fizik-kimyoviy tizim.
Elektr zaryadining o‘lchov birligi nima?
Kulon (C).
Elektr potensiallar farqini o‘lchaydigan asbob nima?
Voltmetr.
Potensiallar farqining asosiy formulasi qanday?
U=á1-á2
Elektr potensialining o‘lchov birligi nima?
Volt (V).
Model sistemalar nima maqsadda qo‘llaniladi?
Murakkab jarayonlarni laboratoriya sharoitida o‘rganish va tahlil qilish uchun.
Elektr maydon kuchlanganligining o‘lchov birligi nima?
N/C yoki V/m.
Voltmetr elektr zanjiriga qanday ulanadi?
Parallel ulanadi.
1 volt necha millivoltga teng?
1000 mV.
Potensiallar farqi deb nimaga aytiladi?
Ikki nuqtaning elektr potensiallari orasidagi ayirmaga.
Biologik membranani modellashtirishda qanday tizimlardan foydalaniladi?
Sun'iy membranalar, elektrolit eritmalari va membrana modellaridan.
Potensiallar farqi qanday harf bilan belgilanadi?
Δφ yoki U.
Elektrolit eritmalarida potensiallar farqini o‘lchash uchun qanday elektrodlar ishlatiladi?
Indikator va taqqoslash elektrodlari.
Birinchi nuqtaning potensiali 12 V, ikkinchi nuqtaniki 5 V. Potensiallar farqini toping.
U=12-5=7V
Elektr maydonida zaryadga qanday kuch ta'sir qiladi?
Kulon kuchi.
Ikki xil konsentratsiyali elektrolit eritmalari tutashtirilganda qanday potensial yuzaga kelishi mumkin?
Diffuzion potensial.
Elektr potensiallar farqi qanday fizik jarayonni tavsiflaydi?
Elektr maydonida zaryadni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chirishda bajariladigan ishni.
Nima uchun tajribada haroratni bir xil saqlash kerak?
Harorat elektr o'tkazuvchanlik va ionlar harakatchanligiga ta'sir qiladi.
2 kulon zaryadni ko‘chirishda 10 J ish bajarildi. Potensiallar farqini toping.
U=10/2=5V
Elektr potensiali va potensial energiya o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday?
φ = W/q.
Model sistemada potensiallar farqining hosil bo‘lishiga qanday omillar sabab bo‘ladi?
Ionlar konsentratsiyasi, zaryadi, harakatchanligi va membrananing ionlarga nisbatan o'tkazuvchanligi.
Elektr potensiallar farqi bilan bajarilgan ish orasidagi bog‘liqlik qanday?
U=A/q
Elektrod potensialini o‘lchashda taqqoslash elektrodi nima vazifani bajaradi?
Barqaror ma'lum potensialni ta'minlab, boshqa elektrod potensialini aniqlashga imkon beradi.
Agar elektr maydonida 4 C zaryadni ko‘chirish uchun 24 J ish bajarilsa, potensiallar farqi qancha?
U=24/4=6V