Strategiya
Taktika
BATNA & ZOPA
MADANIYAT
His tuyg'u
100

Strategiya va taktika farqini ayting

Strategiya — umumiy reja, Taktika — amaliy qadam.

100

“Pozitsion taktika” nimani anglatadi?

Qat’iy pozitsiyada turish, maksimal foyda olishga intilish.

100

BATNA nimani bildiradi?

“Best Alternative to a Negotiated Agreement” — eng yaxshi muqobil variant.

100

Madaniyat muzokaralarga qanday ta’sir qiladi?

Qaror qabul qilish, muloqot, vaqtga munosabat va ishonch darajasini belgilaydi.

100

Empatiya deganda nimani tushunasiz?

Boshqa insonning his-tuyg‘ularini ichki nuqtai nazardan tushunish.

200

Distributiv strategiyaning mohiyati nimada?

“G‘olib–mag‘lub” yondashuvi, resurslar cheklangan, har tomon o‘z manfaatini himoya qiladi.

200

“Cheklangan vakolat” taktikasining maqsadi nima?

Qarorni kechiktirish yoki vaqt yutish

200

“Yomon bitim tuzgandan ko‘ra, tuzmagan yaxshiroq” degani nimani bildiradi?

Agar kelishuv BATNA dan past bo‘lsa, bitim tuzilmaydi.

200

Harvard muzokara modelidagi 1-prinsipni ayting.

Odamlarni muammolardan ajrating.

200

Faol tinglash nimani anglatadi?

So‘zlarni emas, ma’noni diqqat bilan eshitish va qayta ifodalash

300

Integrativ strategiya misolini keltiring.

“Win–win” hamkorlik: qo‘shma korxona tuzish, texnologiya transferi, strategik ittifoq yaratish.

300

“Yaxshi va yomon politsiyachi” usuli nimaga xizmat qiladi?

Psixologik bosim o‘tkazish va qarshi tomonni hissiy jihatdan ta’sir ostida qoldirish.

300

ZOPA qanday hisoblanadi?

Sotuvchining eng past narxi ↔ xaridorning eng yuqori narxi orasidagi oraliq.

300

Etikaning 3 asosiy mezonini sanang.

Halollik, shaffoflik, mas’uliyat, adolat va madaniy hurmat

300

EQ ning 5 komponentidan 2 tasini sanang.

O‘zini anglash, o‘zini boshqarish, motivatsiya, empatiya, ijtimoiy ko‘nikmalar

400

Aralash strategiyaning ustunligi nimada?

U distributiv va integrativ elementlarni uyg‘unlashtirib, qisqa foyda bilan uzoq ishonch o‘rtasida muvozanat yaratadi.

400

Manipulyativ taktika misolini keltiring.

Soxta muqobil, o'ziga ma'qul keladigan axborotnigina berish, jimlik orqali bosim o‘tkazish.

400

BATNA va ZOPA o‘zaro qanday bog‘langan?

BATNA — shaxsiy chekinish nuqtasi, ZOPA — tomonlar kelisha oladigan umumiy hudud.

400

Madaniyatlararo strategiya tanlashda e’tibor beriladigan 3 omilni ayting.

Madaniy kontekst (yuqori/past), vaqtga munosabat (qat’iy/moslashuvchan), muloqot uslubi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri/bilvosita).

400

Muzokarada emotsiyalarni boshqarishning foydasi nimada?

Stressni kamaytiradi, ijobiy muhit yaratadi, ishonchni mustahkamlaydi.

M
e
n
u