Tug' nima
Bayroq
Ayyuhannos solmoq iborasi
baqiriq-chaqiriq, dod-faryod bilan boshiga ko‘tarish ma’nosini anglatadi.
Dorilamon nima
Tinchlik, osoyishtalik
Yunonlarning doni atamasini ruslar ishlatadi. Bu nima
Grechka
Asfalasofilin
arabchadan kirgan, asliyatda tubanlarning tubani, eng yaramas, eng tuban ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida alohida holda do‘zaxning eng tagi, jahannam ma’nosida qo‘llanadi.
Quyushqondan chiqmoq iborasi
chegaradan, me’yordan chiqmoq; haddan oshmoq ma’nolarini anglatadi:
Malina o'zbekchada
Xo'jag'at
Bultur so'zi
O'tgan yili
Zero nima degani
forschadan oʻzlashgan, oʻzbekchada chunki, negaki maʼnosiga ega.
Pixini yorgan iborasi
Pixini yorgan Ko‘p ish ko‘rgan, ko‘p ishlarni boshdan kechirib, ayyor, quv bo‘lib ketgan odam haqida gapirganda pixi qayrilgan, pixini yorgan, pix yorgan kabi iboralar ishlatiladi.
Juvoldiz nima degani
qop tikish uchun ishlatiladigan yoʻgʻon, egik ignani bildiradi. Qop tikadigan igna bilan kiyim tikilsa, kiyimning sifati qopday boʻlib qolishi aniq.
Gapda bu so'z ega vazifasida I shaxs boladi, kesimi III shaxs bo'lib keladi. Bu so'z
Kamina
smorodina o'zbekchada
Qorag'at
Ammamning buzog'i iborasi
Ammamning buzog'i Bu ibora xalq tilida juda faol. Haqoratli maʼnoda, bepisandlik bilan qo‘llanadi va hech bir ishni eplolmaydigan; lavang, shudsiz maʼnolarini anglatadi:
Illo nima degani
Ammo, lekin
So‘zlashuvda va badiiy uslubda “Boshingni sapchadek uzib tashlayman” degan tahdidli gap ishlatib turiladi. Sapcha nima
Sapcha aslida pishib yetilmagan kichkina qovun; xomak degani. Oldin tilimizda faol ishlatilgan.
Xilqat nina degani
arab tilidan kirgan, asliyatda tabiat; tashqi ko‘rinish; tuzilish; shakl ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida yaratilgan, bunyodga kelgan narsa yoki kimsani anglatadi. Bu so‘z asosan kitobiy tilda qo‘llanadi.
Sichqonning ini ming tanga
Bu ibora kishi qochishga joy topa olmay qolgan paytni ifodalaydi. Yashirinishga joy-imkon topolmayotgan odam noilojlikdan hatto sichqonning inini ming tangaga olishga tayyor. Ming tangani ming dollar deb o‘qisangiz, vaziyat ko‘z oldingizda yanayam yorqinroq namoyon bo‘ladi. Sichqonning ini odam uchun o‘ta kichik, unga sig‘ish, kirib yashirinib olish mutlaqo imkonsiz. Aqli joyida kishiga buni uqtirish o‘zi aqlsizlik. Lekin yuragi taka-puka bo‘lib turgan kishining qo‘rquvi shu darajadaki, sichqonning inidan ham umid qiladi:Bu iboraning sichqon ini ming tanga bo‘ldi, sichqon ini ming tanga bo‘lib ketdi, sichqonning inini ming tanga qilib yubormoq kabi variantlari bor.
Hisbelgini nima deb o'ylaysiz
Emoji
Taqim nima degani
oyoqning tizza osti bukiladigan joyini anglatadi: