Osiyo mudofaa inshootlari ichida tengsiz hisoblangan va asosan Min sulolasi davrida g‘isht va toshdan qayta tiklangan inshoot qaysi?
Buyuk Xitoy devori
Samarqandda XIV asrda rasadxona, madrasa va boy kutubxonadan iborat akademiyaga asos solgan buyuk hukmdor va olim kim?
Mirzo Ulug‘bek
XIII asrda Malida ta’limni rivojlantirish va islom dinini keng yoyish orqali madaniy yuksalishga asos solgan hukmdor kim?
Mansa Muso
Afrikalik haykaltaroshlar haykallarni asosan qaysi maqsadda (kimlarning ruhiga sig'inish uchun) yasashgan?
Ajdodlar ruhiga sig‘inish
Atsteklar o‘z poytaxti Tenochtitlanning markazida qaysi ma'budlarga bag‘ishlab ulkan zinapoyali ibodatxona qurganlar?
Urush va yomg‘ir ma'budlariga
Samarqanddagi XV asrga oid, murakkab geometrik shakllar va naqshlar bilan bezatilgan jahonga mashhur maqbara qaysi?
Go‘ri Amir maqbarasi
XIV asrning birinchi yarmida Afrika, Hindiston va Xitoygacha sayohat qilib, musulmon geograflari uchun yangi xaritalar tuzishga asos bo'lgan sayyoh kim?
Ibn Battuta
G‘arbiy Afrikada matematika, tibbiyot va huquqni o‘rganish uchun talabalar keladigan eng mashhur madrasa qaysi edi?
Sankore madrasasi
Afrika niqoblarida odatda qaysi jonzotlarning qiyofalari tasvirlangan? (Kamida 3 ta).
Sirtlon, sher, maymun, ohu
Inklarda rasmiy yozuv bo‘lmagani sababli, ma’lumotlarni saqlash uchun qanday tugunli xatlardan foydalanishgan
Kipu
XIII asrda Hindistonning Dehli shahrida qurilgan va Osiyo me'morchiligining yuksak namunasi bo'lgan mashhur minora nomi nima?
Qutb minor
Koreyada aholi savodxonligini oshirish uchun Sejong hukmronligi davrida yaratilgan 28 harfli fonetik alifbo qanday nomlanadi?
Koreys fonetik alifbosi (Xangul)
Malida madrasani muvaffaqiyatli bitirgan talabalarga chuqur bilim va a’lo xulq ramzi sifatida nima topshirilgan?
Salla
Nima uchun Afrikadagi muqaddas haykallarni oddiy kishilarning ko‘rishi man etilgan?
Ular muqaddas hisoblangan va faqat maxsus diniy joylarda saqlangan
Inklar me'morchiligining eng hayratlanarli jihati nimada edi? (Toshlar haqida)
Toshlar orasiga pichoq tig‘i ham sig‘maydigan darajada aniq kesilgani va qorishmasiz biriktirilgani
Yaponiya me'morchiligining durdonalari hisoblangan "Oltin pavilyon" va "Kumush pavilyon" qaysi shaharda joylashgan?
Kioto
"Marog‘a inqilobi" deb atalgan kashfiyotning mohiyati nimada va u Nikolay Kopernikdan necha yil oldin isbotlangan?
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi; Kopernikdan 300 yil oldin
Jerine shahridagi madrasa olimlari qaysi xavfli kasallikka qarshi muolaja ishlab chiqqanlar va qaysi a'zoda jarrohlik amaliyotini o'tkazganlar?
Bezgak kasalligi; ko‘z sohasida
Afrika xalqlari marosimlar paytida hayvon niqoblarini taqib olov atrofida raqsga tushishi nimani anglatgan?
Inson va tabiatning o‘zaro jipsligi hamda hamkorligini
Atsteklarda davlat lavozimlariga kadrlarni kimlar tayyorlagan va maktablarda qaysi sohalar o‘rgatilgan?
Maxsus maktablar; davlat boshqaruvi, moliya, qishloq xo‘jaligi, harbiy ish
XIII asrda Saljuqiylar davlatining Ko‘nyo shahrida qurilgan va o'sha davr savdo yo'llarida muhim hisoblangan inshoot nomi nima?
Sulton Xon karvonsaroyi
Nosiriddin at-Tusiy boshchiligidagi Marog‘a astronomiya maktabining qaysi vakillari Ptolemey nazariyasini birinchi bo‘lib inkor etishgan? (Kamida 2 ta ism)
Qutb Sheroziy, Muayyad al-Urdiy, Muhammad ash-Shotir
Songay hukmdori Buyuk Askiya davrida Tombuktu shahrida aynan qaysi tilni o'qitish davlat darajasida qo'llab-quvvatlandi?
Arab tili
Afrikalik haykaltaroshlar asarlarida ishlatgan materiallar ro'yxatini ayting (kamida 5 ta)
Yog‘och, mis, loy, fil suyagi, tosh, gips
Inklarda mamlakat tarixi va afsonalarini keyingi avlodga she’riy tarzda yetkazish uchun kimlar mas’ul bo‘lgan va bu til qanday atalgan?
Maxsus kishilar (shoir/roviylar); Kechua tili