1960-yil
O'zbekiston Respublikasida 2023-yilda inflyatsiya darajasi necha bo'lgan ? (byudjet ijrosiga ko'ra)
8.8%
Qaysi soliq turi davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishda ishtirok etmaydi ?
Ijtimoiy soliq
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko'ra byudjet xarajatlari nechta guruhga bo'linadi va ular qaysilar ?
- Joriy xarajatlar
- Kapital xarajatlar
Davlat byudjeti profitsiti va defitsiti bu ? (qisqacha ta'riflab bering)
Davlat byudjeti defitsiti - Xarajatlar>Daromadlar
Davlat byudjeti profitsiti - Daromadlar>Xarajatlar
Urugvay davlati FIFA jahon chempionatida necha marta g'olib bo'lgan ?
2 marta (1930 va 1950 yillar)
2024-yil uchun prognozda Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari kutilmasi qancha ? (mlrd so'mda)
55 253.3 mlrd so'm
Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbalari nechta va ular qaysilar ?
- Milliy daromad
- Milliy boylik
Funksional tayinlanishiga ko'ra davlat byudjeti xarajatlari nechta guruhga bo'linadi ?
9 ta
Byudjetlararo transfertlarning shakllari nechta ?
7 ta
Dunyodagi eng kichkina bo'lgan davlat Vatikan nechta hududiy bo'linmalardan iborat ?
Hududiy bo'linmalarga bo'linmaydi (Vatikan davlati - shahar-davlat ham dep ataladi)
Yirik soliq to'lovchilar ro'yxatining ichida nechta tijorat banklari mavjud ?
36 ta (8-iyun 2024-yilda "AVO BANK" AJsi bu ro'yxatga qo'shilgan)
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning asosiy usullari nechta va ular qaysilar ?
- Soliqlar
- Yig'imlar
- Bojlar
- Zayomlar
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Respublika byudjetining qaysi guruhdagi xarajatlari orqali ta'minlanadi ?
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari
2023-yil uchun O'zbekiston Respublikasi nomidan va O'zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo'yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi kutilmasiga qachon o'zgartirilish kiritilgan ? (sana, oy va yil aniq etilishi shart)
30-dekabr 2023-yil
O'zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan ? (sana, oy va yil aniq etilishi shart)
30-mart 1927-yilda
2020-yilda davlat tashqi qarzining YaIMga nisbati necha foiz bo'lgan ?
31.8%
Samarqand viloyatida joylashgan Jomboy tumanidagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan tushgan tushumlarning necha foizi respublika byudjetiga o'tkazilmaydi ?
100%
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi statistika agentligining aholini yoppasiga ro'yxatga olish bilan bog'liq xarajatlari qaysi guruh xarajatlariga kiradi ?
Boshqa xarajatlar
"Samarqand xalqaro aeroporti" MCHJ yirik soliq to'lovchilar ro'yxatiga kiradimi ? (ha yoki yo'q)
Ha
Afrika qit'asidagi qaysi davlat hech qachon koloniya bo'lmagan ? (Efiopiya emas)
Liberiya (1847-yildan beri mustaqil davlat)
Davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishida eng kichik ulushga ega bo'lgan tashkilotlar bu ? (01.01.2024 holatiga ko'ra)
- Yaponiya xalqaro hamkorlik banki
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Yevropa investitsiya banki
Davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan YaIMning qiymatini qayta taqsimlashda ishtirok etadi, qayta taqsimlash jarayonida birinchi bo'lib YaIMning qiymati nimalarga ajraladi ?
- Amortizatsiya fondi
- Sof milliy mahsulot
Mudofaaga va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yo'naltirilgan xarajatlar ma'nosiga ko'ra qaysi xarajatlar guruhiga kiradi ?
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari
Nechanchi yildan boshlab yangi jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi miqdorlarini qonuniy chegaralash amaliyoti yo'lga qo'yildi ?
2020-yildan boshlab