Davlatning funksiyalari tushunchasi, mazmuni va belgilari
Davlat funksiyalarini tasniflash
Davlatning ichki funksiyalari
Davlatning tashqi funksiyalari
Davlat funksiyalari:
muammolar va istiqbol
100

"Davlat funksiyalari" atamasi nimani anglatadi?

Davlatning o'z oldidagi ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun olib boradigan eng muhim faoliyat yo'nalishlarini anglatadi. 

100

Siyosiy yo‘nalish sohalari bo‘yicha davlat funksiyalari qanday funksiyalarga bo‘linadi?

Ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi.

100

Qachondan e’tiboran yangi, ancha liberallashtirilgan Soliq kodeksi amalga kiritilgan?

2008-yilning 1-yanvaridan 

100

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) qachon paydo bo'lgan va qaysi prinsip negizida  qurilgan?

1991-yilda paydo bo‘lgan va asosan iqtisodiy hamkorlik prinsiplari negiziga qurilgan. 

100

Davlat funksiyalari jamiyatning qaysi sohalarini rivojlantirishga qaratilgan?

Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy sohalarni.

200

«Davlat funksiyasi» bilan «davlatning vazifasi» tushunchalarini  farqi? 

Vazifa – bu jamiyat va davlat oldida turgan, o'z yechimini kutayotgan muammo yoki masala. Funksiya esa, davlat faoliyatining yo‘nalishi, ijtimoiy muammolarni hal etish yo‘llaridir.

200

Hokimiyatlar bo'linishi prinsipi asosida davlat funksiyalari qanday guruhlarga tasniflanadi?

Qonun chiqarish (qonun ijodkorligi) funksiyasi

Boshqaruv (ijro etish) funksiyasi

Huquqni muhofaza qilish (shu jumladan, sudlov) funksiyasi

Axborot funksiyasi

200

Davlatning ijtimoiy munosabatlar barcha ishtirokchilari davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarni aniq va to‘la bajarishini ta’minlashga qaratilgan funksiya qaysi funksiya? 

Huquqiy tartibotni muhofaza qilish (huquqni muhofaza qilish) funksiyasi 

200

Davlatning tashqi funksiyalari nimaga qaratilgan?

Boshqa davlatlar bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish va ularni saqlash hamda mamlakatni ehtimoliy tashqi tajovuzdan himoya qilishga qaratilgan.

200

«Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» dasturi davlat vazifalarini kimlarga berishni nazarda tutadi?

Davlatning ayrim vazifalarini nodavlat tashkilotlarga, jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berishni.

300

Davlatning vazifalari qaysi omillardan kelib chiqqan holda shakllanadi? 

Davlatning vazifalari mamlakat ichki va tashqi omillariga qarab shakllanadi. Ya’ni davlat qanday vazifalarni bajarishi jamiyatdagi ehtiyojlar va tashqi vaziyatga bog‘liq. 

300

Maqsad, vazifa va funksiya farqi? 

Maqsad — bu muayyan davlatning taraqqiyotidagi keyingi bosqichda erishmoqchi bo'lgan holati bo'lsa, vazifa — esa ushbu maqsadga erishish uchun hal etilishi lozim bo'lgan masalalar, funksiya — vazifalar yechimiga yo'naltirilgan faoliyat yo'nalishidir.

300

Daromadlar va xarajatlar ustidan oliy darajadagi va joylarda moliyaviy nazorat olib boruvchi organlar qaysi organlar?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi, mahalliy davlat hokimiyati, Moliya vazirligi

300

Qaysi BMT doimiy organi nizolarni, shu jumladan, harbiy nizolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etish masalalari, xalqaro tinchlikni saqlash va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida keng vakolatlarga ega? 

Xavfsizlik Kengashi. 

300

Tashqi funksiyalar tusini olgan ichki funksiyalarga yoki aksinchasiga misol keltiring?

Davlar faoliyatining ekologik yo‘nalishi.

400

Davlat funksiyalari o‘z mohiyat-e’tiboriga ko‘ra obyektiv xususiyatga ega ekanligini qanday tushuntirish mumkin? 

Ular davlatning shaxsiy xohishiga emas, balki jamiyatning zarur ehtiyojlariga bog‘liq.

400

Ilmiy tasniflash uslubidan foydalanish nima uchun muhim?

Ushbu uslubdan foydalanilmasa, davlat-huquqiy hodisalar hamda jarayonlarni har tomonlama tartibga solish va taqqoslash mushkul.

400

2017-yildagi o‘zgarishdan keyin Ekologiya qo‘mitasi kimga hisobot beradigan bo‘ldi va nima sababdan bu masala Senat vakolatidan chiqarildi? 

Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradigan bo‘ldi, chunki qo‘mitaning boshqaruv tizimidagi maqomi o‘zgartirildi. Shu sababli uning faoliyati ustidan tegishli vakolat Senatdan chiqarildi.

400

Madaniyat va fan-texnika sohasidagi xalqaro hamkorlik qaysi tashkilotlar tomonidan muvofiqlashtiriladi?

YUNESKO va MAGATE kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan.

400

Davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyati faqat ilm-fanni rivojlantirishdan iboratmi?

Yo‘q. Davlat ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, uning zararli oqibatlarini cheklaydi va yangi ilmiy yo‘nalishlarni nazorat qiladi.

500

Qaysi huquqshunos olimni "davlat funksiyasi" haqida ta'rifi nazariy jihatdan bahsli hisoblanadi va nima uchun? 

Z. M. Islamovning mulohazasi. 

500

"To'rtinchi hokimiyat" deb nima nazarda tutilmoqda va axborot tarqatish vazifasiga nima uchun alohida e'tibor qaratilish lozim?

Ommaviy axborot vositalari nazarda tutilmoqda. Chunki davlat va jamiyat nima bo‘layotganini bilishi kerak.

500

Davlat nima sababdan bemorlar, nogironlar, keksalar, talabalar va bolalarni ijtimoiy himoya qiladi?


Chunki ular ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra to‘laqonli mehnat qila olmaydi va davlat ularga munosib turmush sharoitini ta’minlashi kerak. 

500

O'zbekiston Respublikasi mudofaa doktrinasining mohiyati nimadan iborat? 

Doktrinaning mohiyati urush va harbiy nizolarning oldini olish, harbiy-siyosiy bloklarga qoʻshilmaslik hamda davlat xavfsizligini qat'iy mudofaa poydevorida ta'minlashdan iborat

500

Ekologik muammolar nima sababdan davlat funksiyalarining evolyutsiyasiga ta’sir qilmoqda?

Chunki ekologik muammolar insoniyat hayotida real xavf tug‘dirmoqda. Shu sababli davlat aholisining munosib yashash sharoitlarini saqlashi, tabiiy muhitni himoya qilishi va bu borada boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishi zarur.

M
e
n
u