a
b
c
d
e
50

Doimiy va vaqtinchalik funksiya deganda nimani tushunasz va ularga misol bering

Doimiy funksiyalar davlat tomonidan muttasil ravishda amalga oshiriladigan faoliyatlardir. Misol uchun-jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish

 Vaqtinchalik funksiyalar ijtimoiy hayotning oʻziga xos shart-sharoitlari bois kelib chiqadi va bunday ehtiyojga oʻrin qolmaganidan keyin barham topadi. Misol uchun-pandemiya vaqtida karantin qoidalarini joriy etish

50

Ijtimoiy sohalar bo'yicha davlat funksiyalarini qanday turlarga bo'lish mumkin va ushbu funksiyalarning asosiy vazifalari nima

Iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va ijtimoiy

1) Iqtisodiy-Mamlakat iqtisodiy o'sishini ta'minlash, mulkchilik shakllarini himoya qilish, soliq Tizimini tartibga solish, moliyaviy barqarorlikni saqlash va yangi ish o'rinlarini yaratish.

2) Ijtimoiy-Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, sog'liqni saqlash, ta'lim, pensiya ta'minoti va ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish.

3) Siyosiy-Qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tashqi xavflardan himoyalanish.

4) Ma'naviy-Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, ilm-fan, san'at va madaniyatni qo'llab-quvvatlash, yosh avlodni vatanparvarlik va axloqiy tamoyillar ruhida tarbiyalash.

50
  • Davlat funksiyalari turli mezonlar boyicha qanday turlarga bo'linadi

Amal qilish vaqti bo'yicha ( doimiy va vaqtinchalik)

Faoliyat doirasi bo'yicha ( ichki va tashqi)

Ijtimoiy ahamiyatiga ko'ra ( asosiy va asosiy bo'lmagan)

Amalga oshirish shakli bo'yicha ( huquqni ijod qilish, ijro qilish va muhofaza qilish)



50

Davlat funksiyasi tushunchasiga ta’rif bering

Davlat funksiyalari – davlatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy yo'nalishlaridir.
Davlat o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishi uchun ma'lum bir vazifalarni hal qilishi lozim bo’ladi, bu esa, o'z navbatida, ushbu vazifalarni bajarishga qaratilgan tegishli funksiyalarni ya’ni asosiy yo’nalishlarini  amalga oshirishni  anglatadi

50

Davlatning mudofaa faoliyati qanday asosiy yo'nalishlardan iborat

Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash 

 Qurolli kuchlarni muntazam ravishda takomillashtirish, ularning jangovar qobiliyati va tayyorgarligini muttasil oshirib borish

Davlat chegaralarini qo'riqlash 

Fuqaro mudofaasini tashkil etish

Qurolli kuchlar zaxirasiga harbiy ta'lim berish

100

Davlat funksiyalarining differensiatsiyalashgan faoliyat yo'nalishishi qanday amalga oshiriladi.

Avvalo bu so'zning ma'nosini bilib olsak"Differensiatsiya" soʻzi boʻlinish, tabaqalanish, ajralish degan maʼnoni anglatadi.Bu davlatning umumiy, ko'p miqdordagi funksiyalarini muayyan sohalar, tarmoqlar yoki davlat organlarining tor ixtisoslashuviga qarab boʻlib amalga oshirish jarayonidir.

100

Funksiya – vakolat doirasidan kelib chiquvchi faoliyatdir. Savol agar vakolat doirasidan chiqilsa funksiya bo’lmaydimi

  • Davlat funksiyasi — bu davlatning qonun bilan belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oshirish yo'nalishidir. Vakolat esa ushbu funksiyani bajarish uchun qonunan berilgan huquq va majburiyatlar chegarasidir. Agar shaxs yoki organ vakolat doirasidan chiqsa, u qonuniy maqsadni emas, balki qonundan tashqari harakatni amalga oshirayotgan bo'ladi. Qonunsiz harakat esa davlat funksiyasi bo'la olmaydi
100

Nima uchun davlat funksiyasini uning alohida organlari funksiyalaridan farqlash lozim

  • Davlat funksiyasi — bu butun davlatning umumiy, strategik va oliy maqsadi hamda faoliyat yo'nalishidir. Davlat organining funksiyasi esa shu umumiy maqsadga erishish uchun bitta muayyan organga ajratib berilgan tor, ixtisoslashgan vazifadir. Davlat organlari faqatgina har biri o’z vakolati doirasida davlat faoliyatining muayyan sohalarida o’z funksiyalarini amalga oshiradi.
100

Maqsad, vazifa, funksiya tushunchalari bir biri bilan qanday qilib chambarchas bog’liqdir

  • Maqsad muayyan davlatning taraqqiyotidagi keyingi bosqichda erishmoqchi bo‘lgan holati bo‘lsa (masalan, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy demokratik davlat barpo etish), vazifa esa ushbu maqsadga erishish uchun hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar, funksiya – vazifalar yechimiga yo‘naltirilgan faoliyat yo‘nalishidir.
100
  • Davlatning ekologik funksiyasida jamiyat talab va ehtiyojlarini yanada to’liqroq ta’minlash, jamiyat a’zolarining yashash, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash faoliaytini amalga oshiradi. Savol nima uchun ekologik funksiyada bunday vazifalar belgilangan, ozi bu  vazifalar ekologik funksiyaga tegishlimi.                                   

Bu aslida ijtimoiy funksiya vazifalari hisoblanadi. Huquqshunoslikda ekologik va ijtimoiy funksiyalar bir-biri bilan uzviy bog'liq hisoblanadi. Insonning munosib atrof-muhitga bo'lgan huquqi (toza havo, xavfsiz suv, yashil hududlar) uning sog'lom yashashi, mehnati va dam olishi uchun asosiy shart-sharoit yaratish hisoblanadi. Shuning uchun ekologik funksiyada bunday vazifalar belgilangan bo'lishi mumkin.

100
  • Tinchlikni ta’minlash funksiyasi va Mudofaa funksiyasi nima uchun alohida toifa funksiyalarida ya’ni bittasi ichki ikkinnchisi esa tashqi funksiyaga kiradi ahir ularning umumiy vazifasi fuqarolar va davlatni himoya qilishku. O’zi ularning vazifasi nima va nima uchun ularni bitta funksiyaga kiritib bo’lmaydi

Tinchlik va huquq-tartibotni ta'minlash—bu faoliyat davlatning o'z hududida amalga oshiriladi. Uning maqsadi — jamiyat ichidagi barqarorlikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda jamoat tartibini himoya qilishdir. Mudofaa funksiyasi —bu faoliyat tashqi tahdidlarga (boshqa davlatlar yoki xalqaro tajovuzlarga) qaratilgan. Maqsadi — davlatning mustaqilligi, hududiy daxlsizligi va suverenitetini tashqi qurolli hujumlardan himoya qilishdir.  Agarda ularni bitta funksiyaga kiritadigan boʻlsak nima boʻladi birinchi oʻrinda qaysidir faoliyatga nisbatan kamroq etibor qaratilishiga olib keladi.Ikkala funksiyaning ham oxirgi maqsadi — xavfsizlikni ta’minlash bo‘lsa-da, ularning ishlash mexanizmi, qaratilgan ob’yekti va mas’ul idoralari butunlay boshqa-boshqa bo‘lgani uchun birinchisi ichki, ikkinchisi esa tashqi funksiya toifasiga ajratiladi.

100
  • Nima uchun huquq ijodkorligi faoliyatisiz davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirib bo’lmaydi
  • Davlat va uning organlari oʻz faoliyatini va funksiyalarini faqat qonunlar va huquqiy normalar asosida amalga oshiradi. Huquq ijodkorligi boʻlmasa, davlat organlarining nimani va qanday bajarishi kerakligi boʻyicha huquqiy asos hamda vakolatlarning oʻzi mavjud boʻlmaydi. Huquq ijodkorligi orqali jamiyatda hamma uchun majburiy boʻlgan xulq-atvor qoidalari oʻrnatiladi. Agar huquqiy normalar yaratilmasa, davlat funksiyalarini bajarish jarayonida oʻzboshimchalik, tartibsizlik va huquqiy xaos yuzaga keladi.
100

Davlat funksiyalari muayyan usullarni qo’llash orqali amalga oshiriladi deyilgan va usullar qatorida ishontirish usuli bor u qanday bo’ladi

  • Davlatning o'z funksiyalarini amalga oshirishda kuch, tazyiq yoki jazolash xavfini qo'llamasdan, fuqarolar va tashkilotlarning ongli ravishda, ko'ngilli ravishda qonunlarga rioya qilishini va davlat siyosatini qo'llab-quvvatlashini ta'minlashga qaratilgan usuldir, Turli xil qonunlarga majburlash orqali  emas ishontirish orqali boysunishidir
100
  • Davlatning funksiyasinig statik va dinamik tavsifi qanday bo’ladi
  • STATIK tavsif--davlatning muayyan vaqtdagi tuzilishi, shakli va rasmiy  va norasmiy qoidalarni asoslarini anglatadi. Davlat nimadan iborat va u qanday tuzilgan? degan savollar beriladi
  • DINAMIK tavsif--davlatning vaqtlar davomida qanday ishlashi, rivojlanishi va oʻzgarishini anglatadi. Davlat nimadan iborat va u qanday tuzilgan? Degan savollar  beriladi
100

Davlatning asosiy va asosiy bo'lmagan funksiyasi mavjud. SAVOL davlatning hamma funksiyasi zarur deb keltirilgan bo'lsa qanday qilib asosiy bo'lmagan funksiya mavjud

Avvalo asosiy bo'lmagan funksiyani keraksiz funksiya emas yordamchi funksiya deb tushunsak yaxshiroq bo'ladi. Asosiy bo'lmagan funksiyalar asosiy funksiyalarni amalga oshirish uchun yordam beradi. Asosiy funksiyalar rivojlanish yo'lidagi ustuvor yo'nalishlardir,  asosiy bo'lmagan funksiyalar esa ularga erishish yolidagi yordamchi funksiyalardir  

100

Qanday ichki funksiya global ya'ni tashqi funksiyaga aylanmoqda  deb o'ylaysiz va nima uchun

 Ekologik funksiya. Hozirgi kunda birgina ekologik muammo turli xil og'ir vaziyatlarga sabab bo'lmoqda shuning uchun uni birgina davlat yoki mintaqaning muammosi deb qarash katta xato ekanligi anchagina oydinlashdi. Misol uchun Orol dengizi qurushi muammosi. Orol tubidan koʻtarilayotgan tuz va chang zarralari minglab kilometr uzoqlikdagi hududlargacha, hatto Yevropa va Antarktidadagi muzliklargacha yetib bormoqda.Bu uni ichki muammo sifatida emas global muammo ekanligini ko'rsatadi. Bu esa ichki funksiyani tashqi funksiyaga aylanishidir.

100

Hozirgi kunda  barcha davlatlarning funksiyalariga qaysi omil katta ta'sir qilmoqda deb oylaysiz

 21 asr fan-texnika yutuqlari. Bu omil davlatlarga yangi funksiyalar joriy qilishgacha ta'sir qilmoqda. Elektron davlat va Kiberxavsizlik masalalarini o'rganish va ularni amalga tatbiq etish masalasi asosiy  faoliyatlardan biri bolib bormoqda

100

Internet tizimining shakllantirilishi ham davlat funksiyalarining yangi evolyutsiyasini keltirib chiqarmoqda degan fikrga qanday qaraysiz.

Bu fikr juda to'g'ri chunki-Internet paydo boʻlgunga qadar davlat xizmatlari faqat qogʻoz koʻrinishida va shaxsiy tashrif orqali amalga oshirilgan.Internet paydo bo'lgandan so'ng esa
Davlat fuqarolarga masofadan turib xizmat koʻrsatish (elektron hukumat, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) funksiyasini oʻz ustiga oldi. Kiberhudud iborasi paydo boʻldi va davlat oʻzining axborot infratuzilmasini, davlat sirlarini hamda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini kiberhujumlardan va xakerlardan himoya qilish kabi yangi xavfsizlik funksiyasiga ega boʻldi.

100

Kiberxavfsizlikni ta'minlash davlatning qanday funksiyasi hisoblanadi ichki yo tashqi

Hozirgi zamonaviy davrda bu yo'nalish aynan bitta funksiya tarkibiga kiradi deb aytish hato bo'ladi deb o'ylayman.Chunki kiberhujumlar ham tashqi tomondan ham ichki tomondan bolishi mumkin shuni inobatga olganda buni aralash funksiya deb ham aytishimiz mumkin.

100

Funksiyaning yangi shartnomaviy funksiya shakli ham paydo bo'lmoqda. Savol ozi bu shakli qanday, uning ijobiy va salbiy jihatlari haqida fikr yuriting

An'anaviy tizimda davlat barcha ishlarni o‘zining byudjet tashkilotlari, amaldorlari va ishchilari yordamida bajargan. Shartnomaviy shaklda esa davlat o‘z funksiyasini bajarish uchun xususiy tadbirkor yoki nodavlat tashkilot bilan rasmiy shartnoma tuzadi va o'z funksiyalarini bir qismini ular orqali amalga oshiradi. Misol uchun Yo‘llarni qurish, ta'mirlash yoki pullik yo‘llarni boshqarish xususiy kompaniyalarga shartnoma asosida topshirilishi. Davlat funksiyalarining shartnomaviy shakliga o‘tishi — ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun juda ijobiy qadamdir. Biroq, u mukammal ishlashi uchun davlat tomonidan kuchli nazorat qilib borilishi shart.

Ijobiy tomonlari                                            Byudjet pullari tejaladi: Davlat katta shtat saqlash, bino qurish va uskunalar sotib olish xarajatlaridan qutuladi.                                                             Korrupsiya kamayadi: Davlat xizmatchisi bilan fuqaro o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot kamayadi, barchasi shartnoma shartlariga tayanadi.                   Sifat oshadi: Xususiy sektor raqobat muhitida ishlagani uchun mijozlarga (fuqarolarga) yaxshiroq va tezroq xizmat ko‘rsatadi.
Salbiy tomonlari
Monopoliya xavfi: Agar shartnoma faqat bitta yirik kompaniya bilan tuzilsa, u bozorda narxlarni sun’iy oshirishi mumkin.
Aholining ijtimoiy himoyasiz qolishi: Ayrim xizmatlar xususiy sektorga o‘tgach, narxlar oshib ketishi va kam ta’minlangan qatlamga og‘irlik qilishi mumkin.
Nazorat yo‘qolishi: Agar davlat shartnoma shartlari bajarilishini qattiq tekshirmasa, xususiy sherik sifatni tushirib yuborishi mumkin. 

150

KAZUS

Alfa" xususiy sanoat korxonasi hududda 2 000 ta yangi ish o‘rni yaratdi va mahalliy budjet tushumlarining 40% ini ta'minlamoqda. Biroq, zavod atrof-muhitga me'yoridan ortiq zararli gazlar chiqarmoqda. Mahalliy aholi salomatligi yomonlashgani haqida shikoyat qildi. Davlat ekologiya qo‘mitasi zavod faoliyatini vaqtincha to'xtatish haqida qaror chiqardi. Zavod rahbariyati esa bu qaror davlatning iqtisodiy funksiyasiga (tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta'minlash) zid ekanini da'vo qilmoqda.
Savollar va topshiriq:
1. Ushbu vaziyatda davlatning qaysi ichki funksiyalari o‘zaro to‘qnash kelmoqda?
2. Davlat qaysi funksiyani ustuvor deb bilishi kerak? Huquqiy nuqtai nazardan asoslang.

Qaysi ichki funksiyalar o'zaro to'qnash
kelmoqda degan savolga ushbu vaziyatda davlatning ikki muhim ichki funksiyasi to'qnash kelmoqda ya'ni:
1) Iqtisodiy funksiya-tadbirkorlikni rivojlantirish,
investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o'rinlari
yaratish va budjet tushumlarini ko'paytirish.
2) Ekologik va ijtimoiy funksiya: Fuqarolarning sog'lig'ini muhofaza qilish, qulay atrof-muhitga ega
bo'lish huquqini ta'minlash.
 Davlat qaysi funksiyani ustuvor deb bilishi
kerak degan savolga quyidagicha javob bersak bo'ladi.
Huquqiy nuqtai nazardan, davlat ekologik va
ijtimoiy funksiyani ustuvor deb bilishi shart.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra,
inson, uning hayoti va sog'lig'i oliy qadriyat
hisoblanadi. Shuningdek, har kim qulay atrof-
muhitga ega bo'lish huquqiga ega. lqtisodiy
manfaatlar hech qachon inson salomatligi va
hayoti hisobiga amalga oshirilishi va undan ustun bo'lishi mumkin emas.
Davlat Ekologiya qo'mitasining zavod faoliyatini
to'xtatish haqidagi qarori qonuniy va asoslidir.

150

KAZUS

Mamlakatda xavfli yuqumli kasallik tarqaldi. Hukumat aholi salomatligini saqlash maqsadida favqulodda holat va qat'iy karantin e'lon qildi: barcha korxonalar yopildi, jamoat transporti to‘xtatildi, fuqarolarga uydan chiqish taqiqlandi. Bir guruh tadbirkorlar va fuqarolar davlat ularning harakatlanish hamda mehnat qilish huquqini buzayotganini aytib, sudga murojaat qilishdi. Hukumat esa buni davlatning ijtimoiy funksiyasi (aholi salomatligini saqlash) va huquq-targibotni ta'minlash funksiyasi doirasida qilinganini ta'kidladi.
Savollar va topshiriq:
1. Davlatning favqulodda vaziyatlardagi ijtimoiy funksiyasi fuqarolarning shaxsiy erkinliklaridan ustun bo‘la oladimi?
2. Karantin cheklovlari davlatning huquqiy tartibotni saqlash funksiyasiga qay darajada mos keladi?

Birinchi savolga to'xtaladigan bo'lsam.Ha, bo'la oladi, biroq muayyan shartlar bilan.
Xalqaro huquqda ham va milliy qonunchilikda ham aholi salomatligini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ayrim huquglar (harakatlanish erkinligi, yig'ilishlar o'tkazish) vaqtincha cheklanishiga yo'l qo'yiladi. Insonning shaxsiy erkinligi boshqalarning yashash huquqiga (infeksiya yuqtirmaslik huquqiga) tahdid solmasligi kerak. SHuning uchun davlat bu yerda to'laqonli haq deb o'ylayman

Ikkinchi savol bo'yicha qonuniy joriy etilgan karantin huquqiy tartibotni saqlash funksiyasiga to'la mos keladi. Epidemiyalar paytida tartibsizlik, dori-darmonlar talon-toroj qilinishi yoki tibbiyot tizimining noqonuniy holatlarga uchrashi xavfi yuqori bo'ladi. Karantin orqali davlat jamiyatda barqarorlikni ta'minlaydi va favqulodda vaziyatda huquqiy nazoratni saqlab qoladi.

150

Sun’iy intellekt va avtomatlashtirish sababli millionlab ish o‘rinlari yo‘qolib borayotgan bir paytda, davlatning iqtisodiy funksiyasi birinchi o‘ringa o‘tadimi yoki ijtimoiy funksiyasi?"Agar davlat texnologik poygada ortda qolmaslik uchun iqtisodiyotga urg‘u bersa — ijtimoiy inqiroz va tengsizlik kelib chiqadi. Agar faqat ijtimoiy himoyaga e’tibor qaratib, texnologiyalarni cheklasa — mamlakat global iqtisodiyotda yutqazadi.


Mening fikrimcha davlat texnologik taraqqiyotni cheklashi kerak emas. Aksincha, iqtisodiy funksiya  va ijtimoiy funksiyani birlashtirib, ishsiz qolayotgan fuqarolar uchun bepul qayta tayyorlash va raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatish dasturlarini yo‘lga qo‘yishi zarur. Mana shunday ish qilinsa ikkita yo'nalish bo'yicha ham o'sish bo'ladi deb o'ylayman

150

Amerika оlimi Francis Fukuyama oʻzining “State-Building: Governance and World Order in the 21st Century” kitobida davlat funksiyalarini minimal, oʻrta va faol kabi turlarga boʻlish maqsadga muvofiq ekanligini bildirib oʻtgan. Oʻzbek yuridik adabiyotlarida esa davlat funksiyalarini tasniflashning turli xil mezonlari mavjud. Bular: a) faoliyat sohalari boʻyicha; b) amal qilish davomiyligi boʻyicha; v) ijtimoiy ahamiyatiga koʻra; g) amalga oshirishning huquqiy shakllari boʻyicha tasniflashdir.Amerika olimi Francis Fukuyama va oʻzbek huquqshunos olimlarining davlat funksiyalarini tasniflash mezonlarini tahlil eting.

Fukuyama ozining asarida davlat funksiyalarini davlat aralashuvi bo'yicha 3 asosiy darajaga bo'lgan

1)Faol funksiyalar bu davlat tomonidan ko'proq e'tibor beriladigan va amalga oshiriladigan turi. Bozor muvozanati buzilgan holatlarni tuzatish va tashqi taʼsirlarni tartibga solishga qaratilgan. Bunga taʼlim va sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, monopoliyaga qarshi siyosat kiradi.

2)Ortacha funksiyalar davlat mavjudligining eng asosiy ya'ni bunga jamoat tartibini saqlash, mulk huquqini himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash kiradi deb oy'layman 

3)Minimalar funksiyalar davlatning resurslarni qayta taqsimlash, sanoat siyosatini yuritish va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan faol aralashuvi. 

Oʻzbek huquqshunosligida davlat funksiyalari huquq nazariyasiga tayangan holda koʻp qirrali va tushunarli mezonlar asosida tasniflanad.     Faoliyat sohalari boʻyicha:
Ichki funksiyalar-jamiyat ichidagi munosabatlarni tartibga solish (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, huquq-tartibotni taʼminlash).
Tashqi funksiyalar-boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlar (mudofaa, xalqaro hamkorlik, tinchlikni saqlash).

Amal qilish davomiyligi boʻyicha:
Doimiy funksiyalar-davlat mavjud boʻlgan butun davr mobaynida amalga oshiriladi (inson huquqlarini himoya qilish, ekologiya).
Vaqtinchalik funksiyalar-muayyan inqirozli yoki maxsus davrda paydo boʻladi va maqsadga erishilgach tugaydi.                                          Ijtimoiy ahamiyatiga koʻra:
Asosiy-davlatning mavjudligi va jamiyat barqarorligi uchun hal qiluvchi (xavfsizlik, konstitutsiyaviy tartib).
Asosiy bo'lmagan yoki Koʻmakchi-asosiy funksiyalarni amalga oshirishni taʼminlaydigan  faoliyat

Amalga oshirishning huquqiy shakllari boʻyicha:
Huquq ijodkorligi-qonun va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish.
Huquqni qoʻllash-qonunlarni ijro etish, davlat boshqaruvini amalga oshirish.
Huquqni muhofaza qilish-qonun buzilishlarining oldini olish va jazo choralarini qoʻllash.

150

 Seminar mashgʻuloti davomida talaba Shodiyeva davlat funksiyalari tasnifi turli asoslar boʻyicha amalga oshirilishini, xususan: a) davlatning turli sohalarga taʼsiri boʻyicha: iqtisodiy, ijtimoiy, mafkuraviy, ekologik, mudofaa va hk.; b) davlat faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha: ichki va tashqi; c) harakatlar davomiyligi boʻyicha: doimiy va vaqtincha; d) umumiylik darajasi boʻyicha: asosiy va asosiy boʻlmaganlarni misol tariqasida keltirib oʻtdi.
Biroq, talaba Salomov uning fikrlariga qarshi chiqib, davlat funksiyalarini umumiy holda tartibga soluvchi hamda qoʻriqlovchi kabi turlarga tasniflash talabalar uchun soddalashtirish mumkinligini tushuntirib berdi.
Davlat funksiyalarini tasniflash mezonlarini tahlil eting.

SHodiyeva aytgan fikrlari to'gri hisoblayman. shodiyeva davlat funksiyalarini ko'p mezonda tasniflashni ko'rsatgan, bu yondashuv yuridik adabiyotlarda ham keng tarqalgan hisoblanadi hamda davlat faoliyatini har taraflama va chuqur o'rganishga xizmat qiladi.Ya'ni batafsil aytadigan bo'lsam:1) Sohalar boʻyicha davlat jamiyatning qaysi sohasida faoliyat olib borayotganini aniq koʻrsatadi 2) Yoʻnalishi boʻyicha  davlatning mamlakat ichidagi va xalqaro maydondagi faoliyatini ajratib beradi 3) Davomiyligi boʻyicha  funksiyaning vaqt oʻlchovini belgilaydi 4) Umumiylik darajasi boʻyicha davlat uchun strategik va yordamchi boʻlgan vazifalarni darajalashga yordam beradi.

Salomov esa davlat funksiyalarini huquqiy taʼsir mexanizmi hamda maqsadi boʻyicha soddalashtirilgan tarzda tasniflashni taklif qilgan. Ya'ni:Qoʻriqlovchi  funksiyalar-mavjud huquqiy tartibotni, inson huquqlarini, davlat xavfsizligini va mulkni turli tajovuzlardan himoya qilish va qonunbuzarliklarga chek qoʻyishga qaratilgan. Masalan, jinoyatchilikka qarshi kurashish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati. Tartibga soluvchi funksiyalar-jamiyatda normal va tartibli munosabatlarni rivojlantirish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni yoʻnaltirishga qaratilgan. Masalan, qonunlar qabul qilish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim tizimini tashkil etish.

M
e
n
u