Dunyodagi eng yuqori daromad soliqlari qaysi davlatda olinadi va qanday miqdorda olinadi?
shvetsiyada 50% va undan ham ko`proq miqdorda
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash va chet el kapitallarini nazorat qilish uchun davlat qanday siyosat yuritadi?
proteksionizm siyosati. asosan bojxona bojlari orqali
Ikki ota va ikki farzand ketishayotgandi.Do`kondan uchta olma xarid qilishdi. Olmalarni kesmasdan qanday qilib teng bo`lib olishadi?
ketayotganlar bobo, ota va bola bo`lsa.
istagan jamoangizdan -100 ball chegirib tashlang
.
Yangi tahrirdagi soliq kodeksi necha bob va nechta moddadan iborat?
64 bob , 392 modda
Eng qadimgi soliqlar qaysi davlatda joriy etilgan?
Misrda
Davlat qarzlari davlat daromadlariga kiradimi?
ha, vaqtinchalik daromad sifatida ko`riladi. Chunki budjet kamomadini qoplash uchun ishlatiladi?
U juda qiyinchilik chog`ida dunyoda keladi. Yoshlik chog`idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo`shiqlar aytadi va o`z konserti vaqtida joniga qasd qilishadi? U kim deb o`ylaysiz?
Ertakdagi bo`g`irsoq
Faqat yetarli miqdordagi mablag`larni tasarruf etgan holdagina davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishi mumkin bo`lgan iqtisodiy termin bu-..
davlat moliyasi
Budjet tasnifining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
yagonalik, to`liqlik, o`zaro muvofiqlik
Qaysi mamlakatlarda "Soliq jannati" deb ataluvchi hududlar mavjud?
Singapur, Shveytsariya
Davlat daromadlarini boshqarishning asosiy maqsadi nima?
davlat xarajatlarini moliyalashtirish, ijtimoiy tenglikni ta`minlash va iqtisodiy barqarorlikni saqlashdir.
Uning balandligi ham, eni ham bo`yi ham yo`q, lekin uni o`lchasa bo`ladi. U nima?
Harorat va vaqt
Davlatning iqtisodiyotga yoki infratuzilma loyihalariga investitsiya kiritishi nima deb ataladi
Sarmoya
Innovatsion va investitsion faoliyatga yo`naltirlgan xarajatlar ...... xarajatlardir. Jumlani to`ldiring.
Kapital xarajatlar
Regressiv soliq tizimi qanday va u qaysi soliqlarda o`z aksini topadi?
Daromad oshgani sayin soliq stavkasi kamayib boradi. Va u QQS kabi bilvosita soliqlarda kuzatiladi, chunki past daromadli aholiga ko`proq yuk tushadi.
Davlatning eng yirik daromadlari odatda qaysi sektordan kelib chiqadi?
soliq sektori
Stolda 70 dona oq qog`oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog`ozni sanash mumkin. Bu holda 50 ta qog`oz sanab olish uchun necha soniya ketadi?
20 soniya. 1-o`ntasini 10 soniyada. 2-o`ntasini keyingi 10 soniyada. Stolda esa 50 ta qog`oz qoladi.
Defitsit nima
bu davlat budjetining xarajatlari daromadlaridan oshib ketgan holati
Davlat aktivlari asosiy necha guruhga bo`linadi va ular qaysilar?
2 guruh; moddiy va nomoddiy
Soliq "amnistiyasi"-nima va vazifasi nimadan iborat?
bu davlat tomonidan kechirilgan soliqlar yoki qarzlar, odatda yashirin soliqlardan foydalanayotgan shaxslarni iqtisodiyotga qaytarish maqsadida joriy etiladi
Davlat daromadlarini boshqarish tizimining asosiy muammolari nimalardan iborat?
Yashirin iqtisodiyot, korrupsiya va soliq yig`imidagi kamchiliklar
16 qavatli uyda bir liliput odam yashaydi. U har kuni ertalab ishga ketayotib liftda pastga tushib, so`ng ishga ketadi. Ishdan qaytayotganda esa 10-qavatgacha liftda ko`tarilib, u yog`iga piyoda ketadi. U nimaga bunday qiladi?
chunki uning bo`yi 10-qavat tugmasigacha yetadi xolos
Soliq bazasi nima
bu soliq solinadigan aktivlar yoki daromadlar yig`indisi, masalan daromad, mol-mulk yoki boshqalar
Tabriklaymiz sizga bonus ball berildi (+100 )ball
.