moliya yili (davr)?
birinchi yanvardan oʻttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr
Бюджет даромадлари манбаларига кўра qaysilar?
Солиқли даромад, Солиқ бўлмаган даромад, Тикланмайдиган тарзда ўтказиладиган пул маблағлари.
Бюджет муносабатларининг қонуний-ҳуқуқий асослари nimalar?
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Ўзбекистон Республикаси Бюджет Кодекси, Ўзбекистон Республикаси Солиқ Кодекси, Ўзбекистон Республикаси “Маҳаллий давлат ҳокимияти тўғрисида”ги Қонуни, “Ўзбекистон Республикасининг Давлат бюджети тўғрисида”ги Қонуни,
Молия вазирлиги, Марказий Банк, Республика Ғазначилиги, ДСҚ, ДБҚ ва бошқа бюджет ижросини амалга оширувчи органларининг меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлари.
Davlat qarzining muddati bo‘yicha turlarini sanab bering
Qisqa muddatli qarz — 1 yilgacha
O‘rta muddatli qarz — 1 yildan 5 yilgacha
Uzoq muddatli qarz — 5 yildan ortiq
Budjet xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra nechta turga bo‘linadi?
Budjet xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1-Kapital xarajatlar
2-Joriy xarajatlar
budjet ssudasi nima?
Qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablagʻlari.
мажбурийлик; хазина тўплаш; қатъийлик ва доимийлик; аниқ солиқ тўловчи учун эквивалентсизлик (bu qanday iqtisodiy kategoriyaning ta'rifi)
Soliq!
Byudjet kodeksi qachon qabul qilingan ilk bor?
Ўзбекистон 26.12.2013 йилда қабул қилинган
Davlat qarzi nima va u qanday manbalar hisobiga shakllanadi?
Davlat qarzi — davlatning o‘z majburiyatlarini bajarish, byudjet taqchilligini qoplash yoki iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish maqsadida ichki va tashqi manbalardan jalb qilingan qarz majburiyatlari yig‘indisi. U quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi: ichki mablag‘lar (mamlakat ichidagi yuridik va jismoniy shaxslar) tashqi mablag‘lar (xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari, investorlar)
Kapital budjet xarajatlari tarkibini sanang.
Kapital xarajatlar tarkibiga: Investitsiya dasturlariga muvofiq yuridik shaxslarga investitsiyalar. Yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun budjet kreditlari. Kapital ta’mirlash xarajatlari. Davlat mulkini oshirish yoki yangidan yaratish bilan bog‘liq xarajatlar. Boshqa kapital xarajatlar
hududiy iqtisodiyot va moliya organlari + Qoraqalpog'iston.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari.
Давлат тузилишига боғлиқ равишда бюджет даромадлари turlari?
Давлат тузилишига боғлиқ равишда бюджет даромадлари унитар давлатларда асосан марказлашган ҳолда шаклланади, федератив давлатларда эса турли даражадаги бюджетлар ўртасида тақсимланади. Улар марказий, маҳаллий ва тақсимланувчи даромадларга бўлинади. Федератив тизимда ҳар бир даража мустақил даромад манбаларига эга бўлади.
?бўлим, ?боб, ?моддадан иборат.
9 бўлим, 28 боб, 192 моддадан иборат.
Davlat qarzining iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini tushuntiring.
Ijobiy ta’sirlari:
Investitsion faoliyatni rag‘batlantiradi. Ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish imkonini berad. Iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi
Salbiy ta’sirlari:
Qarz yuki ortib fiskal bosimni oshiradi. Byudjet defitsiti chuqurlashadi. Milliy valyuta kursi pasayish xavfi ortadi. Kelajak avlodlarga moliyaviy yuk bo‘lib qoladi
Joriy budjet xarajatlari tarkibini izohlang.
Joriy budjet xarajatlari tarkibiga:
Davlat iste’moli xarajatlari. Transfert to‘lovlari. Joriy subsidiyalar. Davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlari. Boshqa joriy xarajatlar
subsidiya (nima uchun? + kimga?)
tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun budjet tizimi budjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablagʻlari.
Давлат бюджети даромадлари мамлакатда яратилган ялпи ички маҳсулот ва унинг таркибига кирувчи миллий даромад қийматининг қайта тақсимланиши жараёнида шаклланади. MD nima? qayta taqsimlanishiga misol keltiring.
(ЯИМ) - Амортизация - Билвосита солиқлар
yoki МД = Иш ҳақи + Рента (ижара) + Фоизлар + Тадбиркорлик фойдаси.
Misol: JSHDS
Agar hududiy byudjetlar markazga haddan tashqari bog‘liq bo‘lib qolsa, bu qanday iqtisodiy va boshqaruv muammolariga olib keladi?
Moliyaviy mustaqillikning pasayishi va resurslardan samarasiz foydalanish
Davlat qarzini boshqarishning asosiy yo‘nalishlarini sanang.
Qarz olish siyosatini takomillashtirish — qarz manbalarini tahlil qilish va foiz stavkalarini kamaytirish. Qarzlarni qayta moliyalashtirish — eski qarzlarni yangi qulayroq qarz bilan almashtirish. Qarzlarni qayta ko‘rib chiqish — muddat yoki foiz stavkalarini o‘zgartirish. Qarz xizmatini boshqarish — foiz to‘lovlarini byudjet imkoniyatlariga moslashtirish. Xalqaro hamkorlik — xalqaro moliya institutlari bilan ishlash
Budjet xarajatlarining funksional tasnifi nimani ko‘rsatadi?
Budjet xarajatlarining funksional tasnifi davlatning jamiyatdagi rolini ko‘rsatadi. U quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:. Davlat boshqaruvi. Sud hokimiyati. Milliy mudofaa. Huquqni muhofaza qilish. Ta’lim. Sog‘liqni saqlash. Ijtimoiy siyosat. Transport. Fan va texnika. Atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqalar
vaqtinchalik kassa uzilishi nima?
Joriy moliya yilining muayyan davrida budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlaridan vaqtinchalik oshib ketishi.
Субъектларнинг хатти-ҳаракати ва интилишига боғлиқ бўлмаган ҳолда вужудга келган даромадларнинг тўлиқ ёки қисман бюджетга олиниши (Misol keltiring)
Агар ҳовлингиздан ичида тилла тангалари бор хумча (хазина) топиб олсангиз.
Byudjet ijrosi davomida xarajatlar rejalashtirilgandan oshib ketdi. Holatning nomi qanday?(....uzilish) Bu holatda hukumatning huquqiy jihatdan asoslangan 2 ta chorasi nima?
1- vaqtinchalik kassa uzilishi
2- Xarajatlarni qisqartirish yoki qo‘shimcha daromad manbalarini jalb qilish
2026-yil yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston davlat qarzi hajmini ko‘rsating.
2026-yil yanvar holatiga:
Umumiy davlat qarzi — 46,8 mlrd dollar
Tashqi qarz — 39,8 mlrd dollar
Ichki qarz — 7 mlrd dollar. Bu qarzlar davlat dasturlarini moliyalashtirish va byudjet taqchilligini qoplashda muhim rol o‘ynaydi.
Mahalliy budjetlarga qo‘yilgan cheklovlarning ahamiyatini tushuntiring.
Mahalliy budjetlar uchun quyidagi cheklovlar mavjud: Defitsitga yo‘l qo‘yilmaydi. Tasdiqlangan mablag‘dan ortiq sarflash mumkin emas. Qonunda nazarda tutilmagan jamg‘armalar tashkil etilmaydi. Moliyaviy kafolatlar berishga ruxsat etilmaydi. Bu cheklovlar moliyaviy intizomni saqlash, barqarorlikni ta’minlash va ortiqcha qarzdorlikning oldini olish uchun muhim hisoblanadi.