O‘zbekiston mustaqillikka qachon erishgan?
1991-yil 31-avgust
BMT nimaning qisqartmasi?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti
O‘zbekiston Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bilan aloqalarni qaysi yilda boshlagan?
1992-yilda
SHHTning to‘liq nomi nima?
Shanxay hamkorlik tashkiloti
MDH qachon tashkil topgan?
1991-yil 8-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti ekanligi belgilangan?
Javob: 17-modda
O‘zbekiston BMTga qachon a'zo bo‘lgan?
1992-yil 2-mart
O‘zbekiston 1994-yilda NATOning qaysi dasturiga qo‘shilgan?
Tinchlik yo‘lida hamkorlik
SHHT qachon tashkil etilgan?
2001-yil 15-iyun
MDHga dastlab qaysi uch davlat asos solgan?
Rossiya, Ukraina va Belarus
O‘zbekiston tashqi siyosatida kimlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyili mavjud?
Boshqa davlatlarning
BMTning asosiy maqsadi nima?
Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash
MDHning to‘liq nomi nima?
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
SHHTga a'zo davlatlar 2016-yilgi Toshkent sammitida qaysi davlatlarni tashkilotga qabul qilishga kelishgan?
Hindiston va Pokiston.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi qachon bo‘lib o‘tgan?
2018-yil 15-martda.
O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsadi nima?
Milliy manfaatlarni himoya qilish
Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasida qachon nutq so‘zlagan?
2017-yil sentabrda
O‘zbekiston qaysi tashkilotga 105-a'zo bo‘lib kirgan?
Qo‘shilmaslik harakati
SHHTning asosiy maqsadlaridan biri nima?
Tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash
Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining muhim yo‘nalishlaridan biri nima?
Savdo-iqtisodiy hamkorlik
O‘zbekiston tashqi siyosati qanday tamoyillarga asoslanadi?
Ochiqlik, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik
2017-yilda Prezident BMT minbarida qanday muammolarga e'tibor qaratgan?
Afg‘oniston, Orol fojiasi, yoshlar ta'limi va diniy bag‘rikenglik
1993-yilda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida O‘zbekistonning birinchi xalqaro tashabbusini kim ilgari surgan?
Islom Karimov
SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi qarorgohi qaysi shaharda joylashgan?
Toshkent shahrida.
2018-yil 15-martda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi qayerda bo‘lib o‘tgan?
Ostona shahrida