Sun’iy intellekt dinga tahdidmi?
Noto‘g‘ri va nazoratsiz ishlatilgandagina xavf tug‘diradi.
Texnologiya ibodatning mohiyatini o‘zgartiradimi?
Yo‘q, u faqat ibodatning shakli va vositalarini o‘zgartiradi
Virtual ibodat nima?
Masofadan turib internet platformalari orqali amalga oshiriladigan diniy marosimlar.
Bioetika nima?
Bioetika — tibbiyot, genetika va texnologiya bilan bog‘liq axloqiy masalalarni o‘rganadi.
Islomda organ transplantatsiyasiga munosabat qanday?
Inson hayotini saqlash maqsadida ayrim shartlar asosida joiz deb qaraladi.
Deepfake diniy nuqtai nazardan nega xavfli?
U yolg‘on axborot tarqatish, tuhmat va aqidaviy chalkashliklarga olib kelishi mumkin
Nega AI diniy ijtihodni to‘liq bajara olmaydi?
Chunki u niyat, kontekst va maqsadni chuqur idrok eta olmaydi.
Kiberaxloq tushunchasi nimani bildiradi?
Internet makonida axloqiy me’yorlarga amal qilish majburiyatini anglatadi.
Kiberda’vatning afzalligi nimada?
Keng auditoriyaga tez va samarali tarzda diniy bilim yetkazish imkonini beradi
Mobil ilovalar diniy amaliyotga qanday yordam bermoqda? (islom)
Namoz vaqti, Qur’on tilovati, zikr va tafsirlarni qulay va tezkor o‘rganish imkonini bermoqda.
Pandemiya davrida din qanday moslashdi?
Virtual ibodatlar, onlayn ta’lim va masofaviy targ‘ibot orqali.
Diniy ilmlarda texnologiya tarixan qanday rol o‘ynagan?
Astronomiya, tibbiyot va matematika rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Bonus
Bonus
Raqamli da’vatning salbiy tomonlari qaysilar?
Soxta ma’lumotlar va nazoratsiz diniy targ‘ibot xavfi mavjud.
Din va texnologiya deganda nima tushuniladi?
Din va texnologiya — diniy e’tiqodlar, amaliyotlar va zamonaviy ilmiy-texnik vositalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar majmui.
Nima sababli diniy masalalarda mutaxassis muhim?
Shar’iy hukmlar chuqur ilm, tajriba va mas’uliyat talab qiladi.
Raqamlashtirilgan diniy xizmatlarga misol keltiring.
Onlayn sadaqa tizimlari, virtual juma hutbalari.
Texnologiya orqali gunoh qilish imkoniyati oshadimi?
Ha, nazorat va axloqiy cheklov bo‘lmasa, oshadi.
Texnologiya dinga xizmat qilishi mumkinmi?
Ha, agar u axloqiy va shar’iy me’yorlarga mos ishlatilsa.
COVID-19 pandemiyasi davrida diniy ibodatlar qanday texnologik shaklga o‘tdi?
Pandemiya davrida masjid, cherkov va ibodatxonalarda an’anaviy yig‘ilishlar cheklanganligi sababli YouTube, Zoom kabi platformalar orqali virtual ibodatlar o‘tkazildi. Faylda bu holat diniy amaliyotning zamon talabiga moslashuvi sifatida baholanadi.
Deepfake texnologiyasi nimani anglatadi?
Sun’iy intellekt yordamida realga o‘xshash, ammo soxta tasvir va videolar yaratish texnologiyasidir.
Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan “Virtual Ifta” tizimining asosiy vazifasi nimadan iborat?
“Virtual Ifta” tizimi foydalanuvchilardan diniy savollarni qabul qilib, oldindan bazaga kiritilgan shar’iy ma’lumotlar asosida avtomatik javob berishga xizmat qiladi. U asosan ijtihod talab qilmaydigan oddiy masalalarni qamrab oladi.
sun’iy intellekt asosidagi fatvo tizimlariga nisbatan qanday cheklovlar ko‘rsatilgan?
agar sun’iy intellekt tizimi beriladigan javob bo‘yicha yetarli (masalan, 85 foiz) aniqlikka ega bo‘lmasa, u javob bermaydi. Bu AI’ning mutlaq qaror chiqaruvchi emas, balki yordamchi vosita ekanini ko‘rsatadi.
Deepfake texnologiyasi nima sababdan diniy va axloqiy jihatdan xavfli deb baholanmoqda?
deepfake texnologiyasi orqali vafot etgan yoki tirik shaxslarning soxta videolari yaratilishi yolg‘on, tuhmat va aqidaviy chalkashliklarga olib kelishi ta’kidlanadi. Ayniqsa, marhumlar nomidan soxta gaplar ayttirilishi hurmatsizlik sifatida baholanadi.
Vafot etgan shaxslarning suratlarini sun’iy intellekt orqali jonlantirish masalasida qanday diniy pozitsiya bildirilgan?
Bunday amallardan ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi. Sababi, bu marhumning hurmatiga zid bo‘lishi, yolg‘on axborot tarqatishga sabab bo‘lishi hamda qabrdagi holatga oid ishonchsiz tasavvurlarni shakllantirishi mumkin.