Islomda sabr Allohning izni bilan sinovlarni qabul qilish, uning rahmatidan umid uzmaslik sifatida targ‘ib etiladi. Qur’onda: "Albatta, Alloh sabrlilar bilandir", ushbu oyat qaysi suraning nechanchi oyati?
Baqara surasi, 153-oyat
Islomda qaysi amallar inson qalbidagi Sakinatga olib keladi?
Namoz va zikr
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.): "Boylik molning ko‘pligida emas, balki ............dadir", deb ta’kidlaganlar.
nafsning boyligi – to‘qligi
Qaysi tadqiqotdda sabrli insonlarda depressiya va xavotirlik darajasi kamroq bo‘lishi isbotlangan?
“Sabr va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi aloqa” — Journal of Behavioral Health, 2020 yil.
Imom G‘azzoliy (r.a.) o‘zining "Ehyo ulumi-d-din" asarida sabr haqida nima fikr bildirganlar?
"Sabr iymonning asosidir. Chunki sabrsiz ibodat qilolmaydi, gunohlardan tiyilolmaydi."
Injilda, sabrning fazilatlari qayta-qayta ta’kidlangan. "Umid sabr orqali keladi", ushbu versiya qaysi qismdan?
Rimliklarga maktub, 5:3-4
Buddizmda sabr hayotning qiyinchiliklarini qabul qilish va nafsni jilovlashning muhim qismi hisoblanib, qaysi so'z bilan ifodalanadi?
kshanti
"Bilinglar, sabr qilib kutgan odamga Allohning yordami keladi." Ushbu hadis kimdan rivoyat qilingan?
Termiziydan
Qaysi tadqiqodda meditatsiya orqali insonlarda kortizol gormoni darajasining kamayishi kuzatilgan?
“Mindfulness Meditation” — Nature Neuroscience, 2018.
Ibn Qayyum al-Javziya (r.a.) sabrni uch turga bo‘lganlar. Ular?
Farzlarda davomiylik, gunohlardan saqlanish va qiyinchiliklarga bardosh bergan holda hayotni davom ettirish.
"Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?", ushbu oyat qaysi suraning nechanchi oyati?
Ra’d surasi, 28-oyat
"Ana o‘shalar sabr qilganlari uchun ... ila mukofotlanurlar va unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar". (Furqon, 75-oyat).
“g‘urfa”
Bonus:
300 ball
Qaysi tadqiqodda namoz, meditatsiya va zikrning jismoniy foydasi isbotlangan?
"Tinchlik holatidagi organizmning javoblari" — Harvard Medical School, 2017.
"Sakinat qalbning Allohga bo‘lgan ishonchining belgisidir. Sakinatsiz inson xavotir va qayg‘uda yashaydi." Ushbu fikr kimga tegishli?
Imom Ibn Taymiya (r.a.)
Qur’onda sabr necha martaga yaqin (Tafsiri hilolda esa, qancha) zikr qilingan?
90 ga yaqin (83 marta)
Sakinatning psixologik ta’rifi?
Sakinat – bu asab tizimining uyg‘un holati, bugungi vaziyatni qabul qilish va xavotirli fikrlarni jilovlay olish qobiliyati.
Sahih Muslim, Kitob al-Tahora, 223-hadis "Namoz ...dir, sadaqa ...dir, sabr ...likdir."
Namoz nurdir, sadaqa dalildir, sabr yorug‘likdir.
Qaysi tadqiqodda qanoatli insonlar yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga kamroq moyil ekanligi aniqlangan?
"Qanoat va jismoniy sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqlik" — Psychological Science, 2020.
Imom Abu Hanifa (r.a.) qanoat haqida qanday fikr bildirganlar?
"Qanoat insonning Allohga ishonchining ko‘rinishidir. U qanoat bilan ibodat va shukronalikni yaxshiroq bajaradi."
Qur’onda “Baxtsizlik” (ash-shidda), undan hosil bo‘lgan so‘zlar Qur’onda necha marta tilga olingan?
102 marta
Sabr mashqlaridan "Delayed Gratification" usuli qanday?
Qiyinchiliklarga sabr qilib, natijani kutish qobiliyatini rivojlantirish. Masalan, vaqtli qaror qabul qilish o‘rniga vaziyatni tahlil qilib keyin harakat qilish.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlar: "... iymonning yarmidir." (Tabaraniy).
Sabr
Qaysi eksperimentda sabrli bolalar keyinchalik hayotda ko‘proq muvaffaqiyatga erishgani isbotlangan?
"Marshmellou eksperimenti"
"Inson Allohga yaqinlashgani sari qalbi Sakinat va xotirjamlikka to‘ladi." Ushbu fikr kimga tegishli?
Imom Ash-Shofe’iy (r.a.)