Xristianlik dini milodiy I asrda dunyoning qaysi mintaqasida vujudga kelgan?
Falastinda
Xristianlikning asosiy muqaddas kitobi nima deb nomlanadi?
Bibliya (Injil).
Xristianlikda Xudoning uch qiyofada namoyon bo‘lishi haqidagi markaziy aqida nima deyiladi?
Muqaddas Uchlik (Troitsa)
Insonni suvga botirish yoki suv quyish orqali xristian jamoasiga qabul qilishning asosiy sirli marosimi?
Cho‘qintirish (Kreshenie)
Dunyodagi eng yirik xristian yo‘nalishi bo‘lib, markazi Vatikanda joylashgan oqim qaysi?
Katoliklik
Xristianlik ta’limotining asoschisi va markaziy siymosi kim?
Iso Masih (Iisus Xristos)
Bibliya qanday ikki asosiy katta qismdan iborat?
Qadimgi Ahd va Yangi Ahd
"Muqaddas Uchlik" qaysi uchta "yuz"dan iborat?
Ota-Xudo, O‘g‘il-Xudo (Iso) va Muqaddas Ruh
Iso Masihning tug‘ilishi munosabati bilan nishonlanadigan eng tantanali bayram?
Rojdestvo
Pravoslavlikda o‘z-o‘zini boshqaruvchi va mustaqil hisoblangan cherkovlar qanday ataladi?
Avtokefal cherkovlar
Xristianlikni Rim imperiyasida dastlab 311-yilda tan olgan va keyinchalik uni davlat diniga aylantirgan imperator kim edi?
Imperator Konstantin
Yangi Ahd tarkibiga kiruvchi, Isoning hayoti va mo‘jizalari bayon etilgan to‘rtta asosiy kitob mualliflari kimlar?
Марк, Матто (Матвей), Луқо (Лука) ва Юҳанно (Иоан)лар
Odam Ato va Momo Havoning jannatda yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida insoniyat zimmasiga tushgan holat xristianlikda qanday ataladi?
"Birlamchi gunoh"
Isoning o‘lib qayta tirilishi munosabati bilan nishonlanadigan, xristianlikning eng buyuk bayrami?
Pasxa
XVI asrda Martin Lyuter boshchiligida katolitsizmga qarshi boshlangan islohotlar natijasida vujudga kelgan yo‘nalish?
Protestantlik
Iso Masihning ta’limotini yoyishda yordam bergan uning eng yaqin 12 nafar shogirdlari qanday ataladi?
Iso Masihning ta’limotini yoyishda yordam bergan uning eng yaqin 12 nafar shogirdlari qanday ataladi?
Bibliyadagi Yangi Ahdning oxirgi qismi bo‘lgan va qiyomat haqida hikoya qiluvchi kitob nomi nima?
Vahiynoma (Apokalipsis)
Isoning xochga tortilib vafot etganidan so‘ng qayta tirilishi va 40 kundan keyin sodir bo‘lgan voqea nima deb ataladi?
Me'roj (Voznesenie)
Non va sharobni Isoning tana va qoniga qiyoslab iste’mol qilish orqali poklanish marosimi qanday ataladi?
Evxaristiya (Prichastie/Tamatdi qilish)
Faqat katolik ta’limotida mavjud bo‘lgan, jannat va do‘zax oralig‘idagi gunohlardan poklanish joyi qanday ataladi?
A’rof (Chistilishe)
Dastlab xristianlarning ashaddiy dushmani bo'lgan, ammo keyinchalik bu dinning eng yirik targ‘ibotchisiga va maktublar muallifiga aylangan shaxs kim?
Pavlus (Pavel)
Xristianlik manbalariga ko'ra, Injillarning ichida eng qadimiysi hisoblangan va Isoning vafotidan 4 yil keyin yozilgani aytilgan Injil qaysi?
Matfey Injili
Katolik ta’limotiga ko‘ra, Muqaddas Ruh nafaqat Ota-Xudodan, balki O‘g‘il-Xudodan ham kelib chiqadi degan aqida qanday nomlanadi?
Filiokve (Filioka)
Pasxa bayramidan 50 kun o‘tgach, havoriylarga Muqaddas Ruh nozil bo‘lishi xotirasiga nishonlanadigan bayram?
Muqaddas Uchlik bayrami (Pyatidesyatnitsa)
"Inson taqdiri (najot topishi yoki jazolanishi) u tug'ilishidan oldin Xudo tomonidan mutlaq belgilab qo'yilgan" degan aqidaga asoslangan protestantlik oqimi?
Kalvinizm