Qadimgi Hindistonda paydo bo'lgan va hozirgi kunda ham asosan Hindistonda tarqalgan, ko'p xudolarga sig'inadigan milliy din qaysi?
Hinduizm
Buddaviylik dinining asoschisi kim?
Siddhartha Gautama (Budda)
Xristianlik dinining asoschisi hisoblangan shaxs kim?
Iso Masih
Islom dinining asosiy va birinchi manbai nima?
Qur'oni Karim
Oxirat nima?
Oxirgi kun, dunyoning tugash kuni.
Yahudiylarning milliy dini qaysi? Uning muqaddas kitobi Tavrot hisoblanadi.
Iudaizm (Yahudiylik dini)
Buddaviylikning muqaddas kitobi qanday nomlanadi? (Uchta savat degan ma'noni anglatadi)
Tripitaka
Xristianlikning muqaddas kitobi qanday nomlanadi?
Bibliya (Injil)
Qur'ondan keyin ikkinchi asosiy manba — bu Rasulullohning so'zlari, amallari va tasdiqlaridan iborat bo'lgan narsa qanday ataladi?
Hadis
Jabroil kim?
Allohdan habar keltiruvchi farishta
Qadimgi Eronda paydo bo'lgan, yaxshilik va yomonlik kurashiga asoslangan, otashga sig'inadigan milliy din qaysi?
Zardushtiylik
Buddaviylikdagi "Nirvana" tushunchasi nimani anglatadi?
Azob-uqubatlardan butunlay xalos bo'lish va mukammal tinchlik holati
Xristianlik qachon va qayerda vujudga kelgan?
Eramiz boshlarida Falastinda
Islomdagi asosiy ikki aqidaviy maktab (maslak) qaysilar?
Ahl as-Sunna val-Jamoa (Sunniylar) va Shia (Shiylar)
Jaynizm qaysi millat dini?
Hind
Xitoyda paydo bo'lgan, ajdodlar ruhiga sig'inish va tabiat kuchlariga e'tiqod qiladigan an'anaviy milliy din qaysi?
Daosizm
Buddaviylik ta'limotiga ko'ra, inson azob chekishining asosiy sababi nima?
Nafs va istaklar (hohishlar, bog'lanishlar)
Xristianlik qachon Katolilik va Provaslavlik cherkovlariga bo'linib ketdi?
1054-yil
Islomdagi aqidaviy mazhablar qaysilar?
Motrudiyya va Ash'ariyya
Din so'zi qaysi tildan olingan va nimani anglatadi?
Arab tilidan olingan bo'lib, "ishonch", "ishonmoq" degan ma'nolarni bildiradi.
Yaponiyaning milliy dini bo'lib, tabiat ruhlari va ajdodlarga sig'inishga asoslangan bu dinning nomi nima?
Sintoizm
Buddaviylik ta'limotiga ko'ra, inson qayta tug'ilish (reinkarnatsiya) jarayonidan qanday qutulishi mumkin?
Nirvanaga erishish orqali (azob-uqubatlar va qayta tug'ilish siklini tugatish)
Qachon va qayerda Xristianlik davlat dini deb qabul qilindi?
324-yil Rim imperiyasida
Ansor so'zi kimlarga nisbatan ishlatilinadi?
Madinalik islomni qabul qilganlarga
"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonun qachon qabul qilingan? (Yangi)
2021-yil 5-iyulda