O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linishi
Turkistonda mustamlaka boshqaruv tizimi
Milliy ozodlik harakatlari
Sovet davri
Qatag'onlik siyosati
100

Rossiyaning asosiy iqtisodiy maqsadi nima edi?

O‘rta Osiyodagi arzon xomashyo bazasidan foydalanish va ishlab chiqarilgan mahsulotlari uchun O‘rta Osiyo bozorlarini egallash edi.

100

Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil etilgan?

Turkiston general-gubernatorligi 1867-yil 11-iyunda tashkil etilgan.

100

1876-yil Farg‘ona vodiysidagi qo‘zg‘olonga kim yetakchilik qilgan?

Xudoyqul boshchiligida qirg‘iz urug‘lari mustamlakachilarga qarshi qo'zg'olon e’lon qilgan

100

1917-yil noyabrda Qo'qonda tuzilgan Turkiston muxtoriyati hukumati necha kishidan iborat edi?

8 kishi

100

"Munavvarqori to'dasi" ishiga jami nechta kishi jalb etilgan?

87 kishi

200

Qrim urushi Rossiyaning O‘rta Osiyoga yurishiga qanday ta’sir qildi?

Qrim urushi natijasida Qora dengiz portlari Rossiya qo‘lidan ketdi va Rossiya bu yo‘qotishni O‘rta Osiyo xonliklarini egallash hisobiga to‘ldirishga intildi.

200

Turkiston harbiy okrugi qachon tashkil etilgan?

1867-yil 13-iyulda Turkiston Harbiy Okrugi tashkil etilgan.

200

Yangiariq jangida kim mag‘lubiyatga uchragan?

Abdullabek qo‘shini Yangiariqdagi jangda mag‘lubiyatga uchragan

200

Shu hukumatning bosh vaziri (ichki ishlar vaziri) lavozimini kim egallagan?

Muhammadjon Tinishboev

200

Shu ishda nechta kishi 5 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan?

21 kishi

300

Toshkent qachon bosib olingan?

Toshkent 1865-yil iyun oyida bosib olingan

300

Turkiston general-gubernatorligini kim boshqargan?

Turkiston general-gubernatorligini podsho tomonidan tayinlangan general-gubernator boshqargan.

300

Toshkentdagi “vabo isyoni” qachon bo‘lgan?

1892-yil 24-iyunda Toshkentda “vabo isyoni” sodir bo'lgan

300

Ikkinchi jahon urushi davrida O'zbekistonning 6 551 000 kishilik aholisidan urushga necha kishi safarbar etilgan?

1 951 000 kishi

300

1929-yilda boshlangan "qosimovchilik" ishi qaysi lavozimdagi shaxs bilan bog'liq edi?

O'zbekiston Oliy sudi raisi (Qosimov)

400

Buxoro amirligi 1868-yilda qanday holatga tushib qoldi?

1868-yilda Rossiya va Buxoro o‘rtasida sulh shartnomasi imzolanib, Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga aylangan.

400

Turkiston general-gubernatorligi qanday viloyatlarga bo‘lingan?

Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Yettisuv va Kaspiyorti viloyatlariga bo‘lingan.

400

Andijondagi milliy ozodlik harakatiga kim rahbarlik qilgan?

1898-yil may oyida Farg‘ona viloyatidagi yirik milliy ozodlik harakatlariga Muhammad Ali eshon rahbarlik qilgan.

400

Xonobodlik Zulfiya Zokirova 6 farzandidan nechtasini frontga kuzatgan va ulardan nechtasi qaytmagan?

5 o'g'lini kuzatgan, hech biri qaytmagan

400

1930-yillarda qatag'onga uchragan O'zbekiston xalq komissarlari raisi kim?

Fayzulla Xo'jayev

500

Qo‘qon xonligi tugatilgach, qanday hudud tashkil etildi?

Qo‘qon xonligi tugatilib, uning o‘rnida Farg‘ona viloyati tashkil etildi.

500

Turkiston Harbiy Okrugining asosiy vazifalaridan biri nima edi?

Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarini imperiya hukmronligi ostida ushlab turish va mustamlakachilik rejalarini amalga oshirish edi.

500

1916-yil qo‘zg‘olonlarining asosiy sabablaridan biri nima bo‘lgan?

1916-yil 25-iyunda Nikolay II 19–43 yoshdagi erkak aholini front ortidagi ishlarga jalb qilish uchun mehnat safarbarligi haqida farmon chiqargan.

500

XX asr 50–70 yillarida O'zbekistonda elektr quvvati ishlab chiqarish 1940-yilga nisbatan taxminan necha baravar ko'paygan?

Taxminan 180 baravar

500

Qatag'on qurbonlari qatorida bo'lgan, "Elbek" taxallusi bilan mashhur shoirning asl ismi nima?

Mashriq Yunusov

M
e
n
u