Xalqaro bozorda narxlash qarorlari
Strategik ittifoqlarni boshqarish
Korporativ strategiya va transmilliy Yechimlar
Xalqaro biznesning tashkiliy dizayni
Qiymat zanjiri va xarajatlar strategiyasi
100

Xalqaro narx strategiyasi deganda nima tushuniladi?

Bu faqat mahsulot narxini xorijiy valyutada ko'rsatish emas, balki xarajatlar, talab, raqobat, soliq va valyuta o‘zgarishlarini inobatga olgan murakkab iqtisodiy siyosatdir.

100

Strategik alyans nima?

Bu ikki yoki undan ortiq mustaqil kompaniyalarning umumiy maqsad yo‘lida resurs, bilim va texnologiyalarini birlashtirish bo‘yicha hamkorligidir

100

Korporativ strategiyaning asosiy maqsadi nima?

Kompaniyaning uzoq muddatli yo‘nalishini, qaysi sohalarda faoliyat yuritishini va resurslarni qanday taqsimlashni belgilash

100

Tashkiliy tuzilma nima?

 Bu tashkilot maqsadlariga erishish uchun faoliyat qanday boshqarilishini va yo‘naltirilishini belgilaydigan tizimdir

100

M. Porter bo‘yicha xarajatlar ustunligi strategiyasining mohiyati nima?

Korxona xarajatlarni minimal darajaga tushirsa, mahsulotni arzonroq taklif qilib, bozorni egallashda ustunlikka erishadi

200

Xalqaro narx belgilashga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni sanab oting.

Asosiy omillar: ishlab chiqarish va logistika xarajatlari, xaridorlarning talabi va daromad darajasi, raqobatchilarning pozitsiyasi hamda valyuta kurslarining o‘zgarishi.

200

Kapital ishtirokisiz alyansning kapital ishtirokidagi alyansdan farqi nimada?

Kapital ishtirokisiz alyans shartnoma asosida, aksiyalar almashinuvisiz amalga oshadi (masalan, Starbucks va Alibaba), kapital ishtirokidagida esa bir tomon ikkinchisining aksiyasini sotib oladi.  


200

Multidomestik strategiyaning asosiy xususiyati nimadan iborat?

Mahsulotlar, marketing va xizmatlarni har bir mahalliy bozorning o‘ziga xos ehtiyojlariga moslashtirish (mahalliy avtonomiya).

200

Funksional tuzilmaning asosiy afzalligi nimada?

Xodimlarning o‘z mutaxassislik sohalariga (marketing, moliya va h.k.) e’tibor qaratishi orqali samaradorlik va ixtisoslashuvning oshish

200

Balanced Scorecard (BSC) tizimi an’anaviy boshqaruvdan nimasi bilan farq qiladi

An’anaviy boshqaruv faqat moliyaviy natijalarga qarasa, BSC strategiyani 4 ta yo‘nalishda: moliya, mijozlar, ichki jarayonlar va rivojlanish bo‘yicha baholaydi.

300

Nima uchun Yevropa va Osiyo bozorlari uchun turlicha narx strategiyalari qo‘llaniladi?

Chunki xaridorlarning narx sezgirligi har xil; masalan, yevropaliklar sifat uchun yuqori narx to‘lashga tayyor, Osiyo bozorida esa ko‘pincha arzonroq narx talab qilinadi.

300

Vertikal tarmoq va gorizontal tarmoqning asosiy farqi nimada?

Vertikal tarmoq mahsulot yaratishning turli bosqichlaridagi (xomashyo, logistika, sotuv) hamkorlikdir; gorizontal tarmoq esa bir xil sohadagi (masalan, R&Dni birlashtirish uchun) kompaniyalar hamkorligidir.

300

 Global strategiya va Multidomestik strategiyani xarajat va moslashuvchanlik nuqtai nazaridan solishtiring.

Global strategiyada xarajatlar past, lekin moslashuv ham past; Multidomestikda esa moslashuv juda yuqori, ammo xarajatlar qimmatga tushadi.

300

Nima uchun xalqaro kompaniyalar uchun oddiy funksional tuzilmaning o‘zi yetarli emas?

Chunki turli mamlakatlar omili (madaniyat, qonunchilik, logistika) paydo bo‘ladi, bu esa mahsulotni har bir mintaqada turlicha qiymat yaratishini talab qiladi.

300

Mashtab iqtisodi nazariyasi (Economies of Scale) qanday ishlaydi?

Ishlab chiqarish hajmi oshgani sayin, resurslardan samarali foydalanish hisobiga mahsulotning birlik tannarxi kamayadi.

400

Valyuta kursining pasayishi kompaniyaning narx siyosatiga qanday ta’sir qiladi?

Valyuta tushib ketsa, eksport va import narxlari o‘zgaradi, bu esa kompaniyadan narxlarni mahalliy valyutada qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.

400

Apple kompaniyasining iPhone ishlab chiqarishdagi vertikal tarmog‘iga qaysi kompaniyalar kiradi?

Chip yetkazib beruvchi TSMC, ekran uchun Samsung Electronics, yig‘ish uchun Foxconn va logistika uchun DHL yoki FedEx kabi kompaniyalar.

400

Transmilliy strategiya qanday qilib "yadro" va "moslashuv" muvozanatini saqlaydi?

U global (arzonlik) va multidomestik (moslashuv) yondashuvlarning kuchli tomonlarini birlashtiradi: mahsulotning yadrosi bir xil qoladi, qolgan qismlari mahalliy bozorga moslanadi.

400

Push" va "Pull" logistika zanjirlarining asosiy farqi nimada?

"Push" modelida axborot va tovarlar ishlab chiqaruvchidan do‘konlarga qarab itariladi; "Pull" modelida esa mijoz talabiga ko‘ra omborlar kamaytirilib, integratsiyalashgan markazlar orqali yetkaziladi.

400

Qiymatga asoslangan xarajatlar nazariyasi nimaga e’tibor qaratadi?

Iste’molchi uchun mahsulot qiymatini saqlab qolgan holda, ishlab chiqarishning har bir bosqichida qo‘shilgan qiymat nuqtai nazaridan xarajatlarni tahlil qilish va kamaytirishga.

500

Euromonitor International tadqiqotiga ko‘ra, xalqaro bizneslar muvaffaqiyatsizligining 72 foiziga nima sabab bo‘ladi va buni qanday yumshatish mumkin?

Asosiy sabab — mahalliy bozorni tushunmaslik. Buni yumshatish uchun narxlash strategiyasiga mahalliy ehtiyojlarni kiritish, madaniy va iqtisodiy farqlarni inobatga olish zarur.

500

Strategik ittifoqni shakllantirishning huquqiy yakunlash bosqichida nimalar aniq belgilanishi shart?

Har bir tomonning majburiyatlari, kutilayotgan natijalar va tomonlardan biri kelishuvni buzgan taqdirda ko‘riladigan choralar huquqiy hujjatlarda rasmiylashtirilishi kerak.

500

Korporativ strategiyada "portfel yondashuvi" deganda nima tushuniladi?

Bu firmaning barcha biznes bo‘linmalarini birgalikda ko‘rib chiqib, resurslarni shunday taqsimlashki, butun korporatsiya qiymati uning qismlari yig‘indisidan kattaroq bo‘lishini ta’minlashdir

500

Mutlaq xalqarolashtirish tuzilmasi (Absolute Internationalization) ko‘proq qaysi sohalarda qo‘llaniladi va nega?

Ko‘proq xizmat ko‘rsatish sohasida (audit, konsalting, yuridik firmalar), chunki bu bizneslarda ishlab chiqarish va sotishni mamlakatlarga qarab ajratish qiyin va filiallar bevosita bosh direktorgacha hisobot beradi.

500

"Lean" va "Six Sigma" usullari qaysi nazariya doirasiga kiradi va ularning maqsadi nima?

Ular "Doimiy takomillashtirish nazariyasi"ga kiradi; asosiy maqsad — barcha biznes jarayonlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirishdir.

M
e
n
u