Oltin yorug'
Yozma manba
Aralash
Qiziqarli
Zakovat
100

Asar qo'lyozmasini kim xitoydan topgan? 

Sergey Mavlov

100

Kim (684-731) yillarda yashagan? 

Kultegin

100

Avestoning 1 qismi nechta qo'shiqdan iborat? 

5 ta

100

Buyuk Ipak yo'li orqali sayohat qiluvchi savdogarlar o'choq yoqqanda toshlardan foydalanishgan ekan. O'choqqa suv sepib o'chirganda esa toshlar pishshillab, oq tusga qirgan. 

Savol: Bu fakt orqali olimlar qaysi shahar nomining kelib chiqishiga izoh berishgan

Jizzax

100

Savol matnida ikki so‘z boshqa ikki so‘zni almashtirib keladi.

1945-yilda Gollandiyadan nemislarni deportatsiya qilish operatsiyasi “Uch mushketyor” deb nomlangan. 

Savol: Almashtirilgan ikki so‘zni yozib bering.

Qora lolalar

200

Oltin yorug' asariga qanday ta'rif berilgan? 

Insonni to'g'ri yo'lga da'vat qiluvchi 

200

Eramizdan oldingi 1-ming yilliklarda qaysi yozuv paydo bo'lgan? 

Oromiy yozuv

200

Qadimgi turklar yashagan hududlar nechta

9 ta

200

2012-yil Rossiyaning Lipetsk viloyatida qovoqdoshlar oilasiga mansub bo‘lgan ushbu poliz mahsulotiga haykal o‘rnatishdi. Albatta bunda ham bir ramziy ma’no bor, chunki Lipetskda u juda ko‘p yetishtiriladi va hatto maxsus plantatsiyalar mavjud. Savol: Lipetskda qaysi mahsulotga haykal o‘rnatishgan

Bodring

200

Gitler Parijni okkupatsiya qilgan vaqtlari o'nlab yevreylar UNDAN panoh topishgan. Imperatritsa Yelizaveta Petrovna Qozon guberniyasini o'zida 418 UNI buzib tashlagan.

Savol: Uni bir so'zda yozib bering.

Masjid

300

Avestoda va Oltin yorug' ham uchraydigan obraz qaysi

Zervan

300

Turk tili taraqqiyotidagi ikkinchi davr nechanchi asrlarda yaratilgan? 

2-3 asrlarda

300

Avestoning bo'laklari qanday nomlanadi

Nask

300

"Oshpaz" filmida qaxramon bolaligidanoq pazandachilik dasturlarida koʻrgan retseptlarini ajoyib koʻrinishda takrorlab keladi va oʻzini oshpazlikning Motsarti deb ataydi. Biroq, sahnalarning birida oʻzi hech narsa yaratmaganini aytayotgan personaj, bu yaponcha soʻzni ishlatadi. 

Savol: Qaysi soʻz?

Karaoke

300

Shoir Isajon Sulton ayrim so'zlarning o'rniga muqobillarini sanab o'tarkan, bu so'zning o'zbek tiliga to'g'ridan to'g'ri tarjimasi tamg'a-chiziq bo'lishini aytib, Uning o'rniga "paysa" so'zini taklif qiladi. Uning bugungi kundagi bazi kreativ tasvirlaridan biri bulutdan yog'ayotgan yomg'ir ko'rinishida. 

Diqqat savol: Shoir paysani qaysi so’zga muqobil sifatida keltirganini defis (chiziqchali soʻz bilan)  qatnashtirib yozib bering.

Shtrix-kod

400

Turkiyshunoslar ko'p foydalanadigan nusxasi qayerda saqlanib kelinmoqda 

Sankt- Peterburgda 

400

Monelik e'tiqodi Markaziy Osiyoda qachon vujudga kelgan? 

3 asrda

400

Gohlar daftaridagi qo'shiqlarning birida kim sharaflanadi va unga hamdlar aytiladi? 

Axura Mazda

400

Ko‘p asrlar oldin, musulmonlar va salibchilar o‘rtasidagi janglardan so‘ng, asirlar almashinuvi yuz berdi. Salibchilarni hayratda qoldirgan narsa, musulmonlar birinchi navbatda harbiy rahbarlar emas, balki olimlar va yana bir kasb vakillarini almashtirishgan. Ushbu kasb egalari obro‘li va katta maosh olgan, hatto monarxlar ham unga qiziqqan, bu kasb vakillarini musulmon qo‘shinlari jangovar boshqaruv tizimining asosiy bo‘g‘ini deb atash mumkin. 

Savol: Ushbu kasb egalari kimlar?

Xattotlar

400

Kir yuvish kukuni reklama qilingan bir posterda, kechqurun bog'da quritish uchun osilgan choyshablar va U tasvirlangan. Mahsulot shunchalik yuqori sifatliki, hatto U o'z "vazifasi"ni allaqachon boshlab yuborganiga guvoh bo'lamiz.

Diqqat savol: U nima?

Xo'roz

500

X asrda asarni kim xitoy tilidan o'zbek tiliga tarjima qilgan? 

Sengi Seli Tudung

500

Avestoning 1 qismi qanday nomlanadi? 


Gohlar daftari

500

Visperad nechta bobdan iborat? 

24 ta

500

Ushbu tarixiy obida xattoki SSSR pochta markasida ham tasvirlangan ekan. Bu joy Samarqand hokimi 

Yalangtush Bahodirning mablagʻi evaziga qurilgan. 200 so‘m da ham bu joyni ko‘rish mumkin. Savol: Bu 

tarixiy obidani toping?

Sherdor madrasasi

500

 2023-yilda Germaniya klinikalari bilan birgalikda xodimlar malakasini oshirish va xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan jamg‘armaga Robert Kox va BU INSON nomi berilgan. Galen qo‘lyozmalari bilan uyg‘unlik va ensiklopedik mazmun BU INSON asarlarining Yevropada mashhurlashishiga sabab bo‘lgan. Savol: Bu inson kim?

Abu Ali Ibn Sino

M
e
n
u