Payg‘ambarimiz s.a.v.ning hayotlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilm nomi?
"As-siyratun nabaviya"
Muhammad s.a.v. qachon tug‘ilganlar
571 yil 22 aprel(rabi'ul avval oyining 12-kuni dushanba kuni)
Omina onamiz Rasululloh s.a.v ni qancha vaqt emizdilar?
7 kun
Onalari Omina nechanchi yil vafot etganlar?
577 yil
Payg‘ambarimiz s.a.v. va Hadicha onamiz turmush qurishganda necha yoshda edilar?
Rasulullih s.a v. 25 , Hadicha onamiz 40 yoshda edi
"Siyrat" so‘zining ma'nosi?
Arabchadan (bir insonning hayot tarixi, hayot yo‘li)
Payg‘ambarimizning ota-onalarining ismi?
Abdulloh ibn Abdulmuttalib va Omina bintu Vahb
Muhammad s.a.v ni emizgan ayollar kimlar edi?
Amakilari Abu Lahabning ozod qilgan joriyasi Suvayba va sahrolik ayol Halima
Necha yoshlarida bobolari vafot etadi?
8 yoshlarida
Ka'ba nechanchi yil qayta quriladi?
605 yil
Muso alayhissalomga payg‘ambarlik berilgan joy?
Madyan
Payg‘ambar s.a.v. ning beshinchi bobolari kim
Qusay ibn Kilob
Rasululloh s.a.v necha yoshlarigacha Halima bilan yashadilar?
4yosh
Enagalari kim edi
Ummu Ayman
Makkaga haykallarni olib kelgan kim edi va qayerdan?
Amr ibn Luay Xuzo'iy, Shomdan
Rumliklarning dushmanligiga duchor bo‘lgan nasroniylar qayerda panoh topishadi?
Najron (Yaman va Hijoz oralig‘i)
Rasululloh s.a.v dan amakilari Hamza r.a. necha yosh katta edilar?
2 yosh
Omina onamiz qayerda vafot etdilar?
Abvo nomli qishloqda
Muhammad Mustafo s.a.v voyaga yetib qolganlarida nima bilan tirikchilik o‘tkazdilar?
Qo‘y boqish bilan
"Vahiy " so‘zi lug‘atda qanday ma'noni bildiradi?
"Tezkor va maxfiy xabar yo‘llash, bildirish"
Muhammad s.a.v dan oldin Arabiston yarimorolida yashagan payg‘ambarlarni ayting
Idris, Nuh, Hud, Solih, Ismoil alayhissalomlar
Ota-onasi bir bo‘lgan Zubayr, Abu Tolib va Abdullohning onalarini ismi
Fotima
Ul zotning ko‘ksilarini yorib, qalblaridan shaytonning nasibasini chiqarib tashlash -hodisasi
Necha yoshlarida Fijor nomli urushda qatnashdilar ?
20 yoshlarida
Payg‘ambar bo‘lishlaridan avval Muhammad s.a.v. Hiro g‘orida qanday ibodatlar qilar edilar?
"Tahannus" ( gunohlardan saqlanish, ruhiy poklanish) va "muroqaba" (Xoliq va mahluqot haqida tafakkur qilish) nomli ibodatlar