Kalom umumiy
Iymon masalasi
Esxatalogiya
Taqdir
Qiyomat haqida
100

Aqoid ilmining to'rtinchi qismi bo'lmish sam'iyot qanday ilmlarni o'rganadi?

Eshitish bilangina, yaʼni asosan naqlga tayanilgan holda sobit boʼladigan aqidalar haqida bahs yuritiladi. Bular, asosan, gʼayb olamiga tegishli masalalar hisoblanadi.

100

Iymon so'zining lug'aviy ma'nosi

Imon (إِيمَان) iborasi أَمِنَ (xavfsiz boʼlmoq, ishonchli boʼlmoq, ishonmoq) feʼlining IV bobi boʼlmish آمَنَ (ishonmoq, imon keltirmoq, xavfsizlikni taʼminlamoq)ning masdari boʼlib, tasdiqlamoq, eʼtiqod etmoq va boshqa maʼnolarni bildiradi.

100

Oxirat haqidagi ilm qanday nomlanadi?


Esxatalogiya

100

Qadar sôzining luģaviy ma'nosi nima?

"Hukm", "yechim", "biror-bir narsaning chegarasi".

100

Qiyomat alomatlari necha xilga bo'linadi?

Ikki xil katta va kichik alomatlarga


200

Fiqhul Akbar qaysi ilmni o'rganadi?

Aqiyda ya'ni islom ta'limotiga oid qismini o'rganadi

200

Iymonning turlari

Umumiy (اجمالي)

 Batafsil (تفصيلي)

200

Barzax sôzining luģaviy va istilohiy manosini ayting.


Luğatda: "tôsiq"

Istilohda: Ólim va Oxirat kuni oraliğidagi holat

200

Taqdir masalasini birinchi kótargan shaxs kim?

Sansaveyx(Savsan)

200

Dajjolning chiqishidan oldin sodir boʼladigan alomatlar qanday alomatlar deyiladi?

Kichik alomatlar

300

Lafzidan ko'zlangan ma'nosi aniq ravshan bo'lmagan oyatlar qanday oyatlar deyiladi?

Mutashobih

300

Iymonning ruknlarini sanang

Аllohga;

 Farishtalarga;

 Muqaddas Kitoblarga;

 Paygʼambarlarga;

 Oxiratga;

 Taqdirga

300

Qabr haqidagi aqidalarni inkor qiluvchilar kimlar?


Mótaziliylar

300

Inson ôz amallarini qilishda majburlangan, uning ôz ishlarida xohish va qudrati yóq deb e'tiqod qiluvchi toifa qaysi?

Jabariyyalar

300

Shafoat so'zining istilohiy ma'nosi?

Bir insonning boshqa bir kishi foydasi uchun va undan zararni aritishga qaratilgan vositachiligi;

Аllohning huzurida boshqa bandalarning gunoh va ayblarini kechirishni soʼrab duo qilish.

400

Ushbu iqtibos qaysi olimga tegishli?

«Haj ziyoratiga boruvchilarni yoʼltoʼsar qaroqchilardan 

himoya qilish uchun qoʼriqlab boruvchi soqchilarning shart 

boʼlgani kabi, chuqur bilimga ega boʼlmagan oddiy musulmonlarning diniy eʼtiqodlarini turli bidʼat va notoʼgʼri 

gʼoyalardan qoʼriqlash uchun kalom ilmini oʼrganish vojibdir»

Abu Homid G'azzoliy

400

Agar iymon ب “bi” koʼmakchisi bilan zikr qilinsa, undan undan qanday holat nazarda tutiladi?

Shariy holat

400

Nafs va Ruhning farqi bormi, bólsa nima?


Nafs - jasaddagi ruh

Ruh - jasaddan holi, alohida

400

Qadarga iymon keltirishning nechta bosqichi bor? Ularni aytib bering

Tôrt bosqichi bor

400

Qiyomatning kichik alomatlari necha turga bo'linadi?

3 turga

Boʼlib oʼtgan kichik alomatlar;

Boʼlib oʼtgan va davom etayotgan kichik alomatlar;

Hozirga qadar boʼlmagan kichik alomatlar

500

Ushbu jumlalar kimga tegishli:
Qurʼon haqida soʼragan kishiga: “Sen, xoynahoy Аmr ibn Ubaydning sheriklaridan boʼlsang kerak? Аlloh Аmrni laʼnatlasin, chunki, u kalomdan boʼlgan ushbu bidʼatlarni chiqardi. Аgar kalom ilm boʼlganida edi, hukmlar va shariat haqida gapirilgani kabi bu borada sahoba va tobeʼinlar soʼzlagan boʼlardilar, lekin u adashishga olib boradigan botildir”;

Molik ibn Anasga

500

Xavorij va muʼtaziliylarning soʼziga koʼra, imon qalb bilan eʼtiqod til bilan tasdiq va uchinchisini ayting

a'zolar bilan amal qilish

500

Ruh bilan jasad aloqalari necha bosqichda bõladi? Ularni aytib bering


5 bosqichda: ona qornida, dunyoga kelgandan keyin, uyquda, barzaxda, Qiyomatda

500

!adariyalarga shariy raddiya bôla oluvchi oyatlardan birini ayting.

Baqara, 253

Sajda, 13

500

Qiyomatning katta alomatlarini sanang

Dajjolning chiqishi (Muslim-2946);

Iso ibn Maryamning tushishi (Zuxruf, 61);

yaʼjuj-maʼjujning chiqishi (Muslim-2937);

quyoshning gʼarbdan chiqishi (Buxoriy-4636, Muslim-157);

hayvon (dobbatu-l-arz)ning chiqishi (Аhmad-22946);

yerdagi 3 ta yirik oʼpirilish (Muslim-2901);

tutunni paydo boʼlishi (Muslim-2901);

insonlarni jamʼ boʼlish maydoniga yigʼuvchi olovning chiqishi (Muslim-2901; Аhmad-28393; Buxoriy-1874).

M
e
n
u