1
2
3
4
5
100

Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash nechta bosqichda amalga oshiriladi?
 

Javob: Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1) dastlabki ishlar; 2) bevosita ekskursiya xizmatini tayyorlash; 3) yakuniy bosqich – sinov ekskursiyasini o‘tkazish va tasdiqlash

100

Ekskursiya xizmatini o‘tkazishning umumiy tuzilishi qanday qismlardan iborat?

Javob: Har qanday ekskursiya xizmati tanishuv qismi, asosiy qism va yakuniy qismdan iborat bo‘ladi.

100

Tanishuv qismining tashkiliy qismida gid nimalarni bajaradi?

Javob: Tashkiliy qismda gid guruh bilan tanishadi, xavfsizlik qoidalarini tushuntiradi, marshrut davomida o‘zini tutish qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazadi.

100

Tanishuv qismining axborot qismida gid qaysi ma’lumotlarni beradi?

Javob: Gid ekskursantlarga mavzu haqida, marshrut masofasi va davomiyligi, jo‘nash va qaytish vaqti, sanitar bekatlar, ekskursiya tugash joyi haqida ma’lumot beradi.

100

Gid hikoyasining bir obyekt bo‘yicha optimal davomiyligi necha daqiqa deb ko‘rsatilgan?

Javob: Ko‘p hollarda gid hikoyasining bir obyekt bo‘yicha optimal davomiyligi 5–7 daqiqa deb tavsiya etiladi

200

Dastlabki ishlar bosqichida asosiy nimalar bajariladi?


Javob: Dastlabki bosqichda mavzu bo‘yicha ma’lumotlar to‘planadi, ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalari aniqlanadi, shu bilan bir vaqtda ekskursiya ob’ektlari tanlanadi. 

200

Ekskursiya xizmati ma’lumotlari uchun manbalar izlashda qanday materiallar ro‘yxati tuziladi?

Javob: Kitoblar, broshyuralar, gazeta va jurnallardagi maqolalar, internet sahifalari va boshqa nazariy-amaliy adabiyotlar ro‘yxati tuziladi.

200

Adabiyotlar ro‘yxatini «asosiy» va «qo‘shimcha» guruhlariga bo‘lishdan maqsad nima?

Javob: Bu gidlar uchun eng zarur, tayanch manbalarni alohida ajratish va qo‘shimcha ma’lumotlar beruvchi manbalarni boshqa guruhga kiritib, ulardan foydalanishni qulaylashtirish uchun amalga oshiriladi.

200

«Gid portfeli» tushunchasiga ta’rif bering.

Javob: «Gid portfeli» – ekskursiya o‘tkazish jarayonida foydalaniladigan ko‘rgazmali vositalar jamlanmasi bo‘lib, odatda papka yoki portfelda joylashtirilgan bo‘ladi.

200

«Gid portfeli»ning asosiy vazifasi nimadan iborat?

Javob: Uning vazifasi – ob’ektlarni ko‘rsatishda yuzaga keladigan «bo‘shliq»larni to‘ldirish, hikoyani yanada ko‘rgazmali, tushunarli va qiziqarli qilishdir.

300

Bevosita ekskursiya xizmatini tayyorlash bosqichida nimalar qilinadi?


Javob: Bu bosqichda ekskursiya marshruti tuziladi, ma’lumotlarga ishlov beriladi, asosiy matn yoziladi, o‘tkazish uslubi aniqlanadi, ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya qilish usullari tanlanadi hamda gidlar o‘z individual matnini tayyorlaydi. 

300

«Gid portfeli»ga kiritiladigan ko‘rgazmali vositalar turlaridan uchtasini ayting.

Javob: Fotosuratlar, geografik xaritalar, jadvallar, rasmlar, mahsulot namunalari va shunga o‘xshash ko‘rgazmali vositalar «gid portfeli»ga kiritiladi.

300

Ko‘rgazmali vositalarni tanlab olishda qaysi mezonlar inobatga olinadi? (Kamida uchtasini sanang.)

Javob: Ulardan foydalanishning zaruriyati va maqsadliligi; ilmiy ahamiyati; jozibadorligi; aniqligi; saqlanganlik holati mezonlari hisobga olinadi.

300

Ekskursiya xizmati optimal davomiyligi va ko‘rsatiladigan ob’ektlar soni qancha bo‘lishi tavsiya etiladi?

Javob: Ekskursiya xizmatining eng optimal davomiyligi 2–4 soat, bu vaqt ichida ekskursantlar 10–20 ta ob’ektni ko‘rishi mumkin.

300

Ekskursiya ob’ektlarini joyida o‘rganishning afzalligi nimada?

Javob: Ob’ektni joyida o‘rganish gidga guruhni to‘g‘ri joylashtirish, ob’ektni samarali ko‘rsatish, real holatini ko‘rish va keyingi mavzularni tayyorlashda foydalanish uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plashga yordam beradi.

400

Yakuniy bosqichga nimalar kiradi?

Javob: Yakuniy bosqichda sinov ekskursiyasi o‘tkaziladi, ekskursiya muassasasi rahbari tomonidan yangi ekskursiya xizmati tasdiqlanadi va mavzuni himoya qilgan gidlarga uni o‘tkazishga ruxsat beriladi.

400

Ekskursiya ob’ekti kartochkasiga (pasportiga) qanday ma’lumotlar kiritiladi?

Javob: Ob’ekt nomi, joylashgan manzili, tarixiy va hozirgi ahamiyati, yaratilgan vaqti, muallif(lar)i, asosiy tavsifi, foydalanish rejimi kabi ma’lumotlar kiritiladi; kartochkaga ob’ektning eski va hozirgi ko‘rinishdagi rasmlari ham tikiladi.

400

«Ekskursiya xizmatini tayyorlash bosqichi» tushunchasi amaliyotga birinchi marta qachon kiritilgan va unda nechta bosqich ajratilgan?

Javob: «Ekskursiya xizmatini tayyorlash bosqichi» tushunchasi 1976-yilda amaliyotga kiritilgan bo‘lib, unda 15 ta bosqich ajratilgan.

400

Rasmiy o‘tishlar deganda nima tushuniladi?

Rasmiy o‘tishlar – mazmun bilan bog‘liq bo‘lmagan, ekskursiyaning bir qismi bilan ikkinchi qismi o‘rtasida «bog‘lovchi ko‘prik» bo‘lib xizmat qiladigan iboralardir (masalan, «endi maydon bo‘ylab yuramiz», «endi yana bir ajoyib joyni ko‘ramiz» va hokazo).

400

Individual matndan foydalanish texnikasida kartochkalar qanday tayyorlanadi?

Javob: Hikoyaning mag‘zi sitatalar, tarixiy sanalar va asosiy savollar shaklida kichik kartochkalarga yoziladi; har bir mavzuosti bo‘yicha bir nechta kartochka tayyorlanadi, ular ketma-ketlik bo‘yicha raqamlanib, ekskursiya oldidan taxlanadi va gid qo‘lida bo‘ladi.

500

Me’moriy yodgorlik ob’ekti kartochkasiga qo‘shimcha ravishda kiritiladigan ma’lumotlar nima uchun muhim?

Javob: Haykal mavjudligi, devordagi yozuvlar, ichki va tashqi dekorativ bezaklar, bino konstruksiyasi, texnik holati haqidagi ma’lumotlar ekskursiya vaqtida obyektni chuqurroq va to‘liqroq yoritish, estetik hamda tarixiy ahamiyatini ochib berish uchun muhimdir

500

Ekskursiya xizmatining asosiy maqsadlaridan uchtasini sanang.

Javob: Ekskursantlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; ijtimoiy foydali mehnatga chorlash; boshqa millatlar madaniyatiga hurmat ruhini uyg‘otish. (Bunga qo‘shimcha ravishda estetik tarbiya, dunyoqarashni kengaytirish va ilm-fan hamda madaniyat haqida qo‘shimcha ma’lumot berish ham maqsad sifatida ko‘rsatilgan.)

500

Asosiy matn qanday talablar asosida tayyorlanishi kerak? (Kamida uchtasini ayting.)

Javob: Asosiy matn:

  • barcha mavzuostilarni to‘liq yoritishi;

  • fikrlar qisqa va lo‘nda bo‘lishi;

  • axborot yetarli bo‘lishi;

  • mavzu adabiy tilda bayon qilinishi;

  • fakt va hodisalarga nisbatan aniq nuqtai nazarlarni o‘z ichiga olishi kerak

500

Individual matnning asosiy matndan asosiy farqi nimada?

Javob: Individual matn ekskursiya xizmatining tarkibiy tuzilishi va uslubiy ishlanmasi bilan to‘liq uyg‘unlikda bo‘ladi; unda obyektlarning ko‘rsatilishi tartibiga qarab ma’lumotlar taxlanadi va aniq qismlarga bo‘linadi. Uni har bir gid o‘zi mustaqil tayyorlaydi.

500

«Obyekt tili» degan atama nimani anglatadi?

Javob: «Obyekt tili» – bu obyektning o‘zi ko‘rinishi, detallari, yozuvlari, bezaklari orqali ekskursantlarga «gapirishi», ya’ni ma’no va mazmunni bevosita obyekt orqali yetkazish tushunchasidir. Gidning vazifasi esa – obyektni “gapirtira olish”dir.

M
e
n
u