Ta'rif
Birliklar
Formula
Masala
100

Nuqtaviy zaryad deb nimaga aytiladi?

O'lchami va shakli hisobga olinmaydigan zaryadlangan jismga nuqtaviy zaryad deyiladi.

100

Kuchlanishning birligi nima?

Volt

100

Nuqtaviy zaryadlarning o'zaro ta'sir kuchining formulasi qanday?

F=k*|q1|*|q2|/r2

100

Elektr maydon kuchlanganligi 30 N/C bo'lgan nuqtada turgan 6 C bo'lgan sharchaga qanday kuch ta'sir qiladi?

E=30 N/C

q=6 C

F=?

E=F/q  

F=E*q=30*6=180 N

200

Elektr maydon kuchlanganligi deb nimaga aytiladi?

Elektr maydonga kiritilgan nuqtaviy zaryadga elektr maydon tomonida ta'sir qiluvchi kuchga eklektr maydon kuchlanganligi deyiladi.

200

Potensialning birligi nima?

Volt

200

Elektr sig'imining formulasi qanday?

C=q/U

200

Sig'imi 4 nF bo'lgan kondensator qoplamalariga tok manbaidan 16 C zaryad berildi.Kuchlanishni  toping.

C=4 nF

q=16 C

U=?

C=q/U

U=q/C=16/4*10-9=4*109 V

300

Kulon qonunini ta'riflang.

Vakuumda joylashgan ikki qo'zg'almas nuqtaviy elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir kuchi ularning zaryad miqdorlari ko'paytmasiga to'g'ri proporsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir.

300

Elektr sig'imining birligi nima?

Farad

300

Tok kuchining formulasi qanday?

I=q/t

300

3 ta kondensator bir-biriga o'zaro parallel qilib ulangan. Umumiy elektr sig'imini toping.Kondensatorlarning sig'imlari C1=4mF C2=6mF C3=3mF ga teng.


Cum=C1+C2+C3=4+6+3=13 mF

400

Kuchlanish deb nimaga aytiladi?

Zanjirning biror qismidan 1 kulon zaryad o'tganida bajariladigan ishga son qiymati jihatidan teng bo'lgan kattalik zanjirning shu qismi uchlari orasidagi elektr kuchlanish deyiladi.

400

Elektr qarshilikning birligi nima?

Om

400

Kuchlanishning formulasi qanday?

U=A/q

400

Elektr zanjirdagi lampochkadan 7 A tok o'tmoqda.Lampochka spirali orqali 2 minutda qancha zaryad o'tishini hisoblang.

I=7 A

t=2 min= 120 sek

q=?

I=q/t

q=I*t=7*120=840 C

500

Kondensator deb nimaga aytiladi?

Bir-biridan yupqa dielektrik bilan ajratilgan ikki o'tkazgichdan iborat qurilma kondensator deyiladi

500

Elektr kuchlanganligining birligi nima?

N/C

500

Elektr kuchlanganligining formulasi qanday?

E=F/q

500

Elektr zanjirdagi lampochkadan ma'lum vaqt davomida 12 C zaryad o'tib, 36 J ish bajardi. Lampochka qanday elektr kuchlanish ostida yongan?

q=12 C

A=36 J

U=?

U=A/q=36/12=3 V

M
e
n
u