“Yangi zamon” tushunchasi nimani anglatadi?
Davlat va huquqning hozirgi shakllariga bevosita olib kelgan tarixiy jarayonlar yig‘indisi.
Zamonaviy davr qachondan boshlanadi?
1918-yildan boshlab zamonaviy davr boshlanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?
1948-yilda inson huquqlari bo‘yicha asosiy deklaratsiya qabul qilingan
Romano-german huquq tizimi qanday vujudga kelgan?
Rim huquqi asosida shakllangan huquq tizimi.
Ijtimoiy davlat nima?
Ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratilgan davlat modeli.
Nima sababdan 1945-yildan keyingi davr “haqiqiy yangi zamon” deb hisoblanadi?
Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan siyosiy va huquqiy tizimlar zamonaviy davlatlarning asosiga aylandi.
Versal–Vashington tizimi qaysi davrda hukmron bo‘lgan?
1918–1939-yillar urushlar oralig‘i davri hisoblanadi.
Qaysi yilda fuqarolik va ijtimoiy huquqlar bo‘yicha paktlar qabul qilingan?
1966-yilda ikki muhim xalqaro pakt qabul qilingan.
Bu tizimda asosiy manba nima?
Qonun asosiy huquq manbai hisoblanadi.
Ijtimoiy davlat nimaga intiladi?
Ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish asosiy vazifalardan biridir.
Yangi zamon davlat tuzumining asosiy belgisi nima?
Ijro etuvchi hokimiyat va hukumat institutlarining roli keskin kuchaygan.
Ikkinchi jahon urushi qaysi yillar oralig‘ida bo‘lgan?
1939–1945-yillar global urush davridir.
Bonuschik😻😻😻
🤡
Romano-german huquq tizimining tuzilishi qanday?
Huquq tizimi qat’iy ierarxiyaga ega.
Ijtimoiy davlat qanday sharoit yaratadi?
Har bir fuqaroga yashash manbai yaratish maqsad qilingan.
Yangi zamonda yakka hokimlik qanday ko‘rinishda namoyon bo‘ldi?
Demokratik shakldagi saylanadigan prezidentlar orqali hokimiyat amalga oshirilishi.
Mustamlakachilik tizimi qachon yemirila boshladi?
1946–1960-yillar mustamlakachilik tizimining parchalanishi davridir.
Yangi zamonda xalqaro tashkilotlarning ahamiyati qanday o‘zgardi?
Xalqaro tashkilotlar global siyosatda muhim rol o‘ynay boshladi.
Mayli 100 ball
Siladan aylansin 100 ball😜
Ijtimoiy davlatning natijasi nima?
Jamiyatda barqarorlik va tinchlikni ta’minlaydi.
Yangi zamonda davlat tizimlarida qanday global jarayon kuzatildi?
Turli qit’alardagi davlat tizimlari o‘zaro yaqinlashdi.
Globallashuv davri qachondan boshlangan?
Dib hazillashdim (BONUS)😂😂😂
✌🏼
Zamonaviy huquq tizimlariga qanday tashqi ta’sir mavjud?
Xalqaro huquq milliy qonunchilikka katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Romano-german tizimining muhim xususiyati nima?
Kodifikatsiya keng qo‘llaniladi.
Zamonaviy siyosatning asosiy yo‘nalishi nima?
Inson manfaatlari islohotlarning markazida turadi.