Milliy tarbiya deganda nima tushuniladi?
Javob: Milliy tarbiya – bu o‘quvchilarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni singdirish jarayonidir.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?
Javob: Shaxs, tarbiya, taʼlim, bilim, koʻnikma, malaka, rivojlantirish.
Qaysi narsa kun davomida turadi, lekin joyidan qimirlamaydi?
Javob: Soat
Pedagogika fani qaysi fan bilan eng koʻp bogʻliq?
Javob: Psixologiya
Milliy tarbiyaning natijasi qanday bo‘ladi?
Javob: O‘z xalqini sevuvchi, hurmat qiluvchi va barkamol shaxs shakllanadi.
Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi?
Javob: Tish
Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsni shakllantirish qaysi fan vazifasiga kiradi?
Javob: Pedagogika fani vazifasiga kiradi.
Milliy qadriyatlarni o‘rgatishda qanday muammolar bo‘lishi mumkin?
Javob: E’tibor yetishmasligi yoki noto‘g‘ri tushuntirish.
Shaxsning oʻziga xos xususiyatlari nima deb ataladi?
Javob: Individuallik deb ataladi.
Komenskiy 1670-yil 15-noyabrda qayerda vafot etgan?
Amsterdamda
Milliy bayramlar tarbiyada qanday ahamiyatga ega?
Javob: Bayramlar orqali bolalar milliy urf-odat va an’analarni amalda ko‘radi.
Pedagogika atamasi qaysi tildan olingan?
Javob: yunoncha tildan olingan
Dunyo pedagogikasining otasi kim?
Jon Amos Komenskiy
Komenskiy taʼlimni insonning yosh xususiyatlariga qarab nechta guruhga boʻlgan va ular qaysilar?
Javob: 4 ta guruhga boʻlgan:
1- Ona maktab
2- Boshlangʻich maktab
3- Oʻrta maktab
4- Universitet
Milliy ertaklar qanday rol o‘ynaydi?
Javob: Ular orqali bolalarda yaxshilik, halollik va mehr-shafqat tuyg‘ulari rivojlanadi.
Milliy tarbiyada milliy qo‘shiqlar qanday ta’sir qiladi?
Javob: Ular bolalarda milliy ruh va estetik didni rivojlantiradi.
Tarbiyada rag‘batlantirishning ahamiyati qanday?
Javob: Rag‘bat bolalarda qiziqish va ishtiyoqni oshiradi.
O‘yin metodining ahamiyati nimada?
Javob: O‘yin orqali bolalar milliy qadriyatlarni qiziqarli tarzda o‘rganadi.
Tarbiyada xalq og‘zaki ijodining o‘rni qanday?
Javob: Maqol, topishmoq va ertaklar orqali tarbiya samarali bo‘ladi.
Interfaol metodlar nima beradi?
Javob: Darsni jonli va qiziqarli qiladi, bolalarni faol ishtirok etishga undaydi.
Qaysi metodlar milliy tarbiyada samarali hisoblanadi?
Javob: Suhbat, namuna ko‘rsatish, o‘yin, hikoya va amaliy mashg‘ulotlar.
Milliy tarbiyada qanday ko‘rgazmali vositalar ishlatiladi?
Javob: Rasmlar, videolar, milliy buyumlar va kiyimlar.
Suhbat metodining foydasi nimada?
Javob: Bu metod orqali bolalar o‘z fikrini erkin ifodalaydi.
Milliy tarbiyada asosiy maqsad nima?
Javob: Vatanparvar, odobli va milliy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan shaxsni tarbiyalash.
Boshlang‘ich sinfda milliy tarbiya nima uchun muhim?
Javob: Bu yoshda bolalarda asosiy axloqiy va ma’naviy sifatlar shakllanadi.