A
B
C
D
E
100

Oila so'zi arabcha qaysi so'zdan kelib chiqqan va qanday ma'nolarni anglatadi?

"Oil" so'zidan

"Ayolmand, niyozmand" ma'nosini beradi

100

Oila so'zi o'zbek tilining izohli lug'atida qanday tushunchani anglatadi?

Er-xotin, ularning bola-chaqalari va yaqin tug'ishganlaridan iborat birga yashovchilar, xonadon
100

Mustahkam va sog'lom oilani shakllantirish uchun nimalarga e'tibor qaratiladi?

Zarur sharoitlar yaratish, bolani tarbiyalash, jismoniy va ma'naviy rivojlantirishda ona va oilaning rolini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratiladi. 

100
Oilaning sog'lomligini ta'minlash qanday vazifalarni qamrab oladi?

Har tomonlama jismoniy, ma'naviy va aql-zakovatli bolalar kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularda pedagogika va psixologiyaning zamonaviy usullarini qo'llash asosida qat'iy bilim, erkin fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, atrof muhitning boyligi va xilma-xilligi, jahon madaniyati bilan keng tanishtirish vazifalarini 

100

Nikoh nima?

Никоҳ ўз моҳиятига кўра ахлоқий ҳодиса бўлиб, икки жинсдаги шахсларнинг ўзаро розилик, тенглик, ихтиёрийлик асосида Оила қонунчилиги нормаларида белгилаб қўйилган, никоҳ тузиш тартиби ва шартларига риоя этиб, аҳднома асосида тузиладиган иттифоқдир.

200

Никоҳ ва оиланинг ҳуқуқий асослари Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси томонидан 1948 йил 10 декабрда қабул қилинган Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон Декларациясида, Ўзбекистон Республикаси Конституциясида никоҳ тузиш ҳақида нима белгилаб қўйилган?

никоҳ тузиш ихтиёрий эканлиги, никоҳ фақат никоҳдан ўтаётган ҳар икки томоннинг эркин ва тўлиқ розилиги асосидагина тузилиши мумкинлиги

200

Оила бошқа турдаги кичик гуруҳлардан, яъни ўқиш, иш ва яшаш жойида мавжуд гуруҳлардан ўзининг бир қатор жиҳатлари билан ажралиб туради. 

Ana o'sha jihatlar nimalar?

оила кўп муддатга, айниқса миллий ахлоқда бир умрга қурилади; оилада ўзаро муносабатларнинг бир неча тури амалга ошади, яъни ота-она билан фарзанд, эр билан хотин, қайнона билан келин; оила муҳитидагина тарбиявий, психологик, молиявий, ҳиссий, жинсий, репродуктив (фарзанд кўриш) ва бошқа вазифаларнинг амалга оширилишида; оиладаги барча муносабатлар замирида салбий ёки ижобий ҳолатлар юзага келади, яъни оила аъзоларининг бир-бирига таъсири туфайли уларда яхши хислатлар ёки ёмон хислатлар шаклланиши мумкин

200

Oila nima?

У умумий манфаатлар билан бириккан одамлар бирлиги, бирлашмасидир. Оила тузишдан мақсад бир қатор ижтимоий-иқтисодий вазифаларни амалга оширишдан иборат бўлиб, унинг муқаддас вазифаси бу энг аввало насл қолдириш ва қобилиятли фарзандларни ўстириб, уларни жисмоний, интеллектуал ва маънавий томондан етук қилиб ота-онасига, Ватанига садоқатли инсонлар қилиб тарбиялашдан иборат.

200

Oilada mehr-muhabbatning yuzaga kelishi va hukm surishi uchun qaysi shartlar bajarilishi lozim?

Oila a'zolarining bir-birini qadrlashi, e'zozlashi; oila a'zolarining bir-birlariga ishonishi va himoyalashi; yaqinlik, o'zaro yordam va o'y-fikrlarini o'rtoqlashishlari; oila a'zolarining o'z burch va mas'uliyatlarini his etishlari; qiyinchiliklarga qarshi birgalikda kurashish va ularni hal qilish.

200

Oila uni xarakterlovchi turli me'zonlarga ko'ra tasniflanadi. Unga misollar keltiring. 

-to'liq, noto'liq va qayta tuzilgan(ikkinchi nikoh) oilalar;

- nuklear (ota-ona va bolalardan iborat) va ko'p bo'g'inli(ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a'zolari birga yashovchi);

- farzandsiz, bir bolali, ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar

300

Oила аъзоларининг ижтимоий келиб чиқиши, ҳудудий ва минтақавий жойлашуви, моддий таъминланганлик даражаси, маълумоти, ёши ҳамда миллатига кўра qanday oilalarga bo'linadi?

Bir millatli yoki baynalminal oilalar

300

Boshqaruvchilik qoviliyatiga ko'ra qanday oilalar mavjud?

(Liderlik) biarxat hamda o'zaro munosabatlarda avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar mavjud

300

Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko'ra qanday oilalar mavjud?

Sinovdagi oila, rasmiylashtirish arafasidagi oila, nikohdagi oila va nikohdan tashqari oilalar mavjud

300

"Avesto" kitobida erkak kishi uylanishi uchun qanday bo'lishi kerakligi aytilgan?

Moddiy va ma'naviy to'q va jismonan baquvvat bo'lishi, o'z xizmat va axloqiy burchlarini to'laqonli bajarishi kerakligi qayd etilgan. 

300

"Inson jamiyatda o'z qarindosh-urug'lari bilan birlashib olishga majburdir, bundan maqsad bir-birini qo'llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o'zini, ham boshqalarini ta'minlash uchun ishlarni bajarishdir" deb kim o'zining asarlarida yozgan?

Abu Rayhon Beruniy o'zining "Minerologiya", "Geodeziya" va "Hindiston" nomli asarlarida

400

Abu Rayhon Beruniy insonning tashqi yoqimli qiyofasi bilan uning axloqiy qiyofasi o'rtasidagi bog'liqlik haqida gapirib nimani ta'kidlaydi?

"Tishni yuvib, ko'z va qovoqlarni toza tutish, ularga surma qo'yish, sochni esa zarur bo'lganda bo'yab, tirnoqlarni olib turish va silliqlash" inson salomatligi va ruhiy pokligining asosidir, deb ta'kidlaydi.

400

Beruniy oila va nikoh munosabatlarining juda nozik tomonlarini axloqiy va huquqiy nuqtai nazardan tadqiq qilar ekan, oilaning mustahkam va tinch-totuv bo'lishi nimaga bog'liq deydi?

Er-xotinning ahilligi va shirinso'zligi, bir-biriga bo'lgan mehr-oqibatiga bog'liq

400

Abu Nasr Farobiyning ta'limotlariga ko'ra haqiqiy baxt qachon bo'ladi?

Bir odamning boshqasiga nisbatan g'ayirligi, zulmi yo'qolganida bo'ladi deydi.

400
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi haqida nimalarni bayon qilgan ?
Bolani qattiq tana jazosidan ko'ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash ma'qulligini uqtirgan.
400

Ibn Sino fikriga ko'ra oilada ota va ona qanday bo'lishi kerak?

Ota oilada bosh tarbiyachi bo'lgani uchun va uning qattiqqo'l bo'lishi bolalar tarbiyasida muhim. Ota oilada o'z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, so'z madaniyatida, o'zaro  muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to'g'rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bo'lmog'i kerak. 

Onalar oilada bosiq, dono, halol va kamtar bo'lishlari hamda bola tarbiyasida otaga eng yaqin ko'makdosh bo'lishlari kerak. 

500
Bola tarbiyasi haqida Yusuf Xos Hojib nima degan?

Ota-onalar nazoratida bo'lgan bolada mas'uliyat hissining rivoj topishi, bola tarbiyasida ota-onaning mavqei, ular tomonidan tanlangan to'g'ri yo'l farzandlarning kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimligi

Jamiyatda farzandlar xulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berilishini 

500

Muhammad Qoshg'ariyning "Odob as-solihan" asarida turmush qurish haqida nimani ta'kidlaydi?

Uylanadigan yigit nikohdan oldin uylanmoqchi bo'lgan qizini ko'rmog'i, uylanadigan qizining bokira bo'lmog'i hamda to'rt narsa umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va to'rt narsada, husni jamolda, xulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo'lishi zarurligini 

500

“Тарбияни туғилган кунидан бошламоқ, вужудимизни қувватлантирмоқ, ахлоқимизни кучлантирмоқ керак, зеҳнимизни эса равшанлантирмоқ лозим...”

Mana shu fikr kimning qaysi asarida keltirilgan?

Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" asarida 

500

«Оила мен учун муқаддас. Муқаддаслиги шундаки, авваламбор инсон қаерда ишлашидан қатъи назар, ким бўлишидан қатъи назар агар оилада тарбия, оилада муҳит, оилада ҳалоллик, муносабат, тарбияга алоҳида эътибор бермаса, ҳеч қачон натижа бўлмайди. Шунинг учун мен фарзандларимнинг тарбиясига жуда катта эътибор бераман.”  Kimning fikri?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

500

"Shariat" so'zining lug'aviy ma'nosi nima?

Arabchadan olingan bo'lib, to'g'ri yo'l, ilohiy yo'l, qonunchilik degan ma'nolarni anglatadi. Shariat musulmonlarning huquqiy hayotidan tashqari ularning axloqiy va diniy marosim talablarining majmuini ham o'z ichiga oladi. 

M
e
n
u